Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 460.5 Kb.
bet21/32
Sana17.09.2023
Hajmi460.5 Kb.
#1680264
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro

Tillar

Qo`1i

Qo`llari

Qushi

Ozarbayjon

qolu

qollari

qushu

Oltoy

qoli

qoldori

qushi

Qozoq

qoli

qoldari

qushi

Qirg‘iz

qolu

qoldoru

qushu

Qoraqal.

qoli

Qollari

qishi

Qumuq

qolu

qollari

qushu

No‘g‘oy

qoli

qollari

qushi

Tuva

qolu

qollari

quju

Turk

qolu

qollari

qushu

Turkman

qoli

qollari

qushi

O‘zbek

qoli

qollari

qushi

Uyg‘ur

qoli’

qolliri

qushi

Xakas

xoli

xollari

xuzu

Sho‘r

qoli

qollari

quji

Bu jadval hozirgi turkiy tillarda singarmonizmning tarqalishi haqida aniq tasavvur beradi. Jadvalga biz singarmonistik variantlarning old qator unlili ko‘rinishlarini bermadik – tanglay garmoniyasi deyarli hamma turkiy tillarda izchil amalda bo‘lishi yuqorida bir necha marta ta’kidlandi.


Endi turkiy tillar uchun singrmonizmning ibtidoiy hodisami yoki keyingi taraqqiyot mahsulimi, turkiy bobotilda u qay darajada amalda bo‘lgan degan masala haqida ayrim mulohazalarni bayoniga o‘tamiz.
Turkiy tillarda undosh va unlilarning tabiati bilan tanishishimiz bu tillarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi va uning bilan bog‘liq bo‘lgan undoshlarning qattiqlik-yumshoqlik garmoniyalari ko‘rinishlari ibtidoiy va zotiy hodisa ekanligi haqida xulosa chiqarishni talab qiladi. Bunda ham yetakchilik, bobotil nazariyasi nuqtayi nazaridan, unlilarning tanglay garmoniyasi zimmasida, to‘lqin nazariyasi tarafdorlari fikriga ko‘ra esa, undoshlarning qattiqlik-yumshoqlik garmoniyasida bo‘lgan. Zeroki, bobotil nazariyasi nuqtayi nazaridan unlilar, to‘lqin nazariyasi tarafdorlari fikriga ko‘ra − undoshlar bu tillarda qattiqlik ~ yumshoqlik bilan zidlanuvchi qat’iy va izchil juftliklarni hosil qiladi. Bu esa turkiy tillarda tanglay/qattiqlik-yumshoqlik garmoniyasi izchil amalda bo‘lib, deliminativ (so‘zning cheralalarini aniqlash, uning yaxlitligini ta’minlab, boshqa yondosh so‘zlardan ajratib turish) vazifasini bajarganligidan guvohlik beradi. Tanglay/qattiqlik-yumshoqlik garmoniyasining barcha turkiy tillarda deyarli izchil amalda bo‘lishi ham shunga ishora qilsa kerak.
Unlilarning lab garmoniyasi va undoshlarning jarangli/jarangsizlik garmoniyalari shak-shubhasiz keyingi hodisa va tilda analogiya qonuni ta’siridir: tanglay/qattiqlik-yumshoqlik garmoniyasi analogiyasi asosida uyg‘unlashishning bu turlari ham rivojlangan. Ehtimolki, bu jarayon nisbatan keyingi davrlarga oid bo‘lsa; uzoq yozuv madaniyatiga ega bo‘lgan xalqlar tilida garmoniyaning bu turlari yozuv madaniyati keyingi davrlarda rivojlangan xalqlar tildan ko‘ra ancha zaif. Ma’lumki, yozuv va koyne (ustuvorlashgan, qonun-qoidalar, yozuv madaniyati, ta’lim tizimi v.h. bilan belgilangan adabiy til) tilning erkin taraqqiyoti va o‘zgarishiga ma’lum darajada to‘sqinlik qiladi,. Shuning uchun ilk komparativist (Bopp-Shleyxer)larning faqat qadimiy yozma yodgorliklarni o‘rganish va ularning ma’lumotlariga tayanish lozim degan fikriga qarshi yosh grammatiklarning adabiy til sun’iy, faqat savodsiz, sahroyi va ko‘chmanchi nutqi jonli, haqiqiy til degan shiorni ko‘tarib chqqan edilar. XX asr tilshunosligining bunyorkorlaridan biri bo‘lgan rus olimi Ivan Boduen de Kurtene (1845-1929) tomonidan bu tamoyillarining har ikkalasining ham o‘rinsiz ekanligi istehzo bilan “kamzul kiygan zodagonning sahroyiga sirtdan nosamimiy sig‘inishi” deb baholangan bo‘lsa-da33, adabiy til va yozuv madaniyati tilning erkin rivojlanishiga, xususan, analogiya qonunining amaliyotiga salbiy ta’sir etishi hech bir tilshunos uchun sir emas. Shuning uchun ham lab garmoniyasining eng rivojlangan ko‘rinishini biz yozuv madaniyati X1X asrda shakllangan qirg‘iz, yoqut, oltoy34 tillarida ko‘ramiz. Yozuv madaniyati uzluksiz va uzoq bo‘lgan tillarda esa, jumladan, o‘zbek tilida, bu hodisa nisbatan kam tarqalgan. Bundan tashqari lab va jarangli-jarangsizlik uyg‘unlashuvi nisbatan keng tarqlgan turk, ozarbayjon, totor (qadimgi turkiy tilning davomchilari sifatida qirg‘iz, yoqut, oltoy, xakas) tillarinig tarixiga qancha shuqurlashsak, akademik Andrey Kononovning fikrkariga ko‘ra, bu turdagi uyg‘unlshishning hozirgi tildan ko‘ra ko‘proq buzilishi va noqat’iyligiga guvoh bo‘lamiz. Bularning barchasi yuqorida bayon qilingan fikrni − unlilarning lab garmoniyasi va undoshlarning jarangli/jarangsizlik garmoniyalari keyingi hodisa va tilda analogiya qonuni ta’sirida vujudga kelib, 1X-X1X asrlarda shakllangan degan farzni haqiqatatga yaqin ekanligini tasdiqlaydi.
Endi hozirgi o‘zbek tilining singarmonizmga munosbati ustida to‘xtalib o‘tamiz. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm qat’iy qoniniyat sifatida bo‘lmasa ham, uning qoldiqlari va ta’siri – ayniqsa, tarixiy so‘z yasah tizimida35 juda kuchli. Shevalarda, jonli nutqda bu hodisa shu darajada tarqalganki, XIX asrdan beri o‘zbek shevalari singarmonizmli va singarmonizmsiz kabi ikki turga ajratib tasnif etiladi. Adabiy nutqda ham /+a/,/+i/,/+o/ ,/+u/ unlilari ikkitadan nutqiy variantga − orqa qator (qattiq) /a/,/i/,/o/,/u/ va old qator (yumshoq) /a’/,/i’/,/o‘/,/u’/ − ega. Bular hodisalar tilimiz bo‘yicha maktab darsliklaridan boshlab ilmiy tadqiqotlargacha batafsil izohlangan. Unlilarning qattiq/yumshoq variantlarning qo‘llanilishi so‘z tarkibiga (o‘zak/negizda) qattiq yoki yumshoq undoshlarning qollanilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun tilimizda singarmonizm qat’iy qonuniyat sifatida mavjud bo‘lmasa ham, u tilimiz uchun mutlaqo xos emas deb hukm chiqarish mutlaqo noto‘g‘ri: tilimiz, to‘lqin nazariyasi tarafdorlari talqiniga ko‘ra, unlilarning eng qadimgi davrlar uchun xos bo‘lgan xususiyatini − undoshlar tabiatining unlining qattiqlik/yumshoqligini belgilanishini − o‘zida saqlab kela olgan. Tabiiyki, buning asosiy sabablaridan biri boshqa turkiy tillarda farqlanmaydigan undoshlardagi qattiqlik~yumshoqlik fofnologik ziddiyatining tilimizda qisman saqlanganligidir. Shuning uchun biz tilimiz tarixi haqida gapirar ekanmiz, “o‘zbek tili singarmonizm hodisasini yo‘qotgan” deb aytishimiz unchalik to‘g‘ri emas. Biz bemalol: “Hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari undoshlarning qattiqlik-yumshoqligi unlining qatorini belgilaydigan eng qadimiy turkiy lisoniy xususiyat saqlangan shevalar asosida belgilangan,”- deb ayta olamiz. Shu bilan tilimiznng boshqa turkiy tillar silsilasida:

  1. indifferent unlilarga ega ekanligi,

  2. /q/~/k/, /gh/~/g/,/x/~/h/, /ao/~/a/ fonlogik zidlanishliklarga molikligi,

  3. singarmonizmning qat’iy adabiy me’yor bo‘lmaganligi

kabi barcha xususiyatlari o‘zinig to‘liq sharhini topgan bo‘ladi – fonetik tizimda tilimiz eng qadimgi davrda amalda bo‘lgan qonuniyatlarni barcha boshqa turkiy qillardan ko‘ra ko‘proq va yorqinroq saqlab qolgan.

Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling