Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot
Birinchi guruh likvid mablagʻlarga
Download 1.01 Mb.
|
O zbekiston respublikasi
Birinchi guruh likvid mablagʻlarga:pul mablagʻlari, jumladan hisob - kitob varagʻi; valyuta hisob varagʻidagi; boshqa hisob varaqlardagi va kassadagi pul mablagʻlari kiradi. Ikkinchi guruh likvid mablagʻlariga tez pulga aylanadigan talablar (bu talablarning muddati odatda 3 oydan oshmasligi lozim): ishonchli debitorlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob - kitoblar; muddati 3 oygacha boʻlgan avans toʻlovlar; budjet bilan hisob - kitoblar; korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega boʻlgan boshqa operatsiyalar; ishchi - xizmatchilar bilan hisoblashishlar; ta’sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar. Ikkinchi guruh likvid mablagʻlarning aksariyat qismini yaqin 3 oy ichida toʻlanish lozim boʻlgan debitorlar tashkil qiladi. Shuning uchun kredit berishda bu likvid aktivlarning haqiqatda 3 oy ichida pulga aylanish ehtimolini chuqur tahlil qilish lozim. 3 oy da toʻlanishi lozim boʻlgan veksellar; xorijiy korxonalar bilan hisob - kitoblar; Uchinchi guruh likvid mablagʻlariga tez sotiladigan tovar moddiy qimmatliklarining zahiralari boʻyicha talablari kiradi: ishlab - chiqarish zaxiralari va kelgusi davr xarajatlari; tugallanmagan ishlab chiqarish; tayyor mahsulot; tovarlar; boshqa zaxiralar va xarajatlar kiradi. Qisqa muddatli majburiyatlarni aniqlashda: oʻzgartirishlar kiritmasdan quyidagi koʻrsatkichlar olinadi: qisqa muddatli qarzlar; qisqa muddatli kreditlar; buyurtmachilardan tushgan avanslar; Kreditorlar: mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzlar; budjetga qarzlar; ish haqi boʻyicha qarzlar; ijtimoiy sugʻurta va ta’minot boʻyicha qarz; mulk va shaxsiy sugʻurtalash boʻyicha qarz; budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha qarz; shoʻba korxonalar boʻyicha qarzlar; uyushma korxonalar boʻyicha qarzlar; boshqa kreditorlar; oʻzgartirishlar kiritilib quyidagi koʻrsatkichlar olinadi (yaqin uch oy muddatga): uzoq muddatli qarzlar; uzoq muddatli kreditlar. Uchinchi guruh likvid mablagʻlarini tahlil qilganda, tovar – mod- diy boyliklarning haqiqatda ishlab chiqarish uchun zarurligiga e’tibor berish lozim. Kreditga layoqatlilik koʻrsatkichlarini hisobga olganda aylanma aktivlar tarkibiga: korxona omborida turib qolgan, ishlab chiqarish uchun zoʻr boʻlmagan tovar moddiy boyliklar; ishlab chiqarishdan olib tashlangan tovarlar; talab boʻlmagan,sifatsiz tovar - boyliklar; qiyin sotiladigan tovarlar va boshqalar qoʻshilmasligi kerak. Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyat- laridan ikki barobar va undan ortiq, boʻlsa, mijoz moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi. Mijoz balansi va boshqa moliyaviy hujjatlarga asosan kreditga loyoqatlilik koʻrsatkichlari aniqlanadi. Likvidlilik koeffitsiyenti (Kl) quyidagicha hisoblanadi: Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling