Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Davlat milliy bogʻi - tabiatni muhofaza qilish muassasasi hisoblangan 
alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega boʻlgan hamda tabiatni muhofaza 
qilish, rekratsiya, ma’rifiy-madaniy, ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun 
moʻljallangan tabiiy majmua. 
Davlat tabiat yodgorliklari - ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan 
noyob, oʻrnini toʻldirib boʻlmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy boʻlgan obʻektlar. 
Davlat yer nazorati (inspeksiyasi) - mahalliy hokimiyat va davlatning 
maxsus vakolatli organlari tomonidan yer munosabati qatnashchilari (subʻektlari) 
ning yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir 
faoliyatlarini tekshirish. 
Davlatning ekologik boshqaruvi - oʻz vakolat doirasida davlat boshligʻi, 
hokimiyati hamda ijro etuvchi davlat organlari va ularning ekologik 
munosabatlarni tartibga solishdagi faoliyati. 
Dinamik ekologiya – dinamik evolyutsiya yoʻnalishida organizmlarning 
atrof-muhit bilan oʻzaro munosabatlarining qonuniyatlarini oʻrganish 
Ekoklimaks – muayyan ekologiya sharoitdagi organizmlar uyushmasidagi 
yakuniy bosqich.


96 
Ekologik ekspertiza - rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan 
xoʻjalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofikligini belgilash 
hamda ekologik ekspertiza obʻektini roʻyobga chiqarish mumkinligini aniqlash 
tushiniladi. Ekologik ekspertiza davlat, davlat sanitar va jamoat ekologik 
ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. 
Ekologik halokat zonasi - hududning shunday qismiki, unda atrof muhitda 
tuzatib boʻlmas oʻzgarishlar sodir boʻlgan, oqibatda aholi salomatligi 
yomonlashgan, flora va faunaning parchalanishi, ekotizimning boʻzilishi sodir 
boʻlgan. Bu zona davlat ekologik ekspertizasi asosida ajratiladi. Rossiyada 
Chernobil AES halokati ta’siridagi, Qolmiq va Kuzbassning choʻl hududlaridagi 
hududlar ekologik xalokat zonasi deb eʻlon qilingan.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling