Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet30/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

IIIsinf

1.

Qoplash koeffitsiyenti (Kq)

Kq>2,0

2,0>Kq>1,0

1,0>Kq

2.

Likvidlilik koeffitsiyenti (Kl)

Kl>1,5

1,5>Kl>1,0

1,0>Kl

3.

Muxtorlik koeffitsiyenti (Km)

Km>60
%

60%>Km>30
%

30%>K
m

Kreditga layoqatlilikning har bir sinfdagi korxonalarga banklar har xil kredit munosabatlari tuza oladilar. 1 - sinfga mansub qarz oluv- chilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob raqami boʻyi- cha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foizlarda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar boʻyicha ta’minganlik talab qilinmasligi mumkin.



      1. - sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odat- dagi tartibda, ya’ni majburiyatni muvofiq shaklda ta’minlanishi (kafo- lat, garov, kafillik) sharoitida kredit beriladi., agar uning qoʻshimcha koʻrsatkichlari ijobiy holda boʻlsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kreditlar berilmaydi. Agar qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha kamchiliklar boʻlsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar koʻrishni talab qilish, kredit boʻyicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini oshirishi, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini koʻrish mumkin.

Bank uchun; 3 - sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bogʻliqdir. Shuning uchun ular kamdan - kam holatlarda va yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qoʻygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.
Agarda tahlil boʻyicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffitsiyenti 0,5dan (kk<0,5) kichik boʻlsa, likvid mablagʻlari juda kam boʻlsa yoki umuman mavjud boʻlmasa va uning oʻz mablagʻlari miqdori ham kam boʻlsa, u nolikvid balansga ega boʻlgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni 4 - sinfga kiritish mumkin va bunday korxonalarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir xususiyati shundaki, yuqorida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini baholashning yakuniy koʻrsatkichlari hisoblan- maydi. Mijozlar faoliyati va ularning moliyaviy ahvolini yanada chuqurroq koʻrib chiqishda hamda kreditga layoqatliligining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha mijoz turli xil sinflarga taalluqli boʻlib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida to‘gʻri xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qoʻshimcha koʻrsatkichlarini tahlil qilish lozim boʻladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baho- lashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikning asosiy koʻrsatkichlariga qoʻshimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qoʻ- shimcha koʻrsatkichlari tahlil qilinadi. Korxonaning kreditga layoqat- lilikning qoʻshimcha koʻrsatkichlari asosan mijozning aylanma aktiv- lari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni koʻzda tutadi. Ma’lumki, qisqa muddatli kreditlar xoʻjalik subyektlarining aylanma aktivlariga beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni oʻz vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xoʻjalik subyektlari aylan- ma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan boʻlsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori boʻlsa, kreditdan foyda- lanish samarasi va uni oʻz vaqtida bankka toʻlash imkoniyati ham shunchalik yuqori boʻlishi mumkin. Biz aylanma mablagʻlarning samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisida oldingi paragraflarimizda kengroq toʻxtalgan edik. Shu bois biz qisqacha boʻlsada kreditga layoqatlilikning qoʻshimcha koʻrsatkichlarini keltirib oʻtmoqchimiz. Bu koʻrsatkichlardan biri bu aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti hisoblanadi.
Aylanma mablagʻlarning aylanishi koeffitsiyenti (Kl) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qoʻyilgan mablagʻlarning pul mablagʻlariga aylanish tezligini xarakterlab, u ma’lum davr (oy,
kvartal, yil) ichida aylanma mablagʻlari necha marta aylanganligini ifodalaydi:






Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling