Texnologiy
Download 3.9 Mb.
|
4-мавзу
1.2-rasm. Podshipniklar:
a-ajralmas sirpanish; b-ajraluvchi sirpanish; v-bir qatorli zoldirli; g- ikki qatorli zoldirli; d-rolikli; e-konussimon rolikli; 1-korpus; 2-moylash teshigi; 3-vtulka; 4-ajraluvchi vtulka; 5-qopqoq; 6-tashqi halqa; 7- zoldirlar; 8 va 10-ichki halqalar; 9-qirqimli vtulka; 11-taranglovchi gayka; 12-sferik yuzali halqa. Sirpanish podshipniklari ajraluvchi va ajralmas turlarga bo‗linadi. Ajraluvchi podshipniklar korpus, antifriksion qoplamali ichqo‗yma va boltlardan iborat. Sirpanish podshipniklari ichki yonuv dvigatellari tirsakli vallari podshipniklari sifatida keng tarqalgan. Qishloq xo‗jalik mashinalarida dumalash podshipniklari keng tarqalgan. Sirpanish podshipniklariga nisbatan dumalash podshipniklari quyidagi afzalliklarga ega: dumalab ishqalanishga kam quvvat sarfalanadi; o‗lchamlari katta emas, sarflanadigan moy miqdori kam. Dumalash elementlarining shakliga ko‗ra zoldirli, rolikli (silindrik yoki konussimon) turlarga bo‗linadi. Bir qatorli dumalash podshipniklari ichki va tashqi halqalar, separator hamda zoldir yoki roliklardan tuzilgan. Ta‘sir etuvchi yuklanishning yo‗nalishiga ko‗ra dumalash podshipniklari radial, radial- tirak va tirak podshipniklarga bo‗linadi. Qishloq xo‗jalik mashinalarining yurish qismida g‗ildiraklar ishlatiladi. G‗ildirak gupchak, disk va gardishdan tuziladi. Ko‗pgina qishloq xo‗jalik mashinalarida (plug, seyalka va boshqa) silliq po‗lat gardishli g‗ildiraklar qo‗llaniladi. Hozirgi vaqtda past bosimli pnevmatik shinali g‗ildiraklar keng tarqalgan. Mufta - ikkita val uchlarini yoki valning uchini boshqa val yoki o‗qda erkin joylashgan detal bilan bog‗lash uchun mo‗ljallangan qurilma. Muftalar doimiy biriktirilgan, ulovchi va maxsus turlarga bo‗linadi (1.3-rasm). Doimiy biriktirilgan muftalardan foydalanilganda mashinaning ishini to‗xtatmay turib, vallarni bir-biridan ajratib bo‗lmaydi. Doimiy biriktirilgan muftalar qo‗zg‗almas muftalar va elastik muftalarga bo‗linadi. Qo‗zg‗almas muftalarga vtulkali va flanesli muftalar kiradi. Vtulkali muftalar ikkita aniq o‗rnatilgan vallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ularda burovchi moment shponkalar, shlislar, shtiflar yordamida uzatiladi. Montaj ishlarida va vallarni o‗zaro bog‗lash va ajratishda vtulkani val bo‗ylab siljitiladi. Agar vallar yetarli darajada o‗qdosh bo‗lmasa, elastik, sharnirli yoki vtulka-barmoqli muftalar o‗rnatiladi. Elastik muftalar o‗qlari bir-biriga nisbatdan siljigan vallarni biriktirish uchun qo‗llaniladi. Elastik muftalarga vtulka-barmoqli mufta misol bo‗ladi va uning elastik elementi metallmas materiallardan tayyorlanadi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling