1.
|
Iqtisodiyoti yuksak
|
25710
|
27680
|
37180
|
2.
|
Iqtisodiyoti o‘rtacha
|
2950
|
5710
|
6780
|
3.
|
Iqtisodiyoti past
|
520
|
2040
|
1246
|
21.2. Taqqosiy afzallik qoidasi
Ochiq iqtisodiyot sharoitida mamlakatlararo savdo-sotiq unda qatnashganlar uchun naf keltiradi, chunki bir mamlakatda ma’lum tovarni ishlab chiqarish arzonga tushsa, boshqa yerda boshqa guruh tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Shu sababli arzonga tushgan tovarlarni sotib, buning puUga o‘zida qimmatga tushadigan tovarlarni chetdan keltirish ma’qul bo‘ladi. Masalan, «А» mamla katda 1 tonna bug'doy 140 dollarga tushadi, paxta esa 700 dollarga tushadi. Demak, ularning xarajati nisbati 1:5 ni hosil qiladi. Boshqa
«в» mamlakatda 1 toima bug‘doy 150 dollarga tushadi, paxta esa 600 dollarga tushadi. Bu yerdagi xarajatlar nisbati 1:4. Shunday sharoitda «А» mamlakat paxtani o‘zida yetishtirish o‘rniga uni «В» mamlakatdan sotib olgani qulay bo‘ladi. Ayni paytda «В» mamlakat bug‘doyni o‘zida yetishtirgandan ko‘ra, uni «А» mamlakatdan olgani ma’qul. Xarajatlar har xil boiganidan «А» mamlakat o‘zida 1 tonna paxta olish uchun 5 tonna bug‘doy olishdan voz kechishi kerak (700/140=5). «В» mamlakat esa 1 tonna paxta yetishtirish uchun 4 tonna bug‘doydan voz kechishi kerak. «А» mamlakatda bug‘doy xarajati past (140< 150), «В» mamlakatda aksincha, paxta yetishtirish xarajati past (600<700). Bas shunday ekan, muqobil xarajatlar nuqtayi nazaridan aytilgan mamlakatlardan biri bug‘-doyni, ikkinchisi esa paxtani yetishtirib, bu tovarlarni ayirbosh-lashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |