Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bostirilgan inflatsiya
18.7. Inflatsiya turlari
Kelib chiqish sabablariga ko'ra inflatsiya ikki turga bo'linadi: Talab inflatsiyasi. Bunda inflatsiyani pulning ko‘pligidan talabning ortishi yuzaga keltiradi, talab oshgan yerda esa narx qimmatlashadi. Talab inflatsiyasi pul emissiyasini yuzaga keltiradi. Taklif inflatsiyasi. Bunda resurslar qirnmatlashib, xarajatlar oshadi, foyda kamayib, tovarlarni ko'paytirishga intilish susayadi, natijada taklif talabga nisbatan qisqarib narx o ‘sadi. Talab infla-tsiyasini xarajatlar inflatsiyasi, deb ham yuritiiadi. Davlatning narxlarga ta’sir etishi jihatidan qaralganda erkin va bostirilgan inflatsiya bo'ladi. ErKn inflatsiya yuz berganda narxiar o‘z holicha o ‘sadi, davlat narx belgilashga umuman aralashmaydi. Bostirilgan inflatsiya boMganda davlat ma’muriy yo‘l bilan narx-larning o‘sishini chegaralab turadi. Erkin inflatsiyada bir narx ketidan boshqa narxiar ham o'sadi, natijada narxiar pariteti, ya’ni nisbati o ‘zgarmaydi. Masalan, bir tovar boshqasidan 2 marta arzon yoki qimmat tursa, narx oshgan sharoitda ham shunday holat saqlanadi. Agar 1 tonna metall 300 dollar, neft 150 dollar bo‘lsa narx pariteti 2,0:1 bofladi, inflatsiya yuz berib metall 350 dollarga chi-qadi, neft esa 175 dollar tursa, baribir narx pariteti 2,0:1 ligicha qoladi. Narx pariteti o ‘zgarmaganidan tovar ayirboshlashda zarar koTilmaydi, firmalar ilgaridek foyda olib ishlashda davom etadi. Hatto ular inflatsion mukofot hisoblangan foydaga ham ega bo‘-ladilar. Ma’lum davrgacha resurslar ilgarigi narxda olinib, xarajatlar 313 o‘smay turadi, tovar narxi esa oshadi. Natijada inflatsiya foydasi ko‘riladi. Lekin bu foyda vaqtincha bo'ladi, chunki resurslar narxi ham oshib ulgurgach, u yo‘qolib ketadi. Masalan, resurslar eski narxi saqlanganda xarajatlar 10 min dollar bo‘lgan, inflatsiyadan oldin tovarlar narxi 12 min dollarni tashkil etib, 2 min dollar (12—10=2) foyda ko‘rilgan. Tovarlar narxi oshib ular 13 min dollar bo‘lib qoldi, lekin resurslar narxi oshib ulgurmaganidan xarajatlar 10 min dollarligicha qoladi. Natijada 3 min dollar (13—10=3) foyda ko'rildi. Shundan 1 min dollar! (3—2=1) inflatsiya foydasi bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng resurslar narxi oshib, xarajatlar 11 min dollarga etgach 2 min dollar (13—11=2) foyda ko'riladi. Natijada inflatsion foyda yo‘qoladi, chunki ilgarigi va keying! foyda teng bo‘lib qoladi (2=2). Davlat narxiaming o'sishini chegaralab qo‘yganda inflatsiya sun’iy ravishda bostiriladi. Chunki narxiarning erkin o'zgarib bir-biriga moslashib olishi qiyinlashadi, natijada narx pariteti bu-ziladi. Bir narxning yuqori bo‘lib, boshqasining pastligicha qolishi, narx past Joyda rentabellikni kamaytirib, iqtisodiy stimullami so‘ndiradi, bu esa iqtisodiyot uchun zarardir. Inflatsiyani uning shiddatiga, ya’ni naqadar tez yoki sekin bori-shiga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Inflatsiya shiddatini uning darajasi belgilaydi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling