Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universitetida
X ivch inlilar (M astigoph ora) sinfi
Download 230.44 Kb.
|
BIR XUJAYRALI
2. X ivch inlilar (M astigoph ora) sinfi
Bu sinfga mansub hayvonlar sitoplazma o'simtasidan hosil bo'lgan bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ko ‘pchiligida xivchin bittadan, ba’zan ikkita yoki undan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Xivchinlilaming hujayrasi organik moddadan iborat qobiq bilan o'ralgan. Shuning uchun ular tanasining shakli doimiy bo'ladi. Xivchinlilar sinfi oziqlanish usuliga ko'ra ikki kenja sinfga — o 'sim lik sim o n va h a y v o n sim so n x ivch in lilarga bo'linadi. O'sim liksim on xivchinlilar (Phytom astigina) hujayrasida yashil rang beruvchi xromotoforalar bo'ladi. Hamma yashil xivchinlilar yashil o'simliklar singari yorug'da karbonat angidrid, suv va boshqa mineral moddalardan organic moddalar sintez qilish (fotosintez) xususiyatiga ega. O'simliksimon xivchinlilar tuzilishiga ko'ra bir hujayrali suv o'tlarini eslatadi. Yashil xivchinlilar orasida E v g le n a sim o n la r (E u g le n o id in a ) turkumiga mansub bo'lgan hayvonlar chuchuk suvlarda ko'p uchraydi (1 —rasm). Ko'pchilikka ma'lum bo'lgan yashil evglena (Euglena virides) chuchuk suv havzalarida yashaydi. Uning tanasi yupqa elastik pellikula po’st bilan qoplangan bo'lib, ikki uchi ingichkalashgan dukka o'xshaydi. Tanasining oldingi uchida bitta uzun xivchini, sitoplazmasi da esa yirik pufaksimon yadrosi, tayoqqa o'xshash bir qancha yashil xromotoforalari, xivchini asosida qisqaruvchi vakuolasi va qizil dog'sim on ko'zchasi joylashgan. Tanasini egishi va shaklini birmuncha o ’zgartirishi mumkin. Harakatlanayotgan evglenaning xivchini aylanib, parma singari buraladi va u oldinga qarab aylanma harakat bilan suzib ketadi. V o lv o k s (V olvox sp). Volvoks chuchuk suvlarda keng tarqalgan koloniya bo'lib, yashovchi yashil xivchinlilarga kiradi. Volvoks koloniyasi sitoplazmatik ipchalar orqali o'zaro qo'shilgan juda ko'p hujayralardan iborat. Hujayralaming ko'pchiligi vegetativ (o'suvchi), oz qismi esa generativ (ko'payuvchi) hujayralardan iborat. Volvoks koloniyasining ko'rinishi k o’p hujayralilar embrionining blastula davriga o'xshaydi. Volvoks ko'p hujayralilarning kelib chiqishini o'rganishda katta ahamiyatga ega. H ayvonsim on xivchinlilar (Zoom astigina) yakka yashovchi rangsiz bir hujayrali organizmlardir. Ulaming ko'pchiligi parazit hayot kechiradi. Tripanosomalar (Tripanosoma). Baliqlar, sut emizuvchilar va boshqa hayvonlar, shuningdek, odamlar qoni plazmasida juda mayda parazit xivchinlilar — tripanosomalar uchraydi. Ularning tanasi duksimon, xivchini orqaga qayrilgan, tanasi va xivchini o'rtasida to'lqinsimon pardasi bo'ladi. Tripanosomalar qonga zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Afrikaning tropik mintaqasida odamlar orasida tarqalgan og'ir uyqu kasalligini (Tripanosoma gambiense) paydo qiladi. Kasallikni se — se chivini antilopalardan odamga yuqtiradi. L ey sh m a n iy a la r (L eish m an ia). Leyshmaniyalar teri epiteliysi hujayralari ichida parazitlik qiladigan hayvonsimon xivchinlilardir. Odamlarda teri leyshmaniyasi ko'proq uchraydi. Bu parazit terming ochiq joylarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan yara hosil qiladi. Kasallik xalq orasida "afg'on yara", "yomon yara" yoki "sharq kuydirgisi" nomlaribilan ma'lum. Yara tuzalib ketgandan so'ng o'm i chandiqbo'lib qoladi. Kasallik Turkmaniston, Tojikistonva О 'zbekistonning janubiy hududlarida uchraydi. K asallik qo'zg'atuvchisini iskabtoparlar kemiruvchilardan odamga yuqtiradi. Hayvonsimon xivchinlilaming ayrim vakillari chumolilar ichagida simbioz (hamkorlikda birga yashash) yashaydi. Ular qiyin hazm bo'ladigan o'simlik sellyulozasini hazm qilishda chumolilarga yordam beradi. Download 230.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling