Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
иклим кулланма

Kislotali yomgʻirlar - oksidlangan yogʻinlar: yomgʻir yoki qorni 
ifodalovchi ibora. Oltingugurt ikki oksidi va azot oksidlaridan iborat boʻlgan 
sanoat chiqindilarini atmosferaga chiqarishda hosil boʻladi, atmosferada bu 
moddalar suv bugʻlari bilan birikib oltingugurt va azot kislotalarini hosil qiladi. 
Muhitning oksidlanishi muhim ekologik muammolardan biridir. 
Kritik nuqta - ikki fazali yopiq termodinamik sistemaning holati. Bu 
holatda suyuq va gazsimon fazalar mumkin boʻlgan eng yuqori haroratda (bir xil 
zichlikda) muvozanat sharoitida boʻladi.
Landshaft - tabiiy hududiy majmua, u yerda turli tabiiy komponentlar 
(relef, togʻ jinslari, iqlim, suv, tuproq, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi) oʻzaro 
bogʻlangan va oʻzaro munosabatda boʻlib joyning ma’lum bir turini hosil qiladi, 
insonning xoʻjalik faoliyati natijasida hosil boʻlgan landshaftlar antropogen 
landshaft deyiladi. 
Landshaft (geografik) ekologiyasi - yirik geotizimlar va ularning muhiti. 
Limitlovchi omillar - organizmning extiyojiga nisbatan koʻp yoki kam 
boʻlgan omillar ular rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. 
Maishiy chiqindilar - maishiy sharoitda hosil boʻladi, odatda qattiq 
moddalar (qogʻoz, shisha, plastmassa va boshqalar) va qolgan oziq ovqat 
mahsulotlaridan tashkil topadi. Suyuq (chiqindi suvlar) va gazsimon (turli gaz 
chiqindilar) moddalar boʻlishi ham mumkin 
Mexanik ifloslanish - navning urugʻligiga boshqa nav yoki ekinlarning 
urugʻi tasodifiy aralashib qolishi.
Milliy ekologik boshqaruv - hokimiyat, organlar, birlashmalar, tashkilotlar 
va ularning tabiatni muhofaza qilish vakolatlari, funksiyalari va usullari majmuasi. 
Milliy ekologik qonunlar - Oliy Majlis tomonidan yoki umumxalq ovoz 
berish (referendum) orqali qabul qilingan, oʻzida uning amal qilish muddati
hududi va shaxslar doirasida ekologik munosabat subʻektlari faoliyatining umumiy 


104 
koʻrsatkichlarini mujassamlashtirgan meʻyoriy-huquqiy hujjatlar 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling