Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin g‘oyat yirik firmalar qatnashadi, ular muayyan tarmoqdagi mahsulot ishJab chiqarishni va sotishni o‘z qo‘lida to‘plab oladi. Ular bozorga birin-chidan standartlashgan, ya’ni muayyan bir turdagi mahsulotni, ik-kinchidan esa tabaqalashgan mahsulotni taklif etadilar. Standart mahsulotlar resurslardan, chunonchi neft, po‘lat, yog'och kabilar-dan iborat bo‘ladi. Tabaqalashgan mahsulot asosan iste’mol buyum-laridan iborat bo‘lib, bular avtomobillar, muzlatgichlar, mebel, televizorlar, magnitofon, videomagnitofon, telefon apparatlari va turli elektr asboblaridan iborat bo‘ladi. Bu yerdagi raqobat sifat va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash vositasida boradi. Biroq narxda peshqadamlik qoidasiga ham amal qilinadi. Oligopoliya raqobatiga misol qilib «Ford», «Kraysler», «Toyota», «Honda», «Nissan», «Peujeot» va «Opel» kabi yirik kompaniyalarni avtomobil bozoridagi kurashini koTsatish mumkin. Oligopoliya sharoitida zo‘rlar zo‘rlar bilan raqobatlashadi, chuaki bu yerga begonalaming kirib kelishi g‘oyat mushkul.
Oligopoliya bozoriga kirib borish yo'lida 3 ta jiddiy to‘siq bo‘ladi: Bu yerga kirib o‘mashib olish uchun g‘oyat katta kapital kerak, bu esa ko‘pchilikda bo‘lmaydi. Tabiiy resurslar ayrim kompaniyalar qo‘lida mulk sifatida to‘planib qolganidan, ular o‘zgalarga nasib etmaydi. llmiy-texnikaviy yangiliklar ayrim kompaniyalar monopo-liyasiga aylanib qoladi, shu sababli ulardan boshqalaming bahra-mand bo‘lishi qiyin. Masalan, avtomobil kompaniyalar! o‘z texnik yangiliklarin sir tutib boshqalarga bermaydi. Oligopoliyada bir tomondan firmalar bitimga kelishsa, ikkinchi tomondan raqobatlashadi. Ular kelishgan holda ishlab chiqarish hajmini qisqartirish va yuqori narx o‘matishga intiladilar. Biroq ulardan har biri o‘zim bilaman, deb foydani ko‘paytirishga intilib raqobat yo‘liga o‘tadi. Oligopoliya tabiatining ikkiyoqlamaligini duopoliya ko‘rsatadi. Duopoliya — ikki firma hukmronligi bo‘lib, oligopoliyaning sodda ko‘rinishidir. Hamkorlik zarurati ikki firmani bitimga kelib kartel hosil qilishini bildiradi. Bunda ikki tomondan har biri qancha tovar ishlab chiqarishi va necha puldan sotishini belgilab oladi. Shunga erishilganda maxsus muvozanat hosil bo‘ladi. Bunga ko‘ra 199
shunday vaziyat mavjud boiishi zarurki, har bir raqobatchi kela-jakda nima qilishini, boshqalar nima qilishini hisobga olib belgilaydi. Oligopoliya monopoliya singari ishlab chiqarish hajmini cheklaydi, lekin uning narxi so Г monopoliya narxidan pastroq, ammo erkin bozor narxidan yuqori boMadi. Oligopolistik firmalar bitimga kelishmay miistaqil yo‘l tutish-ganda, ular birinchidan, bozordagi o‘z ulushini ko‘paytirishga moyil boiadi, chunki qo‘shimcha tovar sotish, qo'shimcha foyda keltiradi. Ikkinchidan, ular taklifni ko‘paytirishsa narx pasayib, foyda kama-yib ketadi. Aytilgan sabablarga ko‘ra, firmalar ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda tutib turish orqali yuqori narxni saqiab qo-lishga intiladilar. Oligopoliya bozoriga yirik firmalar kira olganidan raqobatchilar ko‘payib ketishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish hajmini cheklash mushku! bo'ladi, monopol narxni saqiash qiyin-lashadi, narxlar erkin bozordagidek marjinal xarajatlarga yaqin turadi, chunki kelishuvga nisbatan raqobat ustuvorlikka ega bofiadi. Kelishuv bo'lganda qancha ishlab chiqarish belgilab olinadi, raqobatga borilganda esa boyib ketish uchun tovar taklifini ko‘-paytiradilar. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling