Ochiq iqtisodiyot — bu tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishgan, ularning afzalligiga tayauih, rivojianib boruvchi iqtisodiyotdir.
Ochiq iqtisodiyot tushunchasi milliy iqtisodiyotga nisbatan qollaniJadi. Uning ochiqlik darajasi turli mamlakatlarda har xil, albatta. Buni turli mezonlarga qarab aniqianadi:
Iqtisodiyotning eksport salohiyati. Agar eksport YalMga nisbatan qanchalik ko‘p boisa, ochiqlik darajasi shunchalik yuqori boiadi. Masalan, Gollandiyada eksport YalMning 3/4 qismiga teng boiganidan bu yerda ochiqlik darajasi yuqori, deb aytish mumkin. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining ham ochiqlik darajasi yuqori, chunk! eksportning YalMdagi hissasi katta hisoblanadi.
Iste’molda importning hissasi. Agar bu hissa qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq hisoblanadi. Ammo buning uchun import kafolatlanishi kerak. Importga qarab ochiqlik dara-jasiga baho berilganda uning kafolatining bolishi nazarda tutiladi, chunki shundagina aholi ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotga yuboriladigan investitsiyalarda xorij investi-tsiyalarining hissasi va chetga chiqarilgan kapitalning jami kapital-dagi hissasi. Agar ichki investitsiyalarda xorijdan kelgan mablagiar ulushi qanchalik katta bo‘lsa, kapital tashqariga qanchalik ko‘p chiqsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq hisoblanadi.
Mehnat resurslari tarkibida xorijdan kirib kelgan va xorijga chiqib ketgan ish kuchi hissasi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘Isa, mamlakat iqtisodiyoti shunchalik ochiq hisoblanadi.
Xullas, milliy iqtisodiyotning ochiqligi tovarlar, kapital va ish kuchining naqadar mamlakatga kirib va undan chiqib turishiga
qarab belgLlanadi. Biroq bular ochiqlilcni ta’minlashda bar xil o'rin tutadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarda ular iqtisodiyotining ochiqligini ko‘p hollarda kapitalning chetga chiqishi, texnologiyalar eksporti ko‘p bo‘lgani holda iste’mol tovarlari importining kattaligi belgilaydi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan mam lakatlarda uning ochiqligini belgilashda xomashyo va energoresurs hamda iste’mol tovarlari eksporti, kapital va texnologiya importi ning ustuvorligi asosiy hisoblanadi. Iqtisodiyotning ochiqligi ichki ziddiyatga ega. Agar ochiqlik iqtisodi baquwat mamlakatlarga ustu-vorlik bersa, iqtisodi zaif mamlakatlarda chet elga qaramlik hosil qiladi.
Ochiq iqtisodiyotlarning rivojlanishi jahon xo'jaligini yuzaga keltirgan (XIX—XX asrlar bo‘sag‘asida).
Do'stlaringiz bilan baham: |