Texnologiy
Download 3.9 Mb.
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- M as h i n a m e xa n i z m l a r i.
1.4-rasm. Bir tomonga aylanishga imkon beruvchi mufta:
1-tashqi halqa; 2-ichki halqa; 3-val; 4- rolik; 5-prujina. Maxsus muftalar turli qishloq xo‗jalik mashinalarida uzatilayotgan burovchi momentni cheklash, zarur bo‗lgan hollarda vallarni bir-biridan avtomatik ravishda ajratish uchun ishlatiladi. Maxsus muftalarga faqat bir tomonga aylanishga imkon beruvchi muftalar va saqlagich muftalar kiradi. Faqat bir tomonga aylanishga imkon beruvchi mufta bir valning ikkinchi valdan tezroq aylanishiga imkon beradi, ammo uning orqada qolishiga yo‗l qo‗ymaydi (1.4- rasm). Saqlagich muftalar (1.3 g- rasm) o‗ta yuklanish hollari ro‗y berganda mashina detallarini sinib ketishdan saqlash uchun ishlatiladi. Mashina ishchi organlaridagi qarshilik ortganda yuritma vali va yetakchi disk 1 dagi qarshilik ham oshadi. Agar mazkur qarshilik ruxsat etilgan qiymatidan yuqori bo‗lsa, disk 2 disk 1 ning tishlari bo‗ylab, shovqin chiqarib burala boshlaydi. Uzatilayotgan kuchning qiymati prujina 3 ni gayka 5 yordamida siqish orqali rostlanadi. Mashina mexanizmlari. Mashinalarda harakatning ikkita asosiy shakli - ilgarilama va aylanma harakat mavjud. Bu ikki harakat qo‗shilib vintli harakat shaklini yuzaga keltiradi. Ikkita qo‗shni zvenolarning harakatchan birikmalari kinematik juft deyiladi, masalan bolt va gayka, val va podshipnik. Kinematik juft tarkibiga kiruvchi detallar zvenolar deyiladi. Bir nechta kinematik juftlarning birikmasi kinematik zanjir deyiladi. Kinematik zanjirda har bir zveno ikkita qo‗shni juftlar bilan bog‗langan bo‗lsa yopiq zanjirlar deyiladi. Harakatni zarur ko‗rinishga keltirish maqsadida yopiq kinematik zanjirga bog‗langan kinematik juftlardan tashkil topgan konstruksiya mexanizm deb ataladi. Har bir mexanizmda qo‗zg‗almas yetakchi va yetaklanuvchi zvenlar bo‗ladi. Mexanizm zvenolari qattiq, egiluvchan, masalan tasmalar, zanjirlar, arqonlar bo‗ladi. Traktorlar, avtomobillar va boshqa qishloq xo‗jalik mashinalarida krivoship-shatunli, sharnirli, to‗rt zvenoli, kulachokli mexanizmlar keng tarqalgan. Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilama - qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‗zgartirish uchun xizmat qiladi. a b Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling