Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universitetida


Download 230.44 Kb.
bet4/4
Sana15.02.2023
Hajmi230.44 Kb.
#1200405
1   2   3   4
Bog'liq
BIR XUJAYRALI

3. Sporalilar (Sporozoa) tipi
Sporalilar tipiga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi 5000 ga yaqin bir hujayrali hayvonlar kiradi. Ulaming harakatlanish organoidlari bo'lmaydi. Ko'pchilik sporalilar hayotining ma'lum davrida spora hosil qilish xususiyatiga ega. Spora hayvonni tashqi muhitning noqulay sharoitidan saqlaydi. Hamma sporalilar murakkab rivojlanish sikliga ega bo'ladi. Bu tip vakillari orasida koksidiyasimonlar ko'p uchraydi. K o k sid iy a la r (C o ccid io m o rp h a ) tu rk u m i. K oksidiyalar turli um urtqali va um urtqasiz hayvonlarning ichak devori e p iteliy hujayralarida parazitlik qiladi. Quyon, tovuq va boshqa ba'zi bir chorva
mollari ichagida parazitlik qiluvchi eymeriya keng tarqalgan. Koksidiyalar ichakda parazitlik qilib, ichburuqqa o'xshash kasallikni qo'zg'atadi. Koksidiyalam ing rivojlanish jarayoni jinsiy va jinssiz bo'g'inlaming gallanishi orqali murakkab yo'l bilan boradi. Rivojlanishi sista hosil qilish bilan tugallanadi. Sistasi axlat bilan tashqariga chiqadi va atrof — muhitga sochiladi. Hayvonlar oziqlanganida koksidiyalaming sistasini yuqtiradi. Sista ichida parazit faqat kislorod yetarli bo'lgan sharoitda rivojlana oladi. Koksidiyalar chorva mollarining mahsuldorligini kamaytirish bilan xalq xo'jaligiga katta zarar yetkazadi.

Qon sporalilari (H aem osporidia) turkumi. Sporalilar orasida qon sporalilari turkumining vakillari, ayniqsa, eng xavfli parazit hisoblanadi (2 —rasm). Ular sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va odam qoni eritrositlarida parazitlik qilib yashaydi. Shuning uchun ular qon sporalilari deyiladi. Qon sporalilari ham hujayra ichida parazitlik qiladi. Lekin ulaming hayot sikli ikkita xo'jayinda o ’tadi.
Qon sporalilaridan bezgak plazmodiysi (Plaasmodium vivax) eng xavfli parazitlardan biri hisoblanadi. Bezgak parazitlaiining hayot siklida jinssiz va
jinsiy ko'payish takrorlanib turadi. Parazit odam qonida jinssiz ko'payadi,
bezgak chivini ichagida esa jinsiy ko ‘payadi. Shuning uchun odam parazitning
oraliq xo'jayini, bezgak chivini esa asosiy xo'jayin hisoblanadi. Chivin qon
so'rayotganida odamga parazitning sporozoitlarini yuqtiradi. Sporozoitlar eritrositlarga kirib olib, bo'linib ko'paya boshlaydi va juda ko'p merozoitlar
hosil qilganidan so'ng eritrositlarni yemirib, qon zardobiga chiqadi. Merozoitlar boshqa eritrositlarga kirib oladi va yana ko'payadi. Har doim eritrositlar yorilib, uning ichidan parazitlar chiqqanida odamda bezgak xuruj qiladi. Chivin kasal odamni chaqqanida parazitni qayta yuqtiradi. Uning oshqozonida parazitlar jinsiy hujayralarga aylanadi. Urug'langan tuxum hujayrasi (zigota) harakatchan bo'ladi. U oshqozon devoriga kirib olib, jinssiz bo'lina boshlaydi va juda ko'p sporozoitlami hosil qiladi. Bu hujayralar chivin oshqozon devoridan uning so'lak bezi yo'liga o'tadi. Chivin odamni chaqqanida parazitlar yana odam qonidagi eritrositlarga o'tadi. Sporalilar orasida foydali hasharotlarda va uy hayvonlarida parazitlik
qiluvchi turlari ham keng tarqalgan. Nozema sporalisi (Nosema) tut ipak qurtida va asalarilarida parazitlik qiladi. Kasallangan ipak qurtlarining tanasi qorayadi. Shu sababli bu kasallik "qorason" yoki "pebrina" deb ataladi. Pebrina yuqumli og'ir kasallik bo'lib, kasallangan qurtlar ko'plab nobud bo'ladi. Shuning uchun kasallangan qurt topilgan so'kchaklardagi hamma qurtlar kuydirib tashlanadi. Pebrina asalarilarida og'ir ich ketishni paydo qiladi. Sporalilar tipiga mansub bo'lgan piroplazmidlar qoramollar, otlar, itlar va boshqa sutemizuvchilar qonida parazitlik qilib, qon kasalliklarini paydo qiladi. Piroplazmidlarni hayvonlarga qon so'ruvchi kanalar yuqtiradi. Sut emizuvchilar va qushlarning muskulida go’sht
sporalilarining sporasi uchraydi. U yaxshi pishirilmagan go'sht orqali odam va yirtqich hayvonlar ichagiga o'tadi. O lim lardan K .M arsinovskiy, E .N .P avlovsk iy, N .I.X odukin, V.N.Beklemishev va N.M .Isayev bezgak paraziti va uni tarqatuvchi bezgak chivini hayotini o'rganish sohasida tekshirishlar olib borganlar. Bezgakka qarshi kurashda bezgak chivinlarining ko'payadigan ko'lmak suvlam i quritish katta ahamiyatga ega. Qondagi bezgak parazitlarini yo'q qilish uchun xininli dorilardan foydalaniladi.
Download 230.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling