Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Evolyusiya - tirik tabiat taraqqiyotining irsiyat, oʻzgaruvchanlik va tabiiy 
tanlanishi asoslangan qaytmas jarayoni.
Fitotsenoz – tashqi koʻrinishidan, floristik tarkibidan, oʻsish sharoitidan bir 
xil tashqi muhit omillari bilan ham bir xil munosabatda boʻladigan, muayyan joyni 
egallagan har qanday oʻsimliklar guruhi. Flora turli turlarga mansub oʻsimliklardan 
iborat boʻlganiday muayyan joy oʻsimliklari fitotsenozlardan iborat.
Flora – biror hududdagi tarixiy taraqqiyotda shakllangan oʻsimliklar 
taksonlarining majmui; fitotsenozni tashkil qilgan oʻsimliklar.
Fotosintez - yorugʻlik energiyasi yordamida organik moddalar sintezini 
amalga oshiruvchi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi. Faqat yashil oʻsimliklar 
uchun hos boʻlgan murakkab jarayon, uning natijasida karbonat angidrid va suvdan 
quyosh nuri ishtirokida organik modda hosil boʻladi va erkin kislorod ajralib 
chiqadi. 
Gazlar almashinuvi - organizm va tashqi muhit oʻrtasidagi havo 
almashinuvi jarayoni.  
Geobotanika – 1. yer yuzidagi oʻsimliklar jamoasi haqidagi fan. 
Geobotanika deganda yo fitotsenologiyaning sinonimi yo fitotsenologiya bilan 
botanik geografiyaning majmui yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va 
oʻsimliklar geografiyasi kabi boʻlimlarning umumiy majmui tushuniladi. 2. 
Oʻsimliklar qoplami, undagi jamoalarning tarqalish qonuniyatlarini oʻrganadigan 
botanikaning tarmogʻi.


101 
Gerbitsidlar - begona oʻsimliklarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy 
vositalar. Gerbitsidlarning bir turdagi oʻsimliklarni va yalpi oʻsimliklarni 
yoʻqotishga moʻljallangan xillari bor.
Geterotrof organizmlar - tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi 
organizmlar.
Geterotrof oziqlanish - koʻpchilik bakteriya organizmlarining karbonga 
boʻlgan ehtiyojini tayyor organik moddalar hisobiga qondirish.
Gidrosfera – yer sharining suvlari toʻplami: okean, sirt va yer osti suvlari
yerning suv qobigʻi. Yerdagi barcha suv obektlarining majmuasi. U yer usti va yer 
osti gidrosferalariga boʻlinadi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling