Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Chakana narxlar bilan iste’mol tovarlari bevosita aholiga so tiladi. Chakana narxga ulguiji narx savdo qiluvchi firmaning xarajatlari va oladigan foydasi kiradi. Chakana narx savdo firmasi-ning zarar ko‘rmay ishlashi, ya’ni foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur,
181
aks holda, firmaning faoliyati unmg o‘zi uchun nafsiz ishga aylanadi. Amalda chakana narx talab va taklifga qarab yuqori yoki past bo'lishi mumkin. Chakana narxlardan bin bu maxsus arzonlashtirilgan narxlar hisoblanadi. Bu narx bilan tovarlar muhtojlarga xayr-ehson qoi-dasiga binoan sotiladi. Bozorda standart va o‘zgaruvchan narxlar qo'llaniladi. Standart narxlar —bu ma’Ium davr oraligida o'zgar-may turadigan narxlardir. Shunday tovarlar borki, xaridorlar ular-ning narxi o‘zgarmasligini afzal ko'radilar, masalan, kommunal xizmat, transport xizmatining narxi (tarifi). Shu sababdan, narx qat’iy qolgan holda xarajatlarning o‘sgan qismi tejamkorlik orqali qoplanadi, aniqrogh iste’molga qulaylik yaratish bilan bogiiq xarajatlar kamaytiriladi. Masalan, konfet narxi o'zgarmagani holda uni oddiy qog'ozga o‘rash, arzon paketga joylash, qadoqlashni sodda qilish yo‘li tutiladi, avtobusda jairish narxi (kira puli) o'zgarmagani holda avtobusdagi qulayliWar kamaytiriladi, uning qatnovi qisqartiriladi, qatnovga katta avtobuslar chiqariladi, avtobuslarga ko‘p yoHovchi olinadi, ularning to‘xtash bekatlari kamaytiriladi. Standart narxlardan farqli o‘laroq o‘zgaruvchan narxlar tez-tez sharoitga qarab qaytadan belgilanib turadi. Bunda narxga ta’sir etuvchi omillar, xususan xarajatlardagi o'zgarishlar, raqobat sharoiti, talabdagi siljishiar hisobga olinadi. Mavsumiy narxlar o‘zgaruvchan narxlar jumlasiga kiradi. Mavsumga qarab tovarlar qimmat yoki arzon turadi. Masalan, qish mavsumlda meva-sabzavot, sut-qatiq narxi yuqori bo'ladi, g‘arq pishiqchilik faslida ular arzon narxda sotiladi. Bozorda preysknrant narxlar ham ishlatiJadi. Bu narxlar so-tuvchi uchun moljal narx, xaridor uchun esa bildirgich yoki ma’lumotnoma narx. U fmnalar preyskurantlarida (narx ko‘,rsatkichJarda) e’lon qilinadi va tovar narxining qaysi summa atrofida bo'lishini ko'rsatadi. Ammo haqiqiy narx preyskurant narxdan yuqori yoki past bohishi mumkin, Erkin bozordan farqiiroq monopol bozorda yashirin narxlar qoilaniladi. Yashirin narx bu siylovi bor narx bo‘lib, u sir tutiladi. Yashirin narx garchi bu rasman man etilgan bo‘lsa-da, raqobatda qo'llaniladi, Bozor ihtisodiyotiga o‘tish davrida davlat budjeti dotatsiyalagan narxlar ham amal qiladi. Bular ma’Ium maqsad yo'lida, masalan, aholini ijtimoiy himoya qilish uchun arzonlashtirilgan nandar hisoblanadi. Amal qilish ko’lami jihatidan olganda, mintaqa-hudiiiliy, milliy va xalqaro yoki baynalminal narxlar mavjud. Hududiy narx unga 182
ta’sir etuvchi omillarning ma’lum hudud doirasida amal qilishidan hosil bo‘ladi. U faqat ma’lum hududiy bozorga xos boMadi. Milliy bozor narxi bir mamJakat doirasida amal qiluvchi va uning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx raqobatning borishini, mamlakat doirasidagi sarf-xarajatlami, milliy bozordagi talab va taklifni hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarga ketgan intematsional (baynalminal) sarf-xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini, nihoyat, talab va taklif nisbatini va raqobat shiddatini hisobga oladi. Jahon narxi albatta milliy narxdan farqlanadi. Narxlar turli-tuman bo‘lsa-da, ular o‘zaro bog‘langan, shu sa-babli iqtisodiyotda narxlar pariteti yoki nisbati degan narsa bor. Iqtisodiyot yagona bo'lganidan narxlar zanjirli reaksiya kabi bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi tikuv mashinasi narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, chunki bu narxlar xarajatlami shakllantiradi. Bozorda tashkil topgan narxiar nisbati tovar ayirboshlanganda hosil boigan miqdoriy tenglikni bildiradi, mana shu narx pariteti bo‘ladi. Bu bir tovarning qanchasi boshqa tovarning qanchasiga ayirboshlanishini bildiradi, bozor konyunkturasini ifodalaydi. Konyunktura bozorning holati bo'lib, bu yerda tovarlar qanday miqdorda, qanday narx biJan va qanday tezlikda sotilib turishi bilan tavsiflanadi. Narx oshib borsa sotuvchi uchun konyunktura qulay, xaridor uchun esa noqulay boiadi. Masalan, neft bozori konyunkturasiga uning narxining Jadal o‘sib borishi xos bo‘lsa, bu neftni ishlab chiqaruvchilarga g‘oyat qulay, uni iste’mol qiluvchilarga esa o‘ta noqulay bo‘ldi. Konyunktura bozorda arzonchilik yoki qimmatchilik mavjudligini bildiradi, buni narxlar darajasi ifodalaydi. Narx darajasi ikki turga bo'Unadi: Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling