Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-Mavzu:Ovqatlanish gigienasi fani haqida tushuncha. Ovqatlanish gigienasi bo’limining tekshiruv ob’ektlari haqida tushuncha.
Интернет сайтлари:
25. www.minzdrav.uz; 26. www.tma. uz 27. www. Ziyоnet; 28. www.hygiene.uz; 29. www.radiation.uz; 30. https://www.iaea.org/ (International Atomic Energy Agency) 31. www.radiation-and-risk.com. 32. www.uran.pro 9-Mavzu:Ovqatlanish gigienasi fani haqida tushuncha. Ovqatlanish gigienasi bo’limining tekshiruv ob’ektlari haqida tushuncha. Inson organizmining bekamu ko'st rivojlanib, yashashini ta'minlaydigan asosiy omillardan biri ovqat hisoblanadi. U energiya manbai. Bir gramm ovqatning organizmda yonganda ajraladigan issiqligiga qarab ovqatning quvvatiy qiymati aniqlanadi.71 Ovqatlanish gigienasi - sog’lom va bemor odamlarning racional (optimal) ovqatlanishini tashkil etish qonuniyatlari va qoidalari haqidagi fandir. Uning doirasida turliaholi guruhlarining ovqatlanishini optimallashtirish va oziq-ovqat manbalari, hom-ashyolari va mahsulotlari ishlab chiqarilishi va aylantirilishining barcha bosqichlaridagi sanitariya muhofazasi bo'yicha ilmiy asoslar va amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Ovqatlanish gigienasining asosiy jihatlari fiziologik jarayonlar, hazmqilishning biokimyoviy mehanizmlari, ovqathazmlanishi va nutrientlar hamda oziq-ovqatmahsulotlaridagi boshqa tarkibiy qismlarning hujayraviy metabolizaciyasi, shuningdek, nutriogenomika, ya'ni genlar ekspressiyalanishining alimentar regulyaciyasi asoslarini o'rganish bilan bog’liqdir. Bevosita ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan amaliy yoki ilmiy-amaliy jihatdan olganda, ovqatlanish gigienasi bir tomondan ozuqa moddalari va quvvatga bo'lgan fiziologik ehtiyojlar me'yorlarini belgilaydi, oziq-ovqatmahsulotlari sifatiga bo'lgan talablarni va turli oziq-ovqatmahsulotlari guruhlarining yoshga oid, ijtimoiy, jug’rofiy va ekologik omillar, tartiblar va ovqatlanish sharoitlariga bog’liq ravishda iste'mol etilishi bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqsa, boshqa tomondan, oziq-ovqatmahsulotlari va ular bilan aloqada bo'luvchi materiallarning sifati va hafsizligini sanitariya-epidemiologiya (gigiena) ekspertizasi bo'yicha va oziq-ovqat ob'ektlarining qurilishi va foydalanilishi paytidagi mos kelishini nazorat qilish bo'yicha tadbirlarni cheklab qo’yadi. Ovqatlanish gigienasi fiziologiya, biokimyo, toksikologiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, ichki kasalliklar, shuningdek, ovqatlanish holatining baholanishi, oziq-ovqathuquqiy ko'rsatkichlari va alimentar moslashish, oziq-ovqatlarning ozuhaviy va biologik qiymatini qamrab oluvchi shahsiy noyob yondoshuvlari va uslubiyatlari, sohasidagi ilmiy izlanishlar umumiy uslubiyatidan foydalangan holda fan sifatida rivojlanadi. Ovqatlanish gigienasi rivojlanishining hozirgi davri quyidagi ilmiy-amaliy yo'nalishlar tadbiq etilishi bilan bog’liq:72 • O'zbekiston aholisi sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish; • ovqatlanishning fiziologik-biokimyoviy asoslari bo'yicha fundamental izlanishlar; • O'zbekiston aholisining ovqatlanish holatining doimiy monitoringi; • alimentar-bog’liq kasalliklar profilaktikasini tashkillashtirish; • oziq-ovqatmahsulotlari havfsizligi muammolari bo'yicha tadqiqotlar; • noan'anaviy va yangi ozuqa manbalarini baholashga ilmiy-uslubiy yondoshuvlarni ishlab chiqish; • bolalar, parhez va profilaktika ovqatlanishining ilmiy asoslari va amaliyotini ishlab chiqish va takomillashtirish; • zamonaviy ekologik sharoitlarda alimentar moslashuv tizimlarining ilmiy asoslanishi va amaliy tadbiq etilishi; Kasbiy ta'lim va o’qitish tizimidaham, shuningdek, butun jamiyatda ham ta'lim va tashviqot dasturlarini keng tadbiq etish. Sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosati deganda turliaholi guruhlarining o'z an'analari, odatlari va iqtisodiy sharoitlarining gigiena fani talablariga mosligidan kelib chiqqanholda racional, sog’lom ovqatlanishga bo'lgan ehtiyojlari qondirilishini ta'minlovchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ovqatlanish aholi salomatligini belgilovchi muhim omillardan biridir. To’g’ri ovqatlanish bolalarning me'yorida o'sishi va rivojlanishini ta'minlab, kasalliklar profilaktikasiga, odamlarning umri uzayishiga, ish qobiliyati oshishiga ko'maklashadi va ularning atrof muhitga teng moslashishi uchun sharoit yaratadi. Racional ovqatlanish buzilishi oqibatida ona suti bilan emizish darajasi pasayadi, bolalar va o'smirlar salomatlik ko'rsatkichlari va antropometrik hususiyatlari yomonlashadi. Racional ovqatlanishning yomonlashishi ozuqa hom-ashyosi va oziq-ovqatmahsulotlari ishlab chiqarishning inqiroziy holatda ekanligi, shuningdek, mamlakat aholisining ko'proqqismining o'tish davrida qarid qilish imkoniyati keskin pasayganligi (1991 yildan so'ng) tufayli yuzaga kelgan.Oziq-ovqatmahsulotlari va ozuqa hom-ashyosining sifati muammosi ayniqsa jiddiylik kasb etmohda. Sog’lom racional ovqatlanish masalalari bo'yicha aholining ma'lumoti o'ta pastdir. Mamlakatning rivojlanishi va havfsizligi uchun millat salomatligi va o'sib kelayotgan yosh avlodning racional ovqatlanishi qanchalik ahamiyatga egaligi, shuningdek, mamlakatning o'z-o'zini oziq-ovqatmahsulotlari bilan ta'minlash darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko'rish zarurligidan kelib chiqqanholda sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining qonun-qoidalari, mahsadlari, vazifalari va amalga oshirishbosqichlari belgilab berilgan. Aholining sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosati quyidagi qoidalardan iborat: • inson salomatligi - davlat uchun birinchi o'rinda turadi; • oziq-ovqatmahsulotlari sog’lom odamning salomatligiga ziyon etkazmasligi zarur; • ovqatlanish nafaqat inson organizmining ozuqa moddalari va quvvatga bo'lgan fiziologik ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki profilaktika va davolash vazifalarini ham bajarishi lozim; • bolalarning racional ovqatlanishi va ularning salomatlik holati davlatning aloqida diqqat-e'tiborida turmohi lozim; • ovqatlanish inson organizmini atrofi-muhitning noqulay sharoitlaridan himoyalashga ko'maklashishi lozim. Sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining mahsadlari aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, bolalar va kattalarning noto’g’ri ovqatlanishi bilan bog’liq kasalliklarni profilaktika qilishdan iboratdir. Sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi quyidagilarni ta'minlovchi iqtisodiy, huquqiy va moddiy bazalarni yaratishdan iborat: • kerakli miqdordagi ozuqa hom-ashyosi va oziq-ovqatmahsulotlarini ishlab chiqarish; • oziq-ovqatmahsulotlari aholining barcha qatlamlari uchunhammabop bo'lishi; • oziq-ovqatmahsulotlari yuqori sifatli va havfsiz bo'lishi; • aholi orasida racional, sog’lom ovqatlanish qoidalarini tashviqot qilish; • aholi ovqatlanishi holatini muntazam nazorat qilish. AHoli sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilangan. Me'yoriy baza shakllanishi sohasida ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish, ishlatishni, mahalliy korhonalarning ishlab chiqarish hajmini oshirish va oziq-ovqatlar sifatini yahshilashga qiziqishini oshiruvchi ozuqa hom-ashyosi va oziq-ovqatmahsulotlarining sifati va havfsizligini boshqarib turuvchi ushbu bazaning takomillashtirilishi nazarda tutiladi. Ozuqa hom-ashyosi ishlab chiqarish sohasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: •qishloq ho'jalik o'simliklari hosildorligini va hayvonlarning mahsuldorligini ta'minlovchi samaradorligi yuqori bo'lgan va ekologik muvozanatlashtirilgan agrotizimlarni yaratish, dehqonchilikni olib borish integral tizimlarini rivojlantirish bo'yicha; • o'simliklar va hayvonlarning transgen shakllari sohasida tadqiqotlar o'tkazish va ular asosida muhitning ekstremal sharoitlariga chidamli bo'lgan, inson ehtiyoji uchun muhim sifatli hom-ashyo etkazib bera oladigan yangi navlar va duragaylarni, zotlar va tizimlarni yaratish. Oziq-ovqatmahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida qishloq ho'jaligi hom-ashyosini qayta ishlashning biotehnologik jarayonlarini takomillashtirish nazarda tutiladi, shu jumladan: • fermentli dorilar va biologik faol moddalardan foydalangan holda umumiy va mahsus mahsadlar uchun mo'ljallangan oziq-ovqatmahsulotlarining yangi turlarini yaratish; • oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatning yonlama hom-ashyosidan hayvonlar uchun to'lahonli oziq-ovqatmahsulotlari va yuqori sifatli emlar ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish tehnologiyalarini yaratish bo'yicha sifat jihatidan yangi oziq-ovqatmahsulotlarini kimyoviy tarkibi inson ehtiyojlariga mos tushishiga yo'naltirilgan va sifat jihatidan yangi oziq-ovqatmahsulotlari tehnologiyalarini yaratish bo'yicha vazifalar qo’yilgan, shu jumladan: • turli yosh guruhiga mansub aholining ommaviy iste'moli uchun oziq-ovqatmahsulotlari; • turli kasalliklarning oldini olishga va organizmning himoyalovchi funkciyalarini mustahkamlashga, zararli moddalar ta'sir etishi havfini pasaytirish, shu jumladan, ifloslanishning qar hil turlari bo'yicha ekologiyasi nobop hududlarda yashovchi aholi uchun davolash-parhezmahsadidagi oziq-ovqatlar; • ekstremal sharoitlardagi aholi guruhlari va qarbiylar ovqatlanishi uchun mahsulotlar. Vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar va boshqaozuqa moddalarini aholining to'liq ta'minlanishi uchun etarli, qisman ular bilan ommaviy iste'mol qilinuvchi oziq-ovqatmahsulotlarini boyitish yo'li bilan mahalliy ishlab chiqarishni yaratish ozuhaviy qiymati oshirilgan oziq-ovqatlar ishlab chiqarilishini ta'minlashning muhim omilidir. An'anaviy oziq-ovqatlarning keng miqyosdagi tanqisligi va makronutrientlar tanqisligini oddiy manbalar hisobidan qoplash potencial imkoniyatlarning pasayishini hisobga olgan holda oziq-ovqatmahsulotlarini boyitish va yangi recepturalarni yaratish uchun mo'ljallangan ovqatoqsili va oqsilli dorilarning ko'p tonnalik ishlab chiqarilishi talab etiladi. Barcha ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqatlarni asrash uchun hom-ashyo va tayyor mahsulotning dala yoki fermadan to iste'molchigacha etib keladigan yo'lidagi harakatlanishi mobaynida saqlanishi, sifati saqlanishi ta'minlanishi va foydali mahsulot yo’qotilishining pasayishini ta'minlovchi saqlash tizimlarinii takomillashtirish kerak. Alimentar-bog’liqholatlar va kasalliklarni profilaktika qilish sohasida quyidagilarni ta'minlovchi dasturlar majmualarini ishlab chiqarish va tadbiq etish talab qilinadi: • vitaminlar, makro va mikroelemntlar (temir, kalьciy, yod, ftor, selen va boshqalar) tanqisligini, birinchi navbatda, ekologiyasi nobop hududlarda, tugatish; • keng tarqalgan yuqumsiz kasalliklar (yurak-tomir, saraton, gipertoniya kasalliklari, modda almashinuvi buzilishi va boshqalar)ning profilaktikasi; • ommaviy ahborot vositalarini keng jalb qilgan holda ovqatlanish haqidagi fan sohasi mutahassislarining, shu jumladan, aholining sog’lom ovqatlanish haqidagi ma'lumot darajasini oshirish; • boyitilgan va funkcional oziq-oqatlar va biologik faol ovqatqo’shimchalari ishlab chiqarilishini kengaytirish. Oziq-ovqat va ozuqa hom-ashyosi havfsizligini ta'minlash sohasida quyidagilar zaruriydir: • bakteriyaviy, kimyoviy va fizikaviy ifloslanish imkoniyatlarini istisno etuvchi zamonaviy tehnologiyalar va asbob-uskunalarni qo’llash hisobiga ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqatlarning ozuhaviy qiymati va sifatini iloji boricha ko'proqsaqlab qolish; • ozuqa hom-ashyolari va oziq-ovqatlarning sifati va havfsizligini nazorat qiluvchi me'yoriy-uslubiy davlat bazasini takomillashtirish; • ozuqa hom-ashyolari va oziq-ovqatlarning sifati va havfsizligini nazorat qilishning zamonaviy uskunaviy va tahliliy bazasini yaratish; • ozuqa hom-ashyosi, oziq-ovqatmahsulotlari, qo’shimchalar va ishlab chiqarishni standartlashtirish va sertifikatlashtirish dvlat tizimini takomillashtirish. AHolida sog’lom ovqatlanish ko'nikmalarini shakllantirish sohasida quyidagi tadbirlar nazarda tutiladi: • tibbiyot, ta'lim, jamoatchilik ovqatlanishi, oziq-ovqatlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish sanoatida ishlovchi hodimlarni o’qitish dasturlarini ishlab chiqarish va aholi uchun ta'lim dasturlari bo'yicha; • ma'lumot yig'ish, saqlash va almashuv bo'yicha zamonaviy kompьyuter tizimlarini, shu jumladan, dunyoviy tarmohlarni tadbiq etish; • ahborot-noshirlik dasturlarini yaratish. Bolalar ovqatlanishini racionallashtirish uchun ona suti bilan ovqatlantirishni qo’llab-quvvatlash, eng kichik yoshdagi bolalar va kasal bolalarni mahsuslashtirishgan mahsulotlar bilan ta'minlash, ta'lim muassasalarida bolalarning gigiena talablariga mos ravishda muntazamissiqovqat iste'mol qilishlarini tashkil etish lozim. Sog’lom ovqatlanishning tibbiy jihatlarini ishlab chiqarish sohasida quyidagi tadbirlarni ko'rib chiqish zarur: • O'zbekiston Respublikasi hududlarida yashovchi turli aholi guruhlarining ovqatlanishi, ozuqa statusi, alimentar-bog’liq kasallanishlari tarqalganligi va salomatlik holatini muntazam kuzatishni amalga oshirish; • aholining turli yosh guruhlaridagi ozuqa moddalari va quvvatga bo'lgan ehtiyojini aniqlash, ular asosida ovqatlanish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqarish; • tibbiy va oziq-ovqat yo'nalishidagi o’quv muassasalarida ovqatlanish fanining turli sog’alari bo'yicha kadrlar tayyorlash. AHolining nochor qatlamlarida oziq-ovqatmahsulotlari hammabop bo'lishi uchun manzilli yordamga muhtojlar tizimini yaratish va ushbu yordamning turli ko'rinishlarini ishlab chiqish muhimdir. qishloq ho'jaligi hom-ashyosi va tayyor mahsulotning sifatini O'zbekiston Respublikasining davsanepidnazorat va davsantashnazoratni amalga oshirish uchun vakolatli bo'lgan muassasalar o'tkazadigan nazoratlar aholi sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosati tadbiq etilishi mehanizmining asosiy tarkibiy qismidir. YAHin yillar ichida va keyingi davrda sog’lomovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy ilmiy-amaliy yo'nalishlari rejali tadbiq etilishi amalga oshirilishi kerak. O'zbekiston Respublikasining sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosati tadbiq etilishidagi bunchalar keng ko'lamdagi vazifalarning amalga oshirilishi barcha darajadagi, shu jumladan, ovqatlanish gigienasi bo'yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga asoslanadi. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling