19.3. Moliya tizimi
Jamiyatning moliyasi ma’lum tizimni hosil qiladiki, bunga mo liya obyekti, moliya subyekti, moliya munosabatlari, moliya me-xanizmi, moliya siyosati va nihoyat moliya institutlari kiradi. Bu-larning har birini alohida sharhlaymiz.
Moliya obyekti —bu moliya resursi bo'lib, turli pul fondlaridan iborat boiadi. Bu fondlami barcha iqtisodiyot subyektlari o‘z da-romadi - tushumi hisobidan shakllantiradi, ular hisobidan xara-Jatlarini moliyalashtiradi.
Moliya subyekti —bu moliya munosabatlarining ishtirokchilari bo‘lib, firmalar, xonadonlar, davlat va nodavlat idoralaridan iborat, bular yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Moliya munosabatiari - bu iqtisodiyot subyektlarining moliya resursi a ri xususidagi o‘zaro aloqalari. Bu aloqalar YalM va milliy boylikni taqsimlab islilatish jarayonida yuzaga keladi.
Moliya mexanizmi —bu turli moliya vositalari bolib, soliq, sub-sidiya, subvensiya, transfert, jarima, dotatsiya, sanatsiya, moliyaviy me’yorlar va boshqalardan iborat. Bular iqtisodiy faollikni rag‘bat-lantirish yoki iqtisodiy noshudlikni jazolash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, ular vositasida ijtimoiy yordam amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |