Pulning aylanish tezligi. Bu puini qanday vaqtda qo‘ldan qo‘lga o‘tib turishini hildiradi. Agar pul tez aylansa, u kam talab qilinadi va aksincha. Hisob-kitob ishlarini elektron vositalarida va avtomatik tarzda bajarilishi kam pul bilan ko‘p ishlarni amalga oshirilishini bildiradi. Agar XX asr boshlarida puini Londondan Toshkentga o'tkazib, bu yerdan tovar olish uchun 1 oy vaqt ketgan bo‘lsa, XXI asr boshlarida bu operatsiyani 10 minutda bajarish mumkin bo‘lib qoldi. Demak, pul operatsiyalari qanchalik tez bitsa, pul shunchalik kam talab qilinadi.
Pulga talab tez o‘zgaradi. Shunga binoan pul taklifi ham o‘z-garadi. Talabni hisobga olib puini bir ozaytirib, bir ko'paytirib tura-dilar.
Bu ishda turli usullar qoMlaniladi;
davlat qarz olganda pul kamayadi, qarzni to‘laganda pul ko'payadi.
Muomalada 180 mlrd dollar pul bor, deb faraz qilaylik, Davlat 20 mlrd dollarlik qarz oldi, natijada muomaladagi pul 160 mlrd dollar bo‘lib (180””20=160) qoladi. Bordi-yu davlat 30 mlrd dollarlik qarzni toMasa, muomaladagi pul 190 mlrd dollar bo‘lib (160+30=190) qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |