Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Biogeotsenologiya 
biogeotsenozlar, ya’ni biotsenoz, atmosfera, 
gidrosfera, litosfera, tuproq (pedosfera) bilan oʻzaro ta’sirlar majmui haqidagi 
ta’limot.
Biogeotsenoz – moddalar va energiya almashinuv jarayonlari bilan oʻzaro 
bogʻliq boʻlgan bir xil tarkibli maydon, tabiiy majmua.
Biologik 
hovuzlar 
– ifloslangan suvni turli mikroorganizmlar
suvoʻtlarining faoliyati natijasida tozalanishi roʻy beradigan hovuzlar.
Biologik mahsuldorlik - ekotizimlarning hayot faoliyati natijasi hisoblanib, 
ma’lum vaqt oraligʻida ekotizimdagi organizmlar tomonidan toʻplangan organik 
moddalar 
Biologik moddalar aylanmasi - tirik organizmlar ta’sirida kimyoviy 
elementlarni bir turdan boshqa turga aylanish va koʻchish jarayonlari. Havoda 
aylanishida 98,3% moddalar, suvda 1,7% moddalar qatnashadi 
Biologik xilma-xillikturlarning xilma-xilligi, genetik xilma-xillik, 
ekotizimlar xilma-xilligi kabi turlari mavjud. 
Biologik yemirilish – togʻ jinsidagi avtotrof bakteriyalar, suvoʻtlar, 
zamburugʻlar ulardan keyin moxlar, oʻt oʻsimliklarning oʻsishi bilan togʻ jinsini 
yemirilib tuproqqa aylana borishi.


94 
Biosfera - yerning tirik organizmlar yashaydigan tashqi qobigʻi. U tirik 
moddalarni 
(oʻsimliklar, 
hayvonlar, 
mikroorganizmlar), 
organomineral 
mahsulotlarni (torf, neft, toshkoʻmir) biokos moddalarni (tirik organizmlar 
yordamida hosil qilinadi), fazoviy moddalarni va tuproq qatlamini oʻz ichiga oladi.
Biosfera 
qoʻriqxonalari 

biosfera 
jarayonlarini 
oʻrganishda 
foydalaniladigan tabiiy quriqxonalarning bir qismi. Dunyoda 300 dan ortiq, 
Rossiyada 20 ta atrofida, Oʻzbekistonda esa 2 ta biosfera qoʻriqxonalari faoliyat 
koʻrsatib, ularning hammasi YuNeSKO ning tabiiy muhit oʻzgarishlarini kuzatish 
boʻyicha qabul qilgan yagona dasturi bilan bogʻliq 
Biotik omillar – tabiiy muhitning organizmlarga ta’sir etadigan: a) 
fitopatogen – birgalikda oʻsayotgan oʻsimliklarning bevosita mexanik holdagi 
ta’siri, simbiozi, tekinxoʻrlik holati, unda epifitlarni boʻlishi hamda bevosita 
boʻlmagan atrof-muhitning oʻsimliklarda roʻy berishiga sabab boʻladigan fitogen 
oʻzgarishlari; b) zoogen – hayvonlarning oʻsimliklarga ta’siri – yeb ketishi
tepkilashi, changlatishi, urugʻlarini tarqatishi kabilar.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling