Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


BOB. MOLIYA VA INVESTITSIYALAR NAZARIYALARI


Download 1.01 Mb.
bet4/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

BOB. MOLIYA VA INVESTITSIYALAR NAZARIYALARI




Tayanch iboralar: bozor segmenti, "Rivojlanayotgan bozorlar", "kapitalning dastlabki toʻplanishi", "markaz", barqaror ideal kapital bozori, miqdoriy boshqaruv, normal taqsimlanishi, hakamlik narxlari nazariyasi, moliyaviy aktivlarning narxlash modeli, murakkab mate- matika, "martingalalarga", risk,CARM, arbitraj narxlarining tarqa- lishi nazariyasi, foyda nazariyasi, “Boshqaruv”, boshqaruv organlar, “veto”, davlat moliya siyosati, intellekt, restrukturizatsiya, portfel, baholash,"Investitsiya asoslari", neoklassik nazariya, segment, investitsiya jozibadorligi, investitsion portfel, siyosiy yoki ma’muriy tadbir, moliya bozori, “aql markazi”, Anglosakson modeli, Yevropa kontinental (German) modeli, qimmatli qogʻozlar, likvidlik.


    1. Kapital bozori va kapital bozori nazariyasi


Bozor iqtisodiyoti va pandemiya sharoitida har bir subyekt, tarmoq yoki davlatlarda kapital taqchilligi hukm surishi hattoki dun- yodagi rivojlangan mamlakatlarda ham oʻz aksini topmoqda. Mazkur taqchillikka barham beruvchi oʻta muhim iqtisodiyot segmentlaridan biri bu kapital bozoridir. Kapital bozorini bosh maqsadi bozor tamo- yillari asosida dunyo boʻylab chetda boʻsh turgan milliy va xorijiy kapital harakatini samarali va barqaror tomonga yoʻnaltirish, bunda dunyo boʻylab yaratilgan qiymatni qayta taqsimlaydi, bu oʻz navbatida iqtisodiyotda mablagʻ taqchil sohalarga markazlashmagan va markaz- lashgan tarzda yoʻnalishlarini ta’minlashga olib boradi.


Shuning uchun, biz kapital bozorining iqtisodiy tushunchasini chuqurroq oʻrganish orqali uning yanada jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochishga harakat qilamiz.
Adabiyotlarda kapital bozori tushunchasiga aniq termin sifatida kengroq ma’noda ta’rif berilmagan. Bunga sabab, kapital bozorini rivojlanish evolyutsiyasi turli davrlarda, turli xil hududlarda, turli xil davlatlarda yaratilgan infratuzilmaviy sharoitlar asosida shakllangan. Shuning uchun, biz mazkur tushunchaga bozor sharoitida yaqinroq iqtisodiy tushuncha berish uchun tahliliy fikrlarni koʻrib chiqamiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarni iqtisodiy mohiyatini olimlar, ekspertlar tomonidan tortishuv(diskussiya)lar,
ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, oʻsha davrlar gʻoyalari bilan uygʻun- lashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, oʻziga xos xususi- yatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning ishtirokchilari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq asoslab berish takomillashib bir tizimga keltiril- moqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda.
Iqtisodiyotning bozor konvertatsiyasi investitsiya faoliyatini tartibga solish shakllari va usullarini tubdan oʻzgartirishga va toʻlaqonli va samarali ishlaydigan kapital bozorini shakllantirishga majbur qilmoqda.
Kapital bozorining rivojlanishini oʻrganish ishlab chiqarishning pasayishi va investitsiya inqirozini bartaraf etish kabi quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun muhimdir:
-iqtisodiy oʻsishning barqaror sur’atlariga erishish aholining munosib turmush darajasini ta’minlash, investitsiya jarayonini faollashtirish maqsadida daromadlarni qayta taqsimlashning samarali mexanizmini yaratish;
-iqtisodiy oʻsishning barqaror sur’atlariga erishishdan iborat.
An’anaviy tarzda "rivojlanayotgan bozorlar"1ning rivojlanish nazariyasi, xususan, amerikalik tahlilchi Mark Faber tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bu kapital bozorining kelajakdagi rivojlanishini bashorat qilishga imkon beradi.
Ma’lumki, siyosiy kapitalning atamasi sifatida "kapitalning dast- labki toʻplanishi"2 iborasi A.Smit tomonidan kiritilgan. Karl Marks kapitalni dastlabki jamgʻarish(toʻplash) muammosini oʻz asosida rivojlanib, faoliyat yuritgan burjua tizimining bir lahzasi sifatida emas, balki faqat kapitalistik iqtisodiyotni shakllantirishning bir tomoni – bu "markaz"i sifatida koʻrib chiqdi. K. Marks uchun kapitalning dastlabki jamgʻarilishi(toʻplanishi) uning natijasi emas, boshlangʻich nuqta sifatida burjua ishlab chiqarish usulini shakllantirish uchun zarur shart, deydi.
Koʻpincha, moliya nazariyalari odamlar yoki firmalar oʻzini qanday tutishi kerakligi haqida ba’zi fikrlardan boshlanadi va



1 https://journal.open-broker.ru/biographies/mark-faber/
2 Kапитал / Р. Г. Олхова // Болшая российская eнциклопедия :[в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — М. : Болшая российская eнциклопедия, 2004—2017.
keyinchalik ushbu xatti-harakatni konkretlashtiradigan rasmiylashtiril- gan nazariya ishlab chiqiladi. Bunday nazariya har doim boshlangʻich shartlarning ma’lum bir toʻplami mavjud boʻlganda haqiqiy boʻlib chiqadi. Moliya haqidagi koʻplab nazariyalar asosida yotgan asosiy taxminlardan biri bu mukammal yoki barqaror ideal kapital bozorining konsepsiyasidir.
Ideal kapital bozori ta’riflari orasida turli xil nazariyalarda kichik farqlar mavjud boʻlsada, aksariyat ta’riflar quyidagi shartlarni oʻz ichiga oladi:
-ushbu munozaralarning aksariyati an’anaviy miqdoriy boshqaruv- ning oqilona yondashuvini bozorlar bilan oʻzaro aloqada boʻlishning amaliy tajribasi bilan uygʻunlashtirishga urinish;
-bir muncha vaqt ularni bir me’yorga keltirish qiyin boʻldi.
Miqdoriy tajribaga ega boʻlgan amaldagi pul menejerlari nazariy jihatdan amaliy tajribani yoʻq qilishga majbur boʻldilar. Amaliyot nazariyaga toʻgʻri kelmasa, biz shunchaki nazariya oʻsha paytda muvaffaqiyatsiz boʻlishini bilamiz.
Bizning nazarimizda fiziklar tomonidan "oʻziga xosliklarni", ya’ni nazariya muvaffaqiyatsiz boʻlgan voqealarni qabul qilishga oʻxshaydi. Katta portlash shunday oʻziga xosliklardan biridir. Katta portlash paytida jismoniy qonunlar ishlamaganligi va bu hodisani tushuntirish qiyinligicha qoladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling