Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Ekologik halokat - hususiy parametrlarning va/yoki tashqi oʻzgaruvchan 
koʻrsatkichlarning keskin nomuvozanatli va nostatsionar oʻzgarishi natijasida 
tabiatdagi barqarorlikning (muvozanatning) yoʻqotilishi, atrof-muhitda notoʻgʻri 
holatning vujudga kelishi. 
Ekologik harajatlar - muhitning yemirilishi, oʻsimlik va hayvonot olamiga 
etkaziladigan ziyon, ekologik muozanatni buzilishi va boshqalar 
Ekologik huquq - ququqning jamiyat va tabiat oʻrtasidagi oʻzaro ta’sirga 
asos soluvchi sohasi. Ekologik huquqning manbalari: konstitutsiya; tabiatni 
muhofaza qilish sohasidagi qonunlar va kodekslar; ekologiya va tabiatdan 
foydalanish masalalariga bagʻishlangan Prezident farmonlari va farmoyishlari
Vazirliklar va idoralarning meʻyoriy dalolatnomalari.
Ekologik imperativ- tabiat qonunlariga boʻysunish talabi 
Ekologik inqiroz - ekologik tizimda modda va energiya almashinuvining 
tabiiy holatda kechishining boʻzilishi yoki modda va energiyaning kichik va katta 
aylanish jarayonlarining ma’lum bir bosqichdagi oʻzilishidir. Masalan, 
dehqonchilik madaniyatining fan talablari darajasida boʻlmasligi, tuproq 
unumdorligining pasayishi va undagi mikroorganizmlarning qirilib ketishi 
oqibatida yerga tushadigan organik moddalarning oʻsimlik dunyosi uchun ozuqa 
boʻlgan mineral moddalarga aylanmasligi sodir boʻladi. Natijada tuproq 


97 
ekologiyasi boʻziladi va inqirozli holat yuzaga keladi. Orol dengizining qurib 
borishi natijasida Orol boʻyi hududlarida iqlim resurslari, tuprok unumdorligi
atmosfera havosi, yer osti va yer usti suvlari, oʻsimlik va hayvonot olamida roʻy 
berayotgan oʻzgarishlar va salbiy jarayonlar ekologik inqirozga misol boʻla oladi. 
Ekologik inqirozli hududlarning ekologik tizimlarida modda va energiya 
almashuvining ekologik xavfsiz darajada tiklash juda murakkab va oʻta koʻp 
chiqimli tadbirdir. Shuning uchun ham ekologik xavfning oldini olish chora-
tadbirlari birlamchi, unga qarshi koʻrash esa ikkilamchi ahamiyat kasb etishi 
darkor. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling