Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Qiyosiy-chog‘ishtirma tavsifiy usul


Download 460.5 Kb.
bet7/32
Sana17.09.2023
Hajmi460.5 Kb.
#1680264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro

Qiyosiy-chog‘ishtirma tavsifiy usul
Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu fanning rivoji qadimgi hindlarda ham, yunon-u rimliklarda ham, arablarda ham qonunlashtirilgan (muqaddaslashtitilgan, ilohiy) asarlarni (yunoniylarda Homer asarlari, hindlarda vedalar, islomiy o‘lkalarda Qur’oni karim) to‘g‘ri - diniy odat talab qiladigan - shaklda o‘qish-uqish bilan bog‘liqdir. Bu esa me`yoriy imlo va talaffuz bilan, bir tomondan, sheva (jonli so‘zlashuv) nutqi farqlarini aniqlash va tavsiflashni, ikkinchi tomondan, o‘zga xalqlar va o‘z (diniy) tillarini qiyoslashni talab etardi. Cunki bu dinni o‘zga xalqlar qabul qilgach, bu xalqlarga o‘z ona tillarida din asoslarini ommalashtirish vazifasi turardi. Bu esa,o‘z navbatida, bu xalqlar tilini o‘z (diniy) tillari bilan qiyoslashni, lug‘at va qo‘llanmalar tuzishni talab qilar edi. Qadimgi hindlarda eramizdan oldingi V–IV, yunonlarda e. o. IV–I, arablarda eramizning VIII-IX asrlarida qiyosiy-tavsiviy usulning rivojlanish sababi shunda. Bu usulning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- Til ilohiy (g‘ayritabiy) hodisa bo‘lib, uning yashash va rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari bilan uzviy bo‘gliqdir.
- Me’yoriy talaffuzni akustik-artikulatsion, kombinator, pozitsion o‘zgarishlar jihatlardan mufassal tavsiflash va sharhlash, har bir mustasno holatlarni va variantlilikni qayd etish va tushunturishga, asoslashga intilish,
- so‘zlarning turli-tuman qoshimchalar bilan birikishlarini tavsiflash, so‘z va qo‘shimchalarni farqlash,
- sheva va o‘zaro yaqin bo‘lgan tillar orasida tovush almashinuvlari va mos kelishlarini tavsiflash,
- qat’iy belgilangan adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish va o‘rgatish metodikasini shakllantirish,
- rasmiy diniy til, talaffuz, imlo bilan shevalar va boshqa tillar orasidagi farqlarni ilg‘ay olish va chog‘ishtirma - bir tilda ifodalangan ma’no yoki vazifani boshqa tilda qanday usul va vosita bilan berilishi mumkinligi aniqlash ustida izlanishlar olib borish,
- bir tilli (izohli) va ko‘p tilli tarjima lug‘atlari tuzish.
Bu tadqiq va tavsif usulidan foydalanishda arab (islom) tilshunosligi VIII–IX asrlarda juda katta yutuqlarni qo‘lga kiritib, Yevropa tilshunosligi lingvistik tahlilga XIX asrning o‘rtalarida olib kirgan p a r a d i g m a tushunchasini VIII asrdayoq ochdi va arab tilining morfologik tavsifida undan juda keng foydalandi Arab tilining murakkab morfologik tizimi 5–6 ta fe’lning formalari siralari sifatida tavsiflandi. Arab tili morfologiyasini sodda va ixcham jadvallar sirasi sifatida berish an’anasi o‘sha davrlarda shakllandi va hozirgacha arab tilshunosligida amaldadir. XX asrda shunday paradigmalar asosida struktural tilshunoslikning eng asosiy tushunchalaridan biri - paradigma va paradigmatik munosabatlar rivojlantirildi. Arab tilshunosligida asosan shaklga ko‘p e`tibor berilgan bo‘lsa, structural tadqiqotlarda asosiy diqqat mazmun va vazifaga qaratildi.
Bu tadqiq usulining metodologik asosi fahmiy-nominalistik-materialistik bo‘lib, paradigmalarni ajratish va tavsiflashda idrokiy bilimlardan keng foydalaniladi. Tilning kelib chiqishi masalalarida bu usul diniy-ruhoniy nuqtayi nazarda turadi.
Arab tilshunosligi yutuqlari va an’analarida ta`lim olgan Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamahshariy, Abu Hayyon, Ibn Muhanna kabi turkiyshunoslar ham asarlarida shu tahlil usulidan foydalanishgan, shu asosda turkiy tillar tavsiflarini berishgan7.
X-XIV asrlarda arab (islom) tilshunosligi doirasida shakllangan va rivojlangan eronshunoslik va mo‘g‘ulshoslikda ham yetakchi tadqiq usuli qiyosiy-chog‘ishtirma metod edi.
XIX-XX asrlarda turkiy xalqlar va ularning tillari rus davlati va tili bilan yaqin munosabatlarga kirishgach, tirkiy va rus tillarining qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganish jarayonida bu metod zamonaviy (o‘z davri) tahlil va tavsif talablari bilan mukammallashtirildi va sovet chog‘shtirma tilshunosligida ma’lum bir taraqqiyot bosqichini belgiladi - 1930-70-yillarda rus tilshunosligida rus va muayyan turkiy tillarni, milliy turkiyzabon tilshunosliklarda (o‘zbek, totor, boshqird, qozoq, ozorbayjon, chuvash v.h. tilshunosliklarida) milliy turkiy tillar va rus tili qurilishini chog‘shtirma o‘rganish yo‘nalishlari rivojlandi.

Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling