Texnologiy


Download 3.9 Mb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1576938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-мавзу

1.4. Mashina detallari, mexanizmlar va uzatmalar
Mashinalar mexanizmlar va uzatmalarga birlashtirilgan detallardan tuziladi.
Detal - bu bir xil jinsli materialdan tayyorlangan buyum (yig‗ish operatsiyalarisiz payvandlash, kavsharlash, yelimlashdan foydalanishga ruxsat etiladi). Detallar birikmasi uzellarni hosil qiladi. Uzellar va biriktiruvchi detallar mexanizmni tashkil etadi. Birikmalar esa ajraladigan va ajralmaydigan turlarga bo‗linadi.
Ajralmaydigan birikmalar, bu shunday birikmalarki, bunda mashina uzellarini ayrim qismlarga ajratish uchun, birikma elementlarini sindirish yoki ish yuzasini qayta ishlash zarur bo‗ladi. Parchin mixli, payvand hamda detallari o‗zaro tig‗izlik bilan o‗tqazilgan birikmalar shunday birikmalar hisoblanadi.
Rezbali, shponkali, shlisli birikmalar ajraladigan birikmalar bo‗lib, uzellar detallarga ajratilganda detallarning ishchi qismlariga shikast yetkazilmaydi. Ajraladigan birikmalarning eng ko‗p tarqalgan turi rezbali birikmalardir. Rezbali birikma detllariga bolt, vint, shpilka, gayka, shayba, shtift, shplint va boshqalar kiradi (1.1-rasm).
Bolt - bir uchida rezbasi ikkinchi uchida kallagi bo‗lgan sterjen.
Vint - bir uchida rezbasi bo‗lgan, detallarni o‗zaro bog‗lovchi yoki mahkamlovchi silindrik sterjen.
Shpilka - ikkala uchida ham rezbasi bo‗lgan silindrik sterjen.
Gayka - bolt, vint yoki shpilkaga burab kiritiladigan rezbali teshigi bo‗lgan detal.


1.1-rasm. Birikma detallari:
a-biriktiruvchi; b-tutib turuvchi; 1-gaykali bolt; 2-vint; 3-shpilka; 4-
ponasimon shponka; 5-prizmatik shponka; 6-shlisli birikma; 7-prujinali shayba; 8-mahkamlovchi halqa; 9-koronali gayka; 10-shplint.
Shayba bolt yoki gayka kallagi tagiga o‗rnatilib, o‗zaro biriktiriluvchi detallar yuzalari shikastlanishining hamda o‗zgaruvchan kuch va moment ta‘sirida rezbali birikmalar o‗z-o‗zidan buralib bo‗shashining oldini oladi.
Shtiftlar silindrik yoki konussimon bo‗lib, detallarni o‗zaro biriktirish yoki mahkamlab o‗rnatish uchun ishlatiladi.
Shplintlar bolt, shpilka teshiklariga, tirsakli gaykalar o‗yiqlariga
o‗rnatiladi va ularning o‗z-o‗zidan buralib bo‗shab ketishining oldini oladi.
Shponkalar - vallarga shkiv, shesternya, yulduzcha kabilarni mahkamlash uchun ishlatiladigan detal. Shakliga ko‗ra prizmatik, segmentli, silindrsimon va ponasimon turlarga bo‗linadi.
Shlisli birikmalar ko‗p shponkali birikmalar kabi bo‗lib, ularda shlislar shponka vazifasini o‗taydi hamda biriktiriluvchi val va detal gupchagi tanasida yasaladi.
Parchin mixlar - ma‘lum shakldagi kallagi bo‗lgan sterjenlar bo‗lib, mashinalarda parchin mixli birikmalar hosil qilishi uchun ishlatiladi. Parchin mixlar po‗lat, alyuminiy, jez, mis simlardan tayyorlanadi.
Umumiy maqsadli detallar - barcha mashinalarda ko‗p uchraydigan bir turdagi detallar.
Vallar va oqlar mashinalarda tishli g‗ildirak, shkiv, yulduzcha kabi aylanuvchi detallarni o‗rnatish uchun ishlatiladi. Bir vaqtning o‗zida vallar aylanma harakatni uzatishda qatnashadi, o‗qlar esa harakat uzatishda qatnashmaydi. Ish jarayonida vallar burovchi va eguvchi kuchlanishlar ta‘sirida, o‗qlar esa faqat eguvchi kuchlanish ta‘sirida bo‗ladi. Valning podshipniklarga tayanadigan qismi sapfa deyiladi. Tayanchlardagi ishqalanishning turiga ko‗ra dumalash va sirpanish podshipniklari bo‗ladi (1.2-rasm).


Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling