Pul massasi muayyan mamlakatda, muayyan paytda muomalada yuruvchi barcha pul turlarining miqdoridir.
Pul massasi uning agregatlaridan iborat boladi. Pul agregati - bu pulning likvidligi jihatidan turli guruhlarga ajralishidir. Eng oldingi agregatga likvidligi yuqori pullar kiritiladi. Masalan, AQShda birinchi agregatga (uni M| deb belgilaydilar) naqd pul, yol cheklari, xohlagan paytda bankdan olinishi mumkin bolgan, lekin maxsus hisobvaraqda turuvchi pullar, chek vositasida olinishi mumkin b o l gan boshqa pullar kiritiladi. Eng so‘nggi agregatlar likvidligi pastroq pullardan iborat boladi.
Milliy pullardan tashqari jahon pullari ham boladi, bu xalqaro miqyosda, ya’ni mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarga xizmat qiluvchi puldir. llgarilari jahon puli vazifasini oltin quymalari, ya’ni yom-
bilari tashkil etgan. 0 ‘tgan asrning 30-yillaridan boshJab oltin pullar muomaladan chiqib ketgach, oltin jahon puli vazifasini bajarmay qo‘ygan. Hozir maxsus chiqarilgan jahon puli yo‘q, Bu pul vazifasini qadri barqaror, ya’ni qattiq valutalar tashkil etadi. Bular AQSh dol lar!, Angliya funt sterling!, Yaponiya iyenasi va nihoyat Yevropa Itti-foqining yevrosidir. Yevro yevrozonaga kirgan marnlakatlaming umumiy pulidir. U shu marnlakatlaming hammasida cheklovlarsiz qabul qilinadigan yagona to‘lov vositasi bo‘lib, 2002-yildan e’tibo-ran muomalaga kiritilgan.
18.4 . Pul muomaiasi
Do'stlaringiz bilan baham: |