Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universitetida
Download 230.44 Kb.
|
BIR XUJAYRALI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi : Yo’ldosheva Sevinch
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Toshkent davlat pedagogika universitetida Biologiya yo’nalishi Mustaqil ishi 103-guruh TALABASINING TAYYORLAGAN MAVZU : Bir hujayralilar (Sodda hayvonlar) ning tuzilishi, ko‘payishi, xilma-xilligi. Bajardi : Yo’ldosheva Sevinch REJA : 1. Sarkodalilar (Sarcodina) sinfi 2. X ivch inlilar (M astigoph ora) sinfi 3. Sporalilar (Sporozoa) tipi BIR HUJAYRALI HAYVONLAR. SARKOMASTIGOPHORALAR (SARCOMASTIGOPHORA) TIPI Bir hujayrali hayvonlarning tanasi bitta hujayradan tashkil topgan, ko'pchiligi mikroskopik kattalikdagi organizmlardir. Hamma hujayralar singari bir hujayralilar ham hujayra qobig'i, sitoplazma va uning ichida joylashgan bitta yoki bir nechta yadro va boshqa organoidlardan tashkil topgan. Lekin bir hujayralilar tirik organizmlar uchun xos bo'lgan mustaqil moddalar almashinuvi, harakatlanishi, ta'sirlanish va ko'payish xususiyatiga ega bo'lishi bilan ko'p hujayralilarning alohida olingan bitta hujayrasidan farq qiladi. Bir hujayralilar sitoplazmasi ikki qavatdan iborat. Sitoplazmaning tashqi tiniq qavati ektoplazma, ichki donador qavati endoplazma deb ataladi. Hamma hujayra organoidlari ana shu endoplazmada joylashgan. Bir hujayrali hayvonlar hamma tirik organizmlar kabi erkin harakatlanish, ta'sirlanish, oziqlanish va ko'payish xususiyatiga ega. Bir hujayralilarga 40 mingga yaqin tur kirib, ular sarkomastigoforalar, sporalilar, infuzoriyalar va boshqa tiplarga bo'linadi. Sarkomastigophoralar tipiga mansub hayvonlar soxta oyoqlar yoki xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ular dengizlarda va chuchuk suv havzalarida, tuproqlarda hayot kechiradi. Shuningdek, ular orasida turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qilib og'ir kasalliklami keltirib chiqaradigan turlari ham bor. Bu tipga 18000 ga yaqin tur kiradi. Saromastigopxoralar tipi sarkodalilar va xivchinlilar sinfiga bo'linadi. Download 230.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling