Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet2/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

UO‘K: 336.5(07)
KBK 65.262.1
Taqrizchilar:
J.Ya.Isakov – TDIU Bank ishi va investitsiyalar kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori.
T.I.Boboqulov – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professori, iqtisod fanlari doktori.


ISBN 978-9943-7629-8-5
© «INNOVATSION RIVOJLANISH NASHRIYOT-MATBAA UYI» 2021.

KIRISH


Bozor iqtisodiyotining oʻziga xos xususiyalarini chuqurroq tushunib yetishda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va voqealarni sifat jihatdan zamonaviy yangicha bilim va yangicha fikrlashni taqozo qilmoqda. Bu mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini oshirishni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmalarini qayta qurish, kapital bozori muvozanati va aktivlar sinfini tahlil qilish, kutilayotgan xavf va uni kamaytirish, kapital aktivlarni narxlash modeli va samarali bozor gipotezasi oʻrtasidagi munosabatlarni shakllantirish, moliya va investitsiyalarni rivojlanish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi.


Har qanday davlatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini kapital va investitsion bozorlarni uzluksiz rivojlantirmasdan ta’minlab boʻlmaydi. Iqtisodiyotimizni jadal barqaror rivojlantirish moliya, kapital va investitsiya bozorlariga bevosita bogʻliqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoati rivojlangan va rivojlanayot- gan mamlakatlarning barcha sohalardagi samarali tashkil etilgan investitsion sohasida izchil islohotlar mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi, inson manfaatlariga, ularning turmush darajasini yaxshilash va boshqa ijobiy manfaatlarga qaratilayotganli- gini koʻrishimiz mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda mamlakatimiz moliya va investitsiya siyosatining bosh maqsadi mamlakatimizni mo- liya, kapital va investitsiya bozorlari boʻyicha islohotlarning izchilligi- ga ustuvorlik sifatida asosiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanmoqda,
Jahon miqyosida pandemiyaning iqtisodiyotga keskin ta’sir etayotgan hamda turli savdo, iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar saqlanib qolayotgan sharoitda, inson manfaatlariga qaratilgan islohot- larda “aqlli investitsiya”, “yashil iqtisodiyot” va “raqamli iqtisodiyot”, “ochiq iqtisodiyot”, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish moliya, kapital va investitsiya bozorlari infratuzilmalari bozor tamoyillari orqali shakllantirish kelgusidagi asosiy vazifalarni hal etishda muhim omil boʻlib qolmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda investitsion faollikni yanada kengaytirishda nafaqat milliy, balki xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlarning barcha kredit liniyalaridan kengroq
foydalanishga ega boʻlish, xalqaro miqyosdagi kapital harakatini bosh- qarish, xalqaro innovatsion inson kapitali rivojini faollashtirish, lizingni kengroq rivojlantirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor risklarining oqibatlari, uni keltirib chiqaruvchi omillarga e’tiborni kuchaytirish, uning pasaytirish yoʻllari va uslublaridan kengroq foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Mazkur oʻquv qoʻllanmada iqtisodiyotning jadal sur’atlarda bar- qaror rivojlanishida moliya, kapital va investitsiya bozorlarini rivojla- nish modullarining roli yoritilgan hamda chetdan boʻsh kapital oqimini olib kelish kabi muhim jihatlar yoritilgan.
Ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchi- lari va talabalari hamda bank-moliya sohasi xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga moʻljallangan.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling