Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
davrdagi narxiarning o‘sishi (infj) keying! davrdagi o‘sish (inf2) bilan solishtiriladi. Agar oldingi uch yilda inflatsiya 18 % boisa-yu, ke ying! uch yilda u 12 % bo‘lsa, inflatsiya sur’ati pasaygan bo'ladi, chunki 12<18. Inflatsiyaning umumiy darajasini aniqlash uchun tovarlar narxining umumiy indeksi hisoblab chiqiladi, ya’ni asosiy tovarlar narxining ma’lum davrda necha foizga o‘zgargani aniqlanadi. 3 1 4
Bundan tashqari iste’mol tovarlari narxining indeksi degan ko‘rsatkich ham ishlatiladi. Bunda iste’mol tovarlari va xizmatlar-ning narxi ma’lum davrda qanchaga o'zgargani aniqlanadi. Ammo inflatsiya darajasini narxlarning umumiy indeksi tavsiflashini yod-dan chiqarib boimaydi. Inflatsiya shiddati bu narxlarning o‘sish sur’atidir. Shu jihati-dan 3 xil inflatsiya bo‘ladi: 0 ‘rmalovchi (evida bo'iadigan) inflatsiya. Bu narxlarning me’yorida o‘sishini bildiradi, ya’ni ulaming yiliga 10 %ga qadar 0‘sishini anglatadi. i «GIPERINFLATSIYA» — Ser, sizni kuzatib turgan edim, yerda yotgan pulni tagiga qarab, o‘zini olmay ketyapsiz?! — Buni tushunmaydigan joyi yo‘q, pulning tagida arzigulik narsa yo‘qmikan, deb qaragandim, xolos. Yo‘rg‘alovchi inflatsiya. Bu narxlarning biroz tez o‘sib borishi-ni bildiradi, Narxlar odatda yiliga 20—200 % o‘sganda, yo‘rg‘alovchi inflatsiya bor, deb hisoblanadi. Giperinflatsiya yoki shiddat bilan yuguruvchi inflatsiya. Bu narxlarning yiliga 1000 %dan ziyod, ya’ni 10 martadan ko‘p 0 ‘si shini bildiradi. Bu o‘ta xavfli inflatsiya hisoblanadi. U iqtisodiyot-ni izdan chiqarib, tang ahvolga solib qo‘yadi. Pulga ishonch tamo-mila yo‘qoladi, hamma puldan tezroq qutulishga intiladi, chunki u ko‘z ochib yumguncha qadrsizlanadi. 315
Pul ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq olib-sotarlik ishiga, qisqa muddatda bitib ketadigan operatsiyalarga satflanadi, hech kim pulni jamg‘armaydi, chunk! u ham qadrsizianadi. Xonadonlar va flrma-larni vahima bosadi. Giperinflatsiyaning yaqqol namunasi XX asr-ning 20-yillarida Germaniya, Polsha, Avstriya, Vengriya va shu-ningdek, o‘sha asrning 70- va 80-yillar bo‘sag‘asida Nikaraguada kuzatilgan, bu yerda narxiar yiliga 330 marta o'sgan. Giperinflatsiya alomatlari 0 ‘zbekistonda 1990—1992-yillarda kuzatilgan, chunk! o‘sha kezlarda muomalada sho‘rolar davrining rubl degan puli yurgan. Narxiar 960—1100 % atrofida oshib, pul keskin qadrsiz-langan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling