Texnologiy
Download 3.9 Mb.
|
4-мавзу
1.3-rasm. Muftalar:
a-vtulkali; 1 va 5-vallar; 2 va 4-shponkalar; 3-vtulka; b-vtulka-barmoqli; 1 va 4-yarim muftalar; 2-barmoq; 3-vtulka; 5-shponka o‗yig‗i; v- kulachokli ilashmali; 1-yetakchi val; 2- yarim mufta, mahkam o‗rnatilgan; 3 va 6-chiqiqlar (kulachoklar); 4- yarim mufta; 5- yetaklanuvchi val; g-saqlash muftasi; 1 va 2-xrapovikli disklar; 3- prujina; 4-shayba; 5-gayka. Ulovchi muftalar ishni to‗xtatgan holda vallarni bir-biriga ulash va ajratish imkonini beradi. Ularga ilashish asosida ishlaydigan (kulachokli, tishli) muftalar va ishqalanish asosida ishlaydigan (friksion) muftalar kiradi. Kulachokli muftalar ko‗ndalang sirtida ilashish uchun mo‗ljallangan tishlari bo‗lgan (kulachokli) ikkita yarim muftadan iborat. Ish jarayonida yarim muftalardan birining tishlari ikkinchisining tishlari orasiga kiradi. Yarim muftalarning biri valga ma‘lum tig‗izlik bilan o‗tqaziladi va shponka vositasida mahkamlab qo‗yiladi, ikkinchisi val o‗qi bo‗ylab bemalol surila oladigan qilib, yo‗naltiruvchi shponka vositasida o‗rnatiladi. Boshqariladigan ulovchi muftalardan yana biri tishli muftalardir. Bu xil muftalar ikkita yarim muftalardan iborat bo‗lib, ulardan biri ichki tishli, ikkinchisi esa sirtqi tishli g‗ildirakga o‗xshash bo‗ladi. Tishli muftalar avtomobillar va traktorlar uzatmalar qutisining birlamchi va ikkilamchi vallarini biriktirish uchun ishlatiladi. Friksion muftalar. Boshqariladigan ulovchi muftalar sifatida friksion muftalardan ko‗proq foydalaniladi, chunki bu muftalar vositasida yetakchi valning harakatini to‗xtatmay, uni yetaklovchi val bilan oson ulash mumkin. Bunda yetakchi val, yetaklanuvchi valga, uning tezligi qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar yaxshi ulanadi. Bundan tashqari, mexanizmda o‗ta yuklanish hodisasi ro‗y berganda hosil bo‗ladigan xavfli vaziyat friksion muftaning yarim muftalari orasidagi to‗la sirpanish hisobiga bartaraf qilinadi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling