Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
12.1. Raqobatning mohiyati
Raqobat bozor iqtisodiyotining tub belgilaridan biri. Bozor tizimi uchun raqobat obyektiv zararat hisoblanadi, chunki raqobatsiz iqtisodiy taraqqiyot bolishi mumkin emas. Raqobat o‘zi nima? Raqobat — bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o‘z manfaat-larini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o‘zaro bellashuvidir. Bozor ishtirokchilari (subyektlari) g‘oyat ko‘pchi1ik bo1ib, bular firmalar, xonadonlar, turli tashkiiotlardan iborat. Bulardan bar birining o‘z rnulki bor, ularning boshqalarnikidan farqianuvchi iqtisodiy manfaatlari mavjud. Iqtisodiyot ishtirokchilarining mulk sohibi bo‘!ishi ularni alohidalashtiradi, ularning ko‘pchilik boMishi iqtisodiyotdagi tarqoq tuzilmani hosil qiladiki, bu ularning man-faatlarini farqiantirmasdan qolmaydi. Biz bilamizki, manfaatlar individual, korporativ va milliydir. Individual manfaat bu ayrim shaxsning yoki xonadonning manfaati bo‘!sa, korporativ manfaat guruhiy bo'lib, korxona jamoasining umumiy manfaatini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti uchun individual manfaat birlamchi bo‘ladi. Ammo uni yuzaga chiqarish uchun korporativ manfaat bilan ham hisoblashishga to‘g‘ri keladi. Manfaatlar aniq iqtisodiy maqsadga aylanadi. Firmaning maqsadi o‘z foydasini maksimumlashtirishdan iborat va shunga erishish uchun u boshqalar bilan bozorda raqobat qiladi. Raqobatni hammaning hammaga qarshi kurashi, deb bo‘l-maydi. Raqobat manfaatlar to'qnashgan joyda yuz be rad i, manfaat lar uyg‘unlashgan joyda esa partnyorlik kelib chiqadi. «Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir». Raqobat qonuni — bozor tizimining shunday iqtisodiy qonu-nidirki, unga ko‘ra iqtisodiyot subyektiarining o‘z maqsadlari yo‘-lidagi o‘zaro kurashi muqarrar boiadi, bu kurash bozorga xos usullarda olib boriladi va subyektiarni iqtisodiy jihatdan saylanib olinishini yuzaga keltiradi. Mazkur qonunning obyektivligi shundaki, raqobatni iqtisodiy muhitning o‘zi, kishilarning xohish-irodasidan qat’iy nazar taqozo etadi. Bu muhit cheklangan iqtisodiy resurslarni mulk sifatida bo‘lib ^ И. Каримов. Увбскистон XXI acpi-a интилмоада. Т.; «Улбекистон», 1999. 34-бет. 18 8
olinganligi va ularni qayta taqsimlash asosida ulardan eng samarali foydalanuvchilarga yo‘l berilisMni taqozo etadi. Binobarin, raqobat cheklangan resurslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. Raqobat qonuni bozor iqtisodiyotining integral qonuni, ya’ni u iqtisodiyotning hamma sohalariga xos boiadi, uning amal qilish doirasi doimo kengayib boradi. Odatda raqobat bir turdagi yoki o'rinbosar tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatuvchi!aro‘rtasida yuz beradi, Raqobat maydoni — bu bozordir. Bozorda bir xil, turdosh yoki o'rinbosar tovarlarni sotuvchilar bellashganda, ular sotish hajmini ko'paytirishga, bo zorda o‘z mavqeyini saqiab qolish va mustahkamlashga intUadi, o‘z raqibini bozordan siqib chiqarish va uning о‘гп1ш egallashga harakat qiladi. Bu yerdagi kurash xaridorni o‘z tovariga jalb etib, uni o‘zi-ning doiniiy mijoziga aylantirish, unga tovarni ko‘proq sotish, xullas, xaridor pulini olish uchun boradi. Bozorda xaridor bilan sotuvchi ham raqobat qiladi. Sotuvchi tovarni qimmatroq sotishga intilsa, xaridor uni arzonroqqa olishga harakat qiladi, chunki bunday xatti-harakat ularning manfaatlaridan kelib chiqadi. Sotuvchi tovarni yaxshi pullasa, uning daromadi ortadi, xaridor tovarni arzon-garov olsa, u o‘z puliga tovarlarni ko‘proq xarid etib, o‘z ehtiyojini to‘laroq qondiradi. Defltsitli bozorda xaridortar ham raqobatlashadi, bunda ular tovarni ko'proq miqdorda olishga intiladi. Bunday hoi ko‘proq bozorga arzonlashtirilgan tovarlar tashlanganda yuz beradi, chunki narx past bolganidan tovarga talabgorlar soni ko'payadi, ular tovarlarni talashib oladilar. Masalan, qish-ko‘klam mavsurai tugab qolganda shu mavsumga mo‘lja!langan tovarlar qoldigini sotib yuborish uchun firmalar ular narxini hatto 2—3 marta tushiradilar. Shunda xaridorlar o'rtasida arzon tovarga ega bo‘lish uchun raqobat kelib chiqadi. Xaridorlar raqobati resurslar bozorida ham yuz beradi. Bu yerda ishlab chiqaruvchi firmalar sifatli va arzon resurslarni olib qolish uchun raqobat qiladilar, chunki bunday resurslardan foy dalanish xarajatlami pasaytirib, foydani oshirish imkonini beradi. Mehnat bozoridagi raqobat ishga yollovchilar o‘rtasida ket-ganda, ular malakall ish kuchini ko‘proq sotib olishga intiladilar, chunki bu bilan mehnat unumdorliglni oshirishga muyassar bo‘lmadi. Mehnat bozorida ishchi va xizmatchilar raqobatlashganda ular yaxshi ish o‘rniga ega bodishga intiladilar. Bunday ish o‘rni yiiqori haq beriladigan, mehnat sharoiti qoniqarli, tezda tugatil-maydigan va kelajakda mansabda o‘sish imkoni bor ish o'rnidir. Ish o‘rni uchun raqobat ishga joylashgan kezlarda ishlab turganiar bilan ishga kiraman, deganlar o'rtasida kechadi. Tashqaridagi ishchi yoki 1 8 9
xizmatchi ish o‘rnini band etishga intilsa, ishlovchi uni qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiladi. Moliya bozoridagi raqobat sotuvchilar o‘rtasida yuz berganda, qimmatli qog^ozlar emitentlari (ularni chiqaruvchi firmalar) o‘ita-sida kurash ketadi. Bundan maqsad korporativ aksiya va obliga-tsiyalarni qulay narx bilan sotib, o‘z ishiga tashqaridan ko‘proq pulni jalb etish boiadi. Bu yerdagi xaridorlar esa serdaromadli va kela-jakda narxi oshadigan qimmatli qog‘ozlami sotib olishga intiladilar. Qimmatli qog'ozlar xususidagi raqobat fond birjalarida boradi. Bu yerdagi raqobat bir|a spekulyatsiyasi yuz berganda avjiga chiqadi. Biija chayqovchilari (brokerlar, dillerlar) payt poylab ateiyalar narxi tushganda ulami ko'plab sotib olish, narx oshislii bilan ulami ko'plab sotib yuborish uchun kurashadilar, chunki bu g‘oyat katta miqdordagi chayqovchilik foydasini keltiradi. Pul bozoridagi raqo-batda bankJar va parobank (bankdan tashqari) tashkilotlari qatna-shadi. Bu yerdagi kurash mijozlar puiini ko'proq bank depozitlariga jalb etish, keyinchalik uni qarz so‘rovchilarga qulay shartlar bilan berish uchun, shuningdek, mijozlarga ko‘proq pul operatsiyalari bilan bog'liq xizmatlami ko‘rsatish uchun boradi. Davlat bozoridagi raqobatda ko‘pincha xaridorlar qatnashadi. Bu yerda davlat buyurtmalarini olish uchun firmalar raqobatlashadi. Shu maqsadda ular davlat o‘tkazadigan tenderlarda (maxsus ulgurji savdo) qatnashadilar. Tender ishtirokchilari davlat buyurtmalarini bajarish yuzasidan o‘z takliflarini taqdim etadi. Davlat uchun eng qulay taklif bergan firma raqobatda yutib chiqadi, Masalan, davlat xaridi uchun sifatli va arzon tovarlarni taklif etgan, ularni aytilgan hajmda va o‘z vaqtida kanda qilmay yetkazib beradigan firmalar g'olib chiqadi. Raqobat faqat milliy bozorda emas, balki jahon bozorida ham bodadi. Jahon bozoridagi raqobat quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: Agar milliy bozordagi raqobatda ko‘pchilik sotuvchilar va xa ridorlar ^ iste’molchilar qatnashsa, jahon bozoridagi raqobatda saylangan, ya’ni taniqli va yirik firmalar ishtirok etadi; Agar milliy bozordagi raqobatda oddiy xaridor ^ iste’molchi qatnashsa, jahon bozoridagi kurashda u ishtirok etmaydi; Milliy bozordagi raqobatda davlat hech kimning yonini olmaydi, jahon bozoridagi raqobatda esa davlat o‘z mUtiy firma-lariga yordam beradi. Bozorda raqobat bevosita yuz bersa, bozordan tashqarida, xususan ishlab chiqarishda unga hozirlik ko‘riladi, raqobatda g‘olib chiqish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. 190
Ishlab chiqarishni raqobatga hozirlash, u yerda bozorbop, raqo-batga qobil tovarlar ishlab chiqarishni bildiradi. Raqobat kurashida ishlab chiqarishdagi novatsiya alohida ahamiyatga ega bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, investitsion faollikni talab qiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling