Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Monopolistik raqobatda uncha ko‘p sonli bo'lmagan, lekin yi rik, aynan birxil bo‘lmasa-da, o‘xshash tovarlarni xaridorlarga taklif qiladigan firmalar raqobatlashadi. Lining erkin sof raqobatdan sezilarli farqi shukl, bu yerda ishlab chiqaruvchilar uneha ko‘pchilik boOmaydi. Har bir firma bozorning ma’lum bir qismini nazorat qilgani uchun Lining bozor narxiga ta’siri cheklangan bo‘ladi. Firmalar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish va narxni sun’iy ravishda ko‘tarish to‘g‘risida maxfiy bitimga kelishi qiyin bo'ladi. Monopol raqobatli bozorda firmalar taklif etgan tovarlar differen-siatsiyalashgan, ya’ni o’zining sifati, sotilishi yuzasidan ko‘rsatila-
197
digan xizmatlar, sotish shart-sharoitlari jihatidan farqlanadi. Xaridor shu sababli sotuvchini tanlash imkoniga ega, bu esa firmalarni xaridor pulini olish uchun kurashiga olib keladi. Narxni o‘zgartirish bilan bir qatorda mahsulot sifati, reklama va tovarni sotish bilan bogiiq xizmatlar ko'rsatishdan foydalanilgan holda raqobat qilinadi. Monopolistik raqobat bor bozor ochiq boiadi, unga boshqa-larning kirib borishi oson. Buning uchun mablag' yetarli bo‘lsa bas, chunk! boshqa to'siqlar bo‘lmaydi. Monopol raqobatli bozorda, ya’ni qandaydir darajada bir-biri-dan farqlanuvchi tovarlarning taklif etilishi uni erkin bozordan farqlantiradi. Unga kirib va undan chiqib turish osonligi uni erkin bozorga yaqin qiladi. Biroq bu yerda narxni ozchilik firmalar o‘rnatishi buni monopoliyaga yaqin qo'yadi. Bu yerdagi firmalar mahsulotni shunday miqdorda ishlab chiqaradiki, bu foydani maksimumlashtirish imkonini beradi, chunki bunda maijinal da-romad maijinal xarajatga teng bo‘ladi. Biroq firmalar bu bilan qanoatlanmay, ishlab chiqarish hajmini o‘rtacha xarajatlarni mini-mumlashtiradigan darajaga keltiradilar, chunki bunda xarajat narxdan past bofiib, foyda ortadi. Monopol raqobatli bozor ochiq bo'lganidan, bu yerga yangi firmalar, binobarin yangi tovarlar kirib keladi, bu bilan raqobat kengayadi. Biroq monopoliyalarning borligi ishlab chiqarishni ko‘paytirmay turib narxni oshirish hisobidan ham foyda olishga yo‘l beradi. Bu bilan ishlab chiqarish oldida to‘siq paydo bo‘ladi, chunki raqobat cheklanadi. Monopol raqobatda yangi sifatliroq mahsulotni chiqarish kurashning asosiy usuli hisoblanadi. Ammo yangi mah-sulotga xaridorni chorlash uchun reklama ham qoMlaniladi. Reklama raqobatni kuchaytiradi, chunki xaridor turli-tuman to varlar haqida xabar topganidan uning tanlab olish imkoni ko'payadi, shu bo is xaridor pulini olish uchun kurash kuchayadi. Monopol raqobatda savdo markalari vositasida ham o‘zaro ku rash ketadi. Savdo markasi firmaning obro‘-e’tiborini, uning tovarlarini ishonchli bofiishini bildiradi. Savdo markasining o‘zi tovarni ko‘z-ko‘z qiladi, biroq bu tovarning sifati kafolatlanganligini ham bildiradi va o‘z navbatida firmadan bunga erishish uchun qo'shimcha xarajatni talab qiladi. Savdo markasi (brend) sifatni bildirganidan, unga ega bo'lish raqobatda g‘olib chiqish imkonini beradi. Shu sababli, ro‘yxatga olingan tovar belgilari g‘oyat qimmat turadi. Masalan, dunyodagi eng qimmat brend 2013-yil 175 mlrd dollar bofidi. 198
GMrrom raqobatga yo‘l berilganda o‘zga tovar belgisidan ruxsat-siz foydalaniladi. Masalan, Germaniyaning mashhur «BOSH» firmasi nomini Xitoy tovarlariga qo'yib sotiladi, chunki bu firma tovarining sifati kafolatlangan, xaridor bunga ishonadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling