Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana12.05.2020
Hajmi0.54 Mb.
#105404
  1   2   3   4
Bog'liq
Moliya fanidan kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«Davlatiy moliya» kafedrasi

"Davlat moliyasi" fanidan

KURS ISHI

MAVZU: MOLIYAVIY VOSITACHILARNING IQTISODIYOTDA TUGAN O’RNI

Bajardi: MM-61 guruhi talabasi E.Nurullayev

Ilmiy rahbar: kat.o’q U.O’roqov

TOSHKENT -2020

Reja:


Kirish

1. Moliyaviy vositachilar va ularning tarkibi.

2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning roli.

3. Investitsion banklar va sug'urta kompaniyalarining moliyaviy vositachi sifatidagi o'rni.

4. Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarolikni yanada mustahkamlash sharoitida moliyaviy vositachilarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rnini yanada oshirish bo’yicha qilinadigan islohotlarning naqadar muhimligi hozirgi kunning talabida oʻz aksini topmoqda. Mamlakatimizda mavjud bo’lgan moliyaviy vositachilarning barqarorligi respublikamiz iqtisodiy oʻsishining samaradorligiga, aholi turmush darajasining ortishiga va aholini ijtimoiy himoya darajasini belgilashi bilan muhimdir. Shunday ekan, moliyaviy vositachilarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi tutgan oʻrnini, ahamiyatini oʻrganib, mazkur sohada yuzaga keladigan muammolar va ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Moliyaviy vositachilar banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalari, pensiya fondlari va boshqa subyektlardan iborat. Shular ichidan banklarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rni juda kattadir. Mamlakatimiz iqtisodini barqarorlashtirish va makroiqtisodiyt barqarorlikni mustahkamlash uchun bank tizimida ko’pgina islohotlar qilish lozim. Bu borada mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham ta’kidlab o’tgan: Bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim.2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. … Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga o‘rgatishdan iborat.1

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilar faoliyatini

yanada takomillashtirish masalalariga to’xtalib o’tilgan:



  • bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

  • sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

Mavzuning maqsadi – moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotdagi o’rnini hamda ular faoliyatini optimallashtirish yo’nalishlarini o’rganish, amaldagi holatini tadqiq etish hamda bular yuzasidan xulosalarni shakllantirish.

Kurs ishi mavzusining vazifalari. Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

˗ Moliyaviy vositachilarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini oʻrganish;

˗ Moliyaviy vositachilarning mamlakat iqtisodiy tizimidagi o’rnini hamda ahamiyatini oʻrganish;

˗ Moliyaviy vositachilarning turlarini va ularning tasniflanishini, ijtimoiy–iqtisodiy ahamiyatini yoritib berish hamda ular faoliyatini optimallashtirish yo’nalishlarini ochib berish;

˗ Mamlakatimizda moliyaviy vositachilarning amaldagi holatini tahlil qilish;

Mavzuning predmeti bo’lib, moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotdagi o’rnini va uni optimallashtirish yo’nalishlarini o’rganish hisoblanadi.

1.Moliyaviy vositachilar va ularning tarkibi

Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo’lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb yuritiladi. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish, sug’urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok etishga yo’l ochish kiradi.

Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi quyidagicha(1-chizma) :



1-chizma



1-rasm. Moliyaviy vositachilarning tarkibi.

Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga , boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga joylashtiradi. Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.

Hozirgi kunda banklar aktivlari nuqtai nazaridan eng yirik va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchilar ochgan. “Bank” so‘zi italyancha - "banca" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, – “suyanchiqli kursi” degan ma’noni anglatadi.Chunki, ayirboshlovchilar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.

Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funksiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiyalaridan ozginaga farq qiladi.

Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari terminlari jamg‘arma banklari, ssuda -jamg‘arma assotsiatsiyalari va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma institutlari mavjud.

Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta kompaniyalarining qarzdorlik majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta kompaniyalari ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu muddat bir yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi ham mumkin. Sug‘urta kompaniyalari mijozlardan olgan sug‘urta mukofotlarini turli xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas mulkka qo‘yadilar.

Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi.Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan pensiya dasturi, yoki jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi va belgilangan imtiyozlarga asoslangan pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi. Jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi bo‘yicha xodim hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal to‘lab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida to‘plagan mablag‘iga teng summaga ega bo‘ladi.Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga ko‘ra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan. Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan tashkilot (pensiya dasturi xomiysi), yoki tashkilot yollagan sug‘urta kompaniyasi o‘zini sug‘urta qilgan kishiga bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya va AQShda homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum darajada davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional investitsiya kompaniyasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning (birgalikda ular “investitsiya portfeli” deb ataladigan aktivni tashkil etadilar) tashkiliy shakllantirilgan to‘plami o‘zaro fond deb ataladi. Bunda har bir mijoz fonddagi har qanday daromad taqsimotida o‘zidagi qimmatli qog‘ozlar miqdoriga proporsional ravishda ma’lum ulushga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z ulushini istagan vaqtida bozor bahosida sotishi mumkin.Bunday fondni boshqaradigan kompaniyahar bir investor ixtiyorida qancha miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va u fond qoidalariga muvofiq olingan daromadning qancha qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va d aromad qayta investitsiya qilinishini, shuningdek mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun samarali mablag‘larni ta’minlaydi. O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va yopiq. Ochiq turdagi o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi (NAV – net asset value) bo‘yicha sotish va sotib olish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblash chiqish uchun fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq turdagi fondlarda uning ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi.Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi bo‘yicha o‘z aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qilmaydilar. Bunday fondlarning aksiyalari boshqa oddiy aksiyalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi.



Investitsion banklar – bu shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilot -larga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam berishdan iborat. Shu maqsadda investitsion banklar o‘z mijoz-larining qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini tashkil etadilar. Bundan tashqari, ular ba’zida hatto firmalar qo‘shilishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yuborilishi”ga ta’sir ko‘rsatadilar (imkoniyat yaratadilar).Investitsion banklar ko‘pincha anderrayting, yoki o‘zlari bozorda joylashtiradigan qimmatli qog‘ozlarga obuna bilan shug‘ullanadilar. Anderrayting mohiyatan emitent uchun o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion bank emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib olinmasa, u holda investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan oldindan belgilangan narxda, ya’ni kafo-latlangan narxda sotib oladi.Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika investitsion banklari vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 1933 - yilda qabul qilingan Glass-Stigal qonuniga muvofiq tijorat banklariga ander-raytingga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etilgan. Biroq, so‘nggi yillarda AQShning bu banklariga bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi.

Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firma-lardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.“Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqara dilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha faoliyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan, Moody's va Standard & Poor's reyting agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini, Best's firmasi esa sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi yillarda turli xizmatlar taklif etuvchi kompaniyalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan, Bloomberg va Reuters) yoki turli xil o‘zaro fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha (masalan, Upper, Momingstar va SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘p paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining faoliyatini xarakterlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalardan biri “Axborreyting”dir.



2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning roli

Bank – bu pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit, hisob – kitob va har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasadir.

O’zbekistоn Respublikasi qоnunlariga asоsan bank - tijоrat muassasasi bo’lib, jismоniy va yuridik shaхslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nоmidan, to’lоvlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asоsida jоylashtirish оperatsiyalarini va bоshqa bank оperatsiyalarini bajaradi.

Banklarning asоsiy maqsadi pul mablag’larini kreditоrlardan qarz оluvchilarga va sоtuvchilardan хaridоrlarga o’tkazishda vоsitachilik qilishdir. Banklar bilan bir qatоrda, bоzоrlarda pul mablag’larni o’tkazishni bоshqa mоliyaviy va kredit - mоliyaviy tashkilоtlar: investitsiоn fоndlar, sug’urta kоmpaniyalari, brоkerlar va hоkazоlar bajarilishlari mumkin. Birоq banklar, mоliyaviy bоzоr sub`ekti sifatida bоshqa sub`ektlardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi.:

Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatlarining ikki tоmоnlama almashtirish хarakterlidir (хоsdir): ular o’zlarining majburiyatlarini (depоzit) shakllantiradilar va jalb qilingan mablag’larni qarz majburiyatlariga, qimmatliqоg’оzlarga (bоshqalarning chiqargan qоg’оzlariga) jоylashtiradilar;

Ikkinchidan banklar uzlariga yuridik va jismоniy shaхslar оldidagi qa`tiy belgilangan summa bo’yicha shartsiz majburiyatlarni оladilar.



Mamlakatimizda boshqa rivojlanayotgan davlatlar singari ikki pog’onali bank tizimi mavjud (2-chizma): 2-chizma

Ikki pоg’оnali bank tizimining zarurligi bоzоr munоsabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tоmоndan, bu хususiy mоliya mablag’laridan erkin fоydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pоg’оna banklar-tijоrat banklari оrqali amalga оshiriladi. Ikkinchi tоmоndan, bu munоsabatlarni ma`lum miqdоrda tartibga sоlish nazоrat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maхsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.

Kredit mоliya – tizimining barqarоrligini ta`minlash, uning alhida bo’g’inlarining birinchi navbatda tijоrat banklari faоliyatini barqarоrligini ta`minlash mamlakat markaziy bankining asоsiy vazifasi hisоblanadi. Markaziy bankning yana bir asоsiy vazifalaridan kredit оrganlarini (tizimini) faоliyatini tartibga sоlish va umumlashtirishdan ibоratdir. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asоsiy qismi bo’lib hisоblanadi. Markaziy bank- birinchi o’rinda davlat va iqtisоdiyot o’rtasida vоsitachi bo’lib хizmat qiladi. Ammо Markaziy bank o’z оldiga fоyda оlishni maqsad qilib qo'ymaydi.

Markaziy bankning bajaradigan vazifalari(funksiyalari) quyidagilardan iborat:

1. Boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi.

2. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi.

3. Cheklarni qayt (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta`minlaydi,

4. Banklararo hisob- kitoblarni amalga oshiradi va ularga kreditlar beradi.

5. Davlatning yagona pul – kredit siyosatini amalga oshiradi.

6. Barcha banklar faoliyatini uyg`unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.

7. Xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.

8. Pul taklifi ustidan nazorat qilish mas` uliyatini oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishada pul muomalasini tartibga soladi.



Markaziy bankning barcha funksiyalari o’zarо bоg’liqdir. Davlatga kredit berish оrqali, markaziy bank kredit muоmala vоsitalarini yaratadi. Hukumatning majburiyatlarini chiqarish va qоplash оrqali, u ssuda fоiziga ta`sir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan funksiyalari оrqali Markaziy bank o’zining asоsiy mamlakat pul-kredit tizimini tartibga sоlish funksiyasiga asоs yaratadi va iqtisоdiyotni tartibga sоladi. Markaziy bankning pul - kredit siyosati umumiqtisоdiy infratuzilmalarni tartibga sоlishning, bоzоr kоnyukturasini yuqоri darajada ushlab turish, bandlikka ta`sir o’tkazish, inqirоzli tushumlarni оldini оlishning ajralmas qismi sifatida namоyon bo’ladi. Shunday qilib, pul – kredit siyosati - muоmaladagi pul mablag’lari miqdоrini, bank kreditlari hajmini, fоiz stavkalarini, valyuta kurslarini, to’lоv balansini va o’z navbatida bevоsita mamlakat iqtisоdiyoti hоlatini o’zgartirish uchun yo’naltirilgan tadbirlar majmuasidir. Quyidagi rasmda Markaziy bank sharhini ko’rishimiz mumkin(1-jadval) : 1-jadval

2

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling