Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Moliyaviy ko‘piklar — bu moliya aktivlarining bozordagi soxta narxi shakllantirgan sun’iy qiymatidir


Download 1.85 Mb.
bet262/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Moliyaviy ko‘piklar — bu moliya aktivlarining bozordagi soxta narxi shakllantirgan sun’iy qiymatidir.

Bu sovun ko‘pigi singari bir paydo bo‘lsa, bir uchib yo‘q bo‘lib turadi. Moliya bozoridagi operatsiyalar real Yal Mning hajmi va o‘sishiga nisbatan ancha katta boiib moliya va real sektorlar o'rtasidagi nomutanosiblikni hosil qiladi. Masalan, 2007-yil dunyo YalM qiymati 52,6 trin dollar bodgani hola, Jahon bozoridagi qo-g‘ozIar qiymati 600 trln dollarga teng bo‘lgan, ya’ni bu YalM haj-miga nisbatan 11,4 marta ortiq edi.


Moliyaviy ko‘piklar sekin-asta va uzoq vaqtda to‘planib boradi, lekin bu birdan yorilib uchib ketadi. Shunday bo‘lganda spe-kulyatsiyaga qo‘yilgan pul ham yo‘q bo‘lib ketadi, chunk! moliyaviy aktivlar narxi keskin pasayib ketadi, ularni sotilishidan katta zarar ko‘riladi. Spekulyatsiyaning eng faol ishtirokchilari bor-budidan ayrilib moliyaviy bankrotga aylanadilar.
Iqtisodiyotda divergensiya holati, ya’ni moliya sektorining avto-nomligi haddan tashqari kuchayib ketib, uning real sektordan yiroqlashuvi yuz beradi. Divergensiya sharoitida pul kapitali hajmi bilan real moddiy kapital qiymati bir-biriga mos kelmay qoladi.

  1. Asimmelrik informatsiya.

Biz bilamizki iqtisodiy riskni asimmetrik informatsiya chaqiradi. Moliya bozoridagi informatsiya aksiyalar narxi va ularni sotilish


349


hajmiga aloqador bo‘ladi. Aksiyalar narxi haqidagi axborot ataylab soxtalashtirilmagan boisa-da, spekulyativ narx, real ba’zaviy narx-lardan ajralgan boiadi. Lekin ularni investorlar haqiqiy narx, deb qabul qiladi. Shu ikki narx orasidagi farq ulkan boMadi, bu investorlardan qo‘shirncha pul talab qiladi. Bu ortiqcha kapital bo‘lib, real sektorda foydani yaratmaydi, balki uni dived end shaklida taqsirnlanishida ishtirok etadi, xolos. Oz real kapital yaratgan foyda ko‘p soxta kapitalga qarab ham taqsimlanadi, shunga binoan kapital birligi beradigan divedend summasi qisqarib boradi. Pirovard natijada kichik dividend beradigan aksiyalar aslida riskli aktivga aylanadi. Chunki, divedend bank foizidan ham kamayib ketadi, aksiyalarga qiziqish so‘nadi. Ular yoppasiga sotila boshlaydi, Ular-ning narxi keskin pasayib kurs daromadi olish o'rniga zarar ko‘riladi.
Shunday holat tufayli aksiya va obligatsiya egalari 2008-2009-yillarning o‘zida 16 trln dollar pulni yo‘qotishdi. Rossiyada bu I trin dollarni tashkil etdi.
Moliya bozoridagi operatsiyalar g‘oyat ko‘p va xilma-xil bo‘lga-nidan u yerda keladigan informatsiya ham g‘oyat ko‘p. Ulardan qaysi biri aslida simmetrik yoki asimmetrik ekanligini faqat fond bozoridagi tajribali va pixini yorgan investorlar farqlay oladi. Ko‘pchilik oddiy investorlar ularning farqiga bormay asimmetrik informatsiyani simmetrik, deb qabul qilishadi va shunga binoan investitsion qarorga kelishadi.


  1. Asimmetrik informatsiyani yaratishda reyting agentliklari va auditorlik firmalari ham ishtirok etadilar. Ular ayrim kompaniyalar moliyaviy ahvolini bo'rttirib ko‘rsatgan holda ularga yuqori reyting beradi, investorlar buni haqiqiy baholash deb qabul qilishadi, ular aksiyalarini yuqori likvidli hisoblab, ulami ko‘plab sotib oladilar va qarmoqqa ilinadilar. Moliya bozori qanchalik erkin bo‘lib, kam nazorat qilinsa, bu yerga moliya qalloblari shunchalik ko‘plab kirib keladi. Ofshorlarda (nazorat bo‘sh yoki yo‘q yerlarda) ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar yoki ayrim chayqovchilar moliya bozoriga kirib, u yerda shubhali operatsiyalarni o‘tkazishadi (ayniqsa, devi-torlarga oid). Turli moliyaviy piramidalar paydo bo‘ladi. Ular aslida daromad keltirmaydigan aktivlami serdaromad ko‘rsatib, xaridor-larni aldab ularni yaxshigina pullaydilar. Ular oldingi investorlarga daromad sifatida so‘nggi investorlar pulini, ularga esa ulardan keying! investorlar pulini berib turadilar. Xullas ular birovlar pulini birovlarga berib, aldamchilik bilan mashg‘ul bo‘ladilar.

Bozorga kirib kelgan innovatsiya, ya’ni yangiliklar shunday murakkab va chalkash mexanizmni yaratadiki, bu qalloblikni oldini olish va fosh qilishni qiyin qilib, bozordagi tanglikning hosil bo‘-


350


lishiga hissa qo'shadi. Bu mexanizm nazorat qilish qiyin bo'lgan va yashirin moliyaviy kontraktlarni yuzaga keltiradi, bular ham krizisga yo‘l ochadi.
Ko‘chmas mulk bozori moliya bozori bo‘!masada, u yerdagi spekulyatsiya ham krizisning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Ko‘chmas mulk yerda joylashgan, yer esa betakror eng noyob resurs boMganidan uning narxi doimo o‘sadi. Narx qanchalik o‘smasin yer taklifi o‘zgarmaydi, ya’ni u mutlaqo noelastik bo‘ladi. Shunga ko‘ra yerga bog'langan ko‘chmas mulk narxi ham o‘sishga moyil boiadi. Bu uni likvidli, binobarin jozibali moddiy aktivga aylantiradi. Ayni paytda arzon ipoteka krediti unga qiziqishni yanada kuchaytiradi, natijada unga pul ko‘plab yuboriJadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling