Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Tashqi iqtisodiy aloqalar xavfsMigi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Tashqi iqtisodiy aloqalar xavfsMigi ularga muntazam tus berish va ulami kengaytirish orqali ta’minlanadi. Ulami tartib va qoidalari hamma uchiin manfaatli bo‘ladi. Shu o'rinda Xalqaro savdo tash-kiloti katta ahamiyatga ega, chunki bu yerda davlatlararo savdo-sotiqning yagona va umumiy qoidalari amal qlJadi, unga a’zo bo'lgan mamlakatlar (2012-yilda 130 ta mamlakat) tashqi savdosi kafolatlanadi. Tashqi aloqalar xavfsizligi iqtisodiyotning boshqalar uchun ochiqligini ma’lum chegarada bo'lishini bildiradi, chunki ochiqlik chetdan xatami ham keltiradi va bu chegarani milliy manfaatlar belgilaydi. Iqtisodiy chegara vazifasini milliy pul, milliy bank tizimi va yagona bojxona tizimi bajaradi. Eksport, import, kapitalni kirib kelishi va chiqib ketishi, ish kuchi emigratsiyasi va migratsiyasi tartiblari belgilab qo'yiladiki, bu xavfsizlikni ta’min-laydi.
2 9 5
Iqtisodiy xavfsizlikka erishishning 2 usuli mavjud. Birinchisi bozor usuli, ya’ni bozor mexanizmini qo‘llash. Bu usul milliy Fir-malar va kompaniyalaming raqobatbardoshligiga tayanadi. Ammo, burling uchun mamlakat ichida erkin raqobat muhiti boiishi lozim, chunki ichki raqobatda kuchli Firmalar saralanadiki, ular tashqi raqobatga ham chidamli boiadilar. Buning uchun iqtisodiyotning liberallik darajasi yetarli boiishi lozim. Liberal (erkin) iqtisodiyot insonning tashabbusi va faoUigiga tayanadi, chunki shu yoi bilan uning manfaati yuzaga chiqadi. lining asosida korporativ —guruhiy manfaat tashkil topadi, bu esa foydani ko‘paytirishni moijallaydi. Shu moijalga yetishgandagina korporativ manfaatlar milliy manfaatlar bilan sigishadi. Firmalar mamlakat iqtisodiy xavfsiz-ligiga o‘z maqsadi jihatidan yondashadilar. Shu bois, bozor mexa-nizmining faqat o‘zi xavfsiziikni ta’minlay olmaydi, unga asos boigan layoqatsizlik xatarlarni qayta-qayta yaratib turadi, ularni yaratish va bartaraf eta olish har doim ham bir vaqtda yuz bermaydi. Ikkinchi usul —davlat usulidir. Firmalardan farqliroq davlat umum-milliy manfaatlarni homiysi boiadi. Shu vajdan u makroiqtisodiy xavfsiziikni ta’minlashda yetakchi kuch boiadi, ayniqsa, bu bozor kuchlari layoqatsiz boiib qolganda yaqqol seziladi. Davlat uzoq muddatga moijallangan strategik siyosatni belgi-laydi, xavfsizlikka bagishJangan maxsus dasturlarni ishlab chiqadi, ular xavf-xatarning manbalari va turlariga qarab qisqartirib borish yoki tugatish choralari belgilanadi. Davlat dasturlarida ishlab chi-qarishdagi nomutanoslbliklarga yoi bermaslik choralari belgilanadi. Davlat ishlab chiqarishning moddiy hajmi, uning pul — qiymat shakJi 0‘rtasidagi mutanosiblikni tiklash chorasini ko‘radi. Davlat real sektorning o‘sishini rag‘batlantirgan holda moliya sektorini nazoratga olib, u yerdagi spekulyativ operatsiyalarni cheklaydi. Davlat dasturlari ishlab chiqarishning tarkibiy yangilanishi yoilarini belgilaydi. Eski va yangi tarmoqlar, ishlab chiqarish va servis 0‘r tasidagi, ishlab chiqarish va sotsial infratuzilma o‘rtasidagi, ishlab chiqarish, transport va energetikani bir — biriga mos rivojlantirish choralari davlat dasturlarida ko‘rsatiladi. Xavfsiziikni ta’minlash yoiida davlat antikorrupsion siyosatga amal qiladi, bunda korrupsiyani yo‘q qilish, buni iloji boimaganda, uni xavfsiz darajaga tushirish choralari qo‘llaniladi. Siyosiy oppo-zitsiyaga yo‘l beriladi, bu bilan siyosiy muxolif kuchlar bir-birini nazorat qilib, ular vakillarini davlat ishlarida poraxo‘rlik qilishiga to'sqinlik yaratadi. Poraxo‘rlik qattiq jazolanadi. Masalan, Xitoyda 2012-yil 73 ming mansabdor kishilar poraxo‘rlik uchun javob-garlikka tortildi. Davlat kishilarni mansabdorlarga qaramligini 2 9 6
qisqartirish uchun iqtisodiy erkinlikni kengaytirib, turli ruxsat berishlarni qisqartirdi. Qonunchilik yo‘li bilan amaldorlarga sovg‘a-saJom berish taqiqlanadi, amaldorlar va ular yaqin qarindoshlarining daromadi va xarajati dekJaratsiya qilinadi. Bunda ularni qanday summada ekanligi va qayerdan kelishi aniqlanadi, davlat amal-dorlariga chet elda ko‘chmas mulk sotib olish, chetga kapital qo‘-yish, chet el banklarida hisob varagM ochish, u yerda qimmatli qog‘ozlar sotib olish man etildi. Amaldorlarga biznes bilan shu-g‘ullanish taqiqlanadi. Bu choralar korrupsiyani hech boimaganda me’yoriy chegarada tutib turish imkonini be rad i. Davlatning strategik ijtimoiy siyosati daromad - sarfdagi tengsizlikni kuchaytirishga yo‘l bermay, barchaning farovonligini oshirishga qaratiladi. Bu bilan xavfsizlik yaratuvchi ijtimoiy konflikt va to‘qnashuvlarga yo'l berilmaydi. Xullas, davlatning faol ishti-rokisiz xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi, chunki buning uchun bozor mexanizmini o‘zi yetarli emas. Globalizatsiya sharoitida xavf-xatarlar umumiy tus oladi, chunki milliy iqtisodiyotlarbir-biriga bogianib qolganidan, xavf-xa-tarlar milliy doiradan chiqib, baynalminal tus oladi. Ular bir mamlakatdan boshqasiga o‘tib turadi. Shu bois, xavfsizlikni ta’-minlash mamlakatlarning hamkorligini talab qiladi. Shu yo‘lda umumiy loyihalar ishlab chiqiladi va moliyalashtiriladi, iqtisodi-yotga salbiy ta’sir etuvchi ekologiya muammolari birgalikda hal etiladi. Xavfsizlik uchun turli mamlakatlar ittifoqi doirasida birgalikda kurashiladi. Masalan, 2012-yil yevrozona mamlakatlari (umumiy pul —yevro muomala qiluvchi) Gretsiya, Portugaliya va Ispaniyaga moliyaviy tanglikdan chiqishi uchun katta miqdorda qarz berdi. Xavfsizlikni ta’minlashda dunyodagi yagona axborotlar tizimi internet ham xizmat qiladi. 2012-yil yer yuzida 2 mlrd kishi internetdan foydalandi, bu dunyo aholisining 28,5 %ni tashkil etadi. Bu xavf-xatardan o‘z vaqtida voqif bo'lib xavfsizlik choralarini ko’rish imkonini beradi. Xullas, tahdidlar umumiy tus olganidan xavfsizlikka birgalikda erishish mumkin bo‘lib qoladi. Milliy iqtisodiyotlarning xavfsizligi turli darajada ta’minlanadi, buni sababi quyidagicha; Mamlakatlarning kuch-kudrati bir xil emas, iqtisodiyoti kuchli, o‘rtacha va kuchsiz mamlakatlar borki, ular tahdidlarga har xil darajada dosh bera oladilar. Iqtisodiy xavf-xatarlarning mamlakatiardagi tahdid darajasi bir xil emas. Bir yerda energetika tahdidi ustuvor bo‘lsa, boshqa yerda oziq-ovqat tahdidi, yana boshqa bir yerda moliyaviy tahdid ustuvor bo‘Iadi. 2 9 7
Tahdidlarga qarshi turib xavfsizlikni ta’minlovchi mexa-nizmlar ham turli mamlakatlarda har xil ishlaydi. Bozor mu-nosabatlari rivojlangan yerda, ularga xos bo‘lgan mexanizmiar iqtisodiyotdagi nosozliklar va uzilishlarni bartaraf etishga qodir boisa, bozor tizimiga yangidan o‘tgan mamlakatlarda bu mexa nizmiar yetarlicha ishlamaydi. Shu bois, xavfsizlikni ta’minlashda davlat ancha faol boladi. Xavfsizlikni ta’minlanishi uni abadul — abad qaror topishi emas. Xatarlar bir paydo bo‘lsa, bir qisqarib yoki yo‘qolib turadi. Shu bois, xavfsizlik masalasi qayta va qayta yuzaga keladi, chunk! iqtisodiyotga siklli rivojlanish va riskli holat xosdir. Xavfsizlikni ta’minlanishi bu tahdidlami me’yoriy darajaga kelishiki, bu ularni iqtisodiyotni tahlikaga solib, uni izdan chiqar-maydi. Xavfsizlik umuman ta’minlangan holda ham xavf-xatar boiadi, lekin uning ta’siri kuchli bo'lmaydi. Tahdidlar har xil bo’lgani singari ulardan holi bo'lish ham bir xil emas albatta. Bir yerda xavfsizlik to'la bo‘lsa, boshqa yerda qisman va yana boshqa yerda unga umuman erishilmasligi mumkin. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling