Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Biotsenozning sunʻiy tiklanishi -


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Biotsenozning sunʻiy tiklanishi - ilk biotsenozni qayta tiklash boʻyicha 
oʻtkaziladigan tadbirlar majmuasi. Masalan, ma’lum hududdan yoʻqolib ketgan 
hayvonlarni qaytarish, daraxtlar koʻchatlarini yekish. 
Birlamchi suksessiya – quruq yerni oʻsimliklar bilan qoplanishining 
boshlanishi.
Chegara nuqtalar - oʻsimlik turlariga va ularda boʻladigan har qanday 
jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillarning keskin chegarasi.
Chegaralararo ifloslantirish - bir mamlakat hududidan boshqa mamlakat 
hududiga oʻtadigan ifloslantirish. Masalan, 1994-yilda Rossiyaning Yevropa 
qismiga uning geografik holati tufayli Germaniya, Ukraina va boshqa 
mamlakatlardan 1,2 mln.t. oltingugurt birikmalari kirib kelgan, shu vaqtda 
Rossiyadan boshqa mamlakatlarda undan 6,5-marta kam ifloslanish oʻtgan 
Cheklovchi omillar – oʻsimliklarning tabiiy yoki maxsus sharoitda biror 
yoki bir necha xil omillar ta’sirida uning oʻsib rivojlanishini chegaralab, toʻxtatib, 
sekinlashtirib va nihoyat qurib qolishiga sabab boʻladigan omillar. 


95 
Chidamlilik – organizmlarni tashqi muhitning keskin darajadagi noqulay 
sharoitlari: tuproq va havo qurgʻoqchiligi, nurlanish, tuproqni sovub ketishi 
kabilarga qarshi tura olish xususiyati.
Chidamlilik chegarasi - bu shunday chegaraki uning ortida organizmning 
yashashi mumkin emas (muzli choʻllar, atmosferaning yuqori qatlamlari). Barcha 
organizmlar uchun har bir ekologik omil boʻyicha oʻz yashash chegarasi boʻladi 
Davlat buyurtma qoʻriqxonasi - tabiiy majmualar yoki ularning ayrim 
boʻlaklarini asrash, koʻpaytirish va tiklash maqsadida uning oldiga qoʻyilgan 
vazifalarni bajaruvchi muddatli hududlar (akvatoriyalar). 
Davlat ekologik ekspertizasi – hoʻjalik yoki boshqa turdagi bajarilayotgan 
yoki bajarilishi moʻljallangan tadbirlarni ekologik xavflilik darajasini aniqlash
ularni tabiat muhofazasi talablariga mos kelishini baholash va loyihadagi tabiatni 
muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni yetarliligini aniqlash uchun oʻtkaziladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling