Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet264/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

20.4. Krizislardan chiqish. Davlatning
antikrizis dasturlari
Krizis holati moliya tizimi uchun abadul-abad emas, u bir kun bo‘lmasa boshqa kun, ertami yoki kech tugallanadi.

Krizisdan chiqishni bozor mexanizmining o‘zi ta’minlashi mumkin, chunki moliya tizimida qayta tikJanish xususiyati mavjud. Biroq bozor mexanizmini o‘ziga qo'yib berilganda, krizisdan chiqish cho‘zilib ketishi va iqtisodiyot katta talofot ko‘rishi, aholi kuchli aziyat chekishi mumkin. Shu sababli krizisdan chiqishda davlat faol boMishi zarur.


Krizis bozordagi iqtisodiy tanlov qoidasiga yangi kuch ba-ghshlaydi. Bozor baquvvat institutlarni tanlab oladi, zaiflar bankrot bo'ladilar. Moliya institutlari krizisga har xil darajada dosh bera-dilar, bu ularning tayyorgarligiga bog‘liq. Krizisga tayyorlar undan tez chiqa oladi, unga tayyorlana boshlaganlar undan sekin chiqadi. Mutlaqo tayyor boMmaganlar krizis zarbasidan halokatga yuz tutadi. Bir qator moliya institutlari va ishJab chiqaruvchi firmalar yopiladi, qolganlari o‘zaro birlashib, kapitalini ko'paytiradi. Krizis tahlikasi hammani ziyrak qiladi. Banklar riskli kreditlarni qisqartirishadi, foydasini kapitalga aylantirib, o‘z mablag'ini ko‘paytiradi, 0 ‘zining kredit salohiyatini kuchaytiradi.
Krizisga chidamli bo‘lish uchun banklar zaxira kapitalini (buni bufer kapitali, deb atashadi) hosil qiladilar. Fond bozori agentlari ham o‘z kapitalini cheklab olishadi. Ular bozordagi riskli operatsiya-larga bormaslikka intiladilar. Ular krizis holatida shakllangan aktivlar narxini mo‘ljalga olib ish yuritadilar.
Ishlab chiqaruvchi firmalar yangi investitsiyalarga qoi uradilar. Bozor mexanizmi krizisga yo‘liqqanlami undan chiqish uchun xarajatlarni qisqartirishga, pasaygan bozor narxlarini qabul qilishga, oz bo‘lsa-da, foyda olib rentabell ishlashga undaydi. Firmalar kri­ zisga moslashib olish yo‘lida ishlab chiqarishini modernizatsiya-laydi, tovar va xizmatlarni diversifikatsiyalab, ulami sotilishini ko‘paytirib, moliyaviy ahvolini mustahkamlaydilar, o‘z to‘lov qo-biliyatini sekin-asta bo‘lsa-da, tiklaydilar.

3 5 5


Moliyaviy inqirozdan tezda chiqarishda davlatning antikrizis siyosati katta rol o‘ynaydi. Bu siyosat birinchidan, krizisning chu-qurlashuviga yo‘l qo‘ymasligi, ikkinchidan, krizisdan tez chiqishni, uchinchidan, krizisning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatishi zarur. Bu siyosat antikrizis dasturlarida gavdalanadi, ularga ko‘ra moliya institutlari va ishlab chiqaravchi firmalarga davlat budjetdan moliyaviy yordam ko‘rsatadi, ularga soliqiardan siyiov beradi. 2008-2012-yilda AQShda 1 trln dollar soliq imtiyozlari berildi.
Davlat soliq yukini qayta taqsimlab iqtisodiy zaiflashgan sub-yektlarga yengillik bergani holda baquvvatlarga soliqni ko‘paytiradi.
Baiikrotlashgan banklar xatarli aktiviarini sotib olib, ularni halokatdan qutqaradi. Banklar beradigan kreditni kafolatlashni davlat o‘z zimmasiga oladi, banklardan olgan qarzini qaytaradi.
Fond bozorini barqarorlashtirish uchiin davlat u yerdagi spe-kulyativ operatsiyalarni cheklash choralarini qo'llaydi, flrma va aholining aksiya sotib olishga yuborgan pulini va divideiidni soliqqa tortmaydi.
Davlatning antikrizis dasturlarida iqtisodiyot real sektorini qo1-!ab-quvvatlashga va eng avval kichik, o‘rta biznesni rag'batlan-tirishga qaratiJadi. Masalan, 2009-yili Janubiy Koreya hukumati banklar orqali kichik, o‘rta beznisni kreditlash uchun 800 min dollar ajratdi.
Aholi xaridini ko‘paytirib ichki bozorni tikjash va kengaytirish uchun davlat xarid yuzasidan subsidiyalar beradi. Masalan, Ger-maniyada 20l0-yil bitta avtomashina sotib olgan xaridorga davlat 5000 dollar miqdorida subsidiya berdi, bu bilan mashina narxini arzonlashtiradi.
Aholining banklardagi omonatiari saqlanishini davlat kafolat-laydi, krizis tufayli kambag‘allashganlarga yordam beradi, ishsizlarni o‘z hisobidan qaytadan o‘qitib va malakasini oshirib ish topib olishiga ko‘mak beradi, aholi kommunal xizmatlar haqini toiashi uchun dotatsiya beradi, o‘ta muhtojlarga yotib-turishi uchun yotoq-xonalar tashkil etadi, ularni bepul ovqatlantirishga pul ajratadi.
Davlatning asosiy e’tibori ish ohinlarini ko‘paytirishga, bino-barin daromadlarni oshirishga qaratiJadi, bu esa aholi xaridini ko‘-paytirib, ichki bozorni kengaytiradi.
Krizisni o‘zi moliyaning qaysi bo‘g‘iiii mo‘rt boiib, inqirozga moyU boiishini ko'rsatadi, Davlat shu saboqlarni hisobga olib moliyani tartiblash choralarini qo‘radi. Moliya institutlari, eng avval banklar kapitalining yetarli boiishi ta’minlanadi, bu bilan kapi-talining kamligi tufayli kiizisga chalinishning oldi olinadi. Kredit olish, devidend va bonuslar (bosliqaruvchilarning mukofot puli) to‘-

3 5 6


lashga chegara belgilanadi, bu bilan daromadlarni kapitalga aylan-tirish rag‘batlantiriladi. Moliya bozorining qat’iy belgilangan tar-tib-qoidalari kiritiladi, bulardan chiqish jazolanadi, qaltis opera-tsiyalarga yoi berilmaydi. Spekulyatsiyani cheklash uchun moliya bozoriga shubhali agentlar kiritilmaydi, hamma agentlar, hatto ofFshorlardan chiqqan agentlar ham davlat ro‘yxatiga olinadi, de-rivativlar yuzasidan tuzilgan shartnomalar ham ro‘yxatdan o‘tka-ziladi, chunki bu bilan spekulyatsiya cheklab qo‘ydadi. Foyda ke-tidan quvib xatarli ishlarga borilmasligi uchun riski katta moliya operatsiyalariga soliq kiritiladi, bu operatsiyalarni o‘tkazish huquqi moliyaviy baquvvat institutlarga beriladi. Moliya bozori agentlarini chalg‘itadigan asimmetrik informatsiyani cheklash uchun kredit byurolari, auditorlik firmalari va reyting agentliklari faoliyati davlat nazoratiga olinadi, ularning o‘z informatsiyasining haqqoniy bo‘-lishiga javobgarligi oshiriladi. Krizislarni oldini olish uchun prog-nozlash ishlari amalga oshiriladi, ularning ehtimolligiga qarab antikrizis choralari ishlab chiqiladi.
Krizisdan chiqish yo'lida yumshoq monetar siyosat qoMlaniladi, ya’ni kredit arzonlashtirilib, u hisobidan moliya institutlari kapitali ko‘paytiriladi. Ayni paytda qattiq fiskal siyosatga boriladi. Bunda davlat budjetini qat’iy tartiblash siyosati olib boriladi. Budjet xa-rajatlari ixchamlashtirilib, ulardan eng zarurlari qoldiriladi, ular daromadga juda ham yaqin qilib belgilanadi. Budjet defitsitini oshi-rishga yo‘l berilmaydi, davlat qarzi ham qat’iy chegaralanadi. Xullas qattiq budjet intizomi o’rnatiladi.
Antikrizis choralari sirasiga iqtisodiy o‘sishni prognozlash ham kiradi. YalMni naqadar o’sishi mumkinligiga qarab, moliya bozo-ridagi operatsiyalar hajmi nazorat qilinadi. Bu bilan iqtisodiyotning moliya va real sektorining divergensiyasiga yo‘l berilmaydi. Anti­ krizis tadbirlari krizisni to‘la-to‘kis yo‘qota olmasa-da, uning tez-tez bo’lmasligini, cho’zilib ketmasligini va yumshoq kechishini ta’-minlaydi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling