Texnologiy


Download 3.9 Mb.
bet9/13
Sana18.06.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1576938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-мавзу

1.5-rasm. Krivoship-shatunli (a) va kulachokli mexanizmlar (b)
sxemasi: 1-krivoship; 2-shatun; 3-porshen; 4-silindr.
Unda to‗rtta kinematik juft mavjud: birinchi ilgarilama juft silindr - qo‗zg‗almas zveno va porshen - qo‗zg‗aluvchi zvenodan hamda uchta aylanuvchi juft: porshen, porshen barmog‗i, shatunning yuqori kallagi, porshenning quyi kallagi va krivoshipning shatunli bo‗ynidan tuzilgan.
Kulachokli mexanizm avtotraktor dvigatellarining gaz taqsimlash mezanizmlari qurilmasida kulachokli valning aylanma harakatini turtkichlarning ilgarilama-qaytma harakatiga aylantirish uchun qo‗llaniladi.
Uzatmalar. Energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‗ida joylashib, ularni o‗zaro bog‗lovchi hamda harakatni
talab qilingandek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deyiladi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzatmalardan foydalaniladi.
Tasmali (1.6-rasm) va friksion uzatmalarda energiya va harakat ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi.

1.6-rasm. Tasmali uzatma:
1-yassi tasma; 2-ponasimon tasma; 3-shkivlar; 4-taranglash moslamasi
(vintli); 5-taranglovchi rolik; 6-yo‗naltiruvchi rolik; 7-variatorning yassi tasmali konussimon shkivi; 8-tasmani siljituvchi tortqili vilka; 9- ponasimon tasmali variatorning kengayuvchi shkivi; 10-shkivlarni qayta joylashtirish richagi.
Tishli, zanjirli, chervyakli, vintli, planetar, kardanli va elastik valli uzatmalarda harakat kinematik juft zvenolarining o‗zaro ilashishi orqali uzatiladi.
Gidravlik va pnevmatik uzatmalarda energiya va harakat mos ravishda suyuqlik yoki siqilgan havo vositasida uzatiladi.
Tasmali uzatmalarning eng oddiysi yetaklovchi va yetaklanuvchi shkiv 3 dan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasma 1, 2 dan tuzilgan bo‗ladi. Tasmalar ko‗ndalang kesimining yuzasiga ko‗ra yassi, ponasimon va tishli bo‗lishi mumkin.
Tasmaning tarangligi vallar orasidagi masofani o‗zgartirish yoki taranglovchi rolik 5 dan foydalanish orqali ta‘minlanadi. O‗zaro
perpendikulyar vallarda harakat uzatishda sxemaga yo‗naltiruvchi roliklar 6 kiritiladi.
Tasmali uzatmaning uzatish soni
i n1 D2 ,
n2 D1
bu yerda n1 va n2 - yetaklovchi va yetaklanuvchi vallaning aylanishlari soni, ayl/min; D1 va D2 - yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlar diametrlari, mm. Yetaklanuvchi val aylanish tezligini rostlash ya‘ni o‗zgaruvchan uzatish sonini olish lozim bo‗lgan hollarda variatorlardan foydalaniladi.
Amalda yassi va ko‗proq ponasimon tasmali variatorlardan foydalaniladi.
Zanjirli uzatma tishli ikkita yulduzcha va ularga kiydirilgan zanjirdan iborat bo‗ladi. Murakkab konturli zanjirli uzatmalarda bir vaqtda bir necha valga harakat uzatiladi. Zanjirning tarangligi vallar orasidagi masofani o‗zgartirish orqali rostlanadi (1.7-rasm).


1.7-rasm. Zanjirli uzatma:
a-oddiy konturli; b-murakkab konturli; 1-yetaklanuvchi yulduzcha; 2-
zanjir; 3-yetaklovchi yulduzcha.





Zanjirli uzatmaning uzatish soni
i n1
n2
z 2 ,
z1

bu yerda n1, n2 - yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar aylanishlari soni; z1, z2 - yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar tishlari soni.
Zanjirli uzatmalar qishloq xo‗jalik mashinalarida, transportda, stanoksozlikda hamda ko‗tarish-tashish mashinalarida tasmali uzatmalardan foydalanish yetarli darajada ishonchli bo‗lmagan hollarda ishlatiladi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling