Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot
Download 1.01 Mb.
|
O zbekiston respublikasi
Foiz stavkasi – qarz kapitaliga ma’lum bir vaqt, odatda bir yil davomida boʻlgan foizli toʻlovlarning nisbiy miqdoridir. Foizlar bozordagi oʻzgarishiga qarab qat’iy belgilangan va erkin soʻzuvchi foiz stavkalari boʻlishi mumkin.
Qat’iy belgilangan foiz stavkasi – qarz mablagʻlaridan foydalanishning butun muddati davri mobaynida qarz shartlarini qayta koʻrib chiqish huquqisiz belgilangan foiz stavkasi. Erkin suzadigan foiz stavka – darajasi pul-kredit bozori kon’yunkturasiga qarab tebranib turadigan foiz stavkasi. Erkin suzadigan foiz stavkasi 2 qismdan iborat. Birinchi qismi oʻzgaruvchan qismdan iborat boʻlib, u pul-kredit bozori kon’yunk- turasiga qarab oʻzgaradi. Mazkur qism sifatida odatda maydonga kredit resurslari boʻyicha LIBOR, PIBOR, FIBOR va boshqa shu kabi banklararo taklif stavkalari chiqadi. 20 Qoʻshimcha boʻlib esa taraflar kelishuvining predmeti hisoblanmish qat’iy belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda oʻzgarmaydi. Ushbu qat’iy belgilangan qoʻshimchaning miqdori shartnoma shartlari va tavakkalchilik darajasiga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkasining yuqorida keltirilgan turlari bilan birgalikda nominal va real foiz stavkalarni farqlashadi. Nominal foiz stavkasi deganda e’lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushu- niladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa: r = i + x, bu yerda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi. Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli- tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi – markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar boʻyicha 20Роберт Мертон (Robert Merton) и Зви Боди (Zvi Bodie), Финансы Вилямс .2007 belgilanadigan qayta moliyalashtirish yoki rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliya- lashtirish stavkasi yoki hisob yuritish stavkasi, banklar tomonidan jalb etilgan resurslar hajmidan aniqlanadigan majburiy zaxiralar hamda ochiq bozordagi operatsiyalar borasidagi siyosati bilan birgalikda pul- kredit tizimini muvofiqlashtirishning asosiy instrumentlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob yuritish foizidan mohirona foydalangan holda pulning muomaladagi hajmi va qadrsizlanish sur’atlarini muvofiqlashtirishga intiladi. Ushbu xususda hisob yuritish rasmiy stavka darajasining pasayishi bozorda kredit re- surslarini arzonlashishi va ular boʻyicha taklifni oshishiga olib keladi. Bunday siyosat investitsiyalarni jonlantirish va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadiga egadir. Bunga teskari boʻlgan hisob yuritish siyosatining oʻtkazilishi pul-kredit hajmining qisqarishiga, inflyatsiya sur’atlarining sekinlashishiga olib kelishi bilan birgalikda, iqtisodi- yotga qilinayotgan investitsiyalar kamayishiga sabab boʻladi. Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Yetakchi banklar birinchi darajali banklar yevrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari boʻyicha amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR - London Interbank Interest Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya’ni soat 11.00 holatiga pul-kredit bozorining konyunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar boʻyicha oʻrtacha arifmetik miqdor sifatida hisoblangan oʻrtacha stavka tushuniladi. “PRAYM-REYT” stavkasi bu tijorat banklari tomonidan birinchi darajali qarz oluvchilarga kreditlar taqdim etiladigan foiz stavkalarning darajasidir. Foiz stavkalarning yana bir turi - bu nisbatan yuqori darjadagi xavf-xatarga ega boʻlgan korxona va xususiy shaxslarga taqdim etiladigan ssudalar boʻyicha foiz stavkalardir. Jahon moliya bozorida hozirgi kunda foiz stavkalarning talaygina turlari mavjud. Ularning ichidan: Markaziy bankining qayta moliya- lashtirish stavksi, hisob yuritish stavkasi, banklararo pul bozorining foiz stavkasi (ya’ni, Axborot konsorsiumi tomonidan banklararo kreditlarni jalb etish va joylashtirish stavkalaridan oʻrtacha miqdor sifatida hisoblanadigan MIBID – tijorat banklari tomonidan kreditlar taqdim etish boʻyicha e’lon qilingan stavkasi, MIACR – taqdim etilgan kreditlar boʻyicha haqiqiy stavka, Banklararo Moliyaviy Uy tomoni- dan tijorat banklari tomonidan tuzilgan bitimlar natijalariga asosan hisob-kitob qilinadigan INSTAR – banklararo bazaviy foiz stavkalar), ta’minlangan ssudalar boʻyicha birinchi darajali mijozlarni kreditlash yuzasidan “bazaviy” foiz stavkalar va boshqa qarz oluvchilarni kreditlash tavakkalchiligi uchun olinadigan ustama haqlari bilan foiz stavkalar ajralib turadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling