Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


“MOLIYA ASOSLARI: MOLIYA VA INVESTITSIYALAR” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI VA TARKIBIY TUZILISHI


Download 1.01 Mb.
bet3/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

“MOLIYA ASOSLARI: MOLIYA VA INVESTITSIYALAR” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI VA TARKIBIY TUZILISHI


Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda moliya sohasining asosiy jihatlari va investitsiyalarni tahlil qilish, moliyalashtirish va investitsiyalashdagi muammolar va vujudga keladigan risklarini aniqlash va ularni oldini olishni – chuqur oʻrgatishdan iborat.


Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, muam- molarni hal qilishda analitik imkoniyatlardan foydalanish, kapital bozori muvozanati va aktivlar sinfini tahlil qilish, kutilayotgan xavf va uni kamaytirish, kapital aktivlarni narxlash modeli va samarali bozor gipotezasi oʻrtasidagi munosabatlarni shakllantirish, moliya va investitsiyalar faoliyatiga oid qonunlar va kategoriyalar mazmun- mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali uning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini ochib berish.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni oʻrganishni oʻz ichiga oladi:

  • moliya va investitsiyalar nazariyasi

  • moliyaviy matematika

  • moliya asoslari va tahlil

  • kapital bozori va uning nazariyasi

  • foiz stavkasini aniqlash va uning tuzilmasi

  • xosilaviy moliyaviy vositalar asoslari

  • aktivlarni baholash: obligatsiyalar va aksiyalarni baholash uchun asosiy modellar

  • aktivlarni baholash va aktivlarni narxlash nazariyasi

  • moliyaviy boshqaruv

  • moliyaviy strategiya va moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish mexanizmi va boshqaruv strategiyalarini qoʻllash, shu jumladan “aqliy hujum”, iqtisodiy muammolarni hal qilish;

- moliyaviy boshqaruvni oʻrganish va unga xorij tajribasidagi ilgʻor usul va vositalarini qoʻllash;
Shuningdek, fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
Moliya va investitsiyalar haqida tasavvur va bilimga ega boʻlishi;
Tavakkalchilikni oldini olish, riskli aktivlar uchun riskni kamay- tirish va kapital ajratish tartibi hamda optimal xavfli portfel va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
Narxlash nazariyasi hamda multifaktor modellari, samarali bozor gipotezasi va moliya qiziqishlari, qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar daromadi hamda ularning samaradorligini aniqlash bilan bogʻliq muammolarni yechish boʻyicha qarorlar qabul qilish malakasiga ega boʻlishi kerak.

  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling