Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Ipoteka krediti — ko‘chmas mulkni sotib olish uchun uning


Download 1.85 Mb.
bet263/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Ipoteka krediti — ko‘chmas mulkni sotib olish uchun uning xaridorlari qarz ko‘targan puldir.
Ipoteka krediti uni ishonchli garovi bo‘lmasada, ya’ni riskli boisa-da ko‘plab beriladi. Natijada, uy-joyga talab va shunga ko‘ra uning narxi oshadi, uning o‘zini garovga qo'yishganda, u yuqori baholanadi. Dastlab narxlar oshsa, so‘ng talab qisqarib, ular keskin pasayadi. Masalan, 2008-yil ilgari nisbatan arzonga olingan uylar narxi birdaniga 20 % qisqarib ketgan. Natijada, kreditga uy olganlar bundan AQShda 5 trln dollar yo‘qotishgan.
0 ‘z pulini aksiyalariga va ko'chmas mulkka investitsiyalagan bankJar, moliya kompaniyalari, firmalar va ayrim jismoniy shaxslar pulining katla qismidan ayrilib qolishdi.
Krizisni davlat qarzining had dan tashqari ortib ketishi ham hosil qiladi. Davlat budjetida surunkali defitsit hosil bo‘lib, xarajatlarni qoplashga daro'iad yetishmay qolgan taqdirda davlat qarzga qo‘l uradi. U obliga siya yoki boshqa qarz qog‘ozlarini katta miqdorda chiqarib sotadi. Qarz olish chegarasini uni toMash qobiliyali, buni esa davlat daromadlari miqdori belgilaydi. Odatda davlatning qarzi katta bo‘lmasligi zarur. Ammo amalda qarz YalMning 80-100 % va hatto undan ortib ham ketishi mumkin. Qarzni to‘lash uchun davlat pul topa olmay qoladi, uning daromadi va xarajati o‘rtasida no-mutanosiblik paydo boiadi. Budjet defitsiti ko'payib boradi. Masalan, 2007-yil Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida budjet defitsiti YalMning 0,8 foiziga teng boisa, 2009-yil bu 6,0 % ga chiqdi. Gretsiyada 2010-yil bu hatto 10,6 % ga yetgan va bu ilgarilari kuzatilmagan.
Demak, moliya krizisi fiskal-budjet krizisi shakliga ham kiradi.

351


20.3. Krizis oqibatlari
Krizis oqibatlarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:


    1. salbiy oqibatlar;

  1. ijobiy oqibatlar.

Krizislar iqtisodiyot uchun noma’lum hodisa bo‘lganidan avval uning salbiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Krizis moliyaviy talo-fotga, ya’ni katta miqdordagi pulning yo‘qotilishiga olib keladiki, bu moliya sektorini falaj qiladi, moliya operatsiyalari qisqaradi, aktiv-larning daromadligi tushib ketadi, ular o‘ta riskli bo‘lib qoladi. Moliya institutlarining bir qismi bor-budidan ayrilib bankrot holiga tushadi. Banklar, moliya va investitsiya, sug‘urta kompaniyalarining bir qismi yopilib ketadi, krizisga chidamagan yakka investorlar moliya bozorini tark etadi.
Krizis moliya sektoridan chiqib real sektorga ham o'tadi. Katta pul yo‘qotishlar toMov krizisini keltirib chiqaradiki, natijada iqti­ sodiyot subyektlari to‘lov majburiyatlarini o'z vaqtida bajara ol-masligi yoki bunga umuman qobil boMmasligi paydo bo‘ladi. Hamma subyektlar xarid qobiliyati pasayib, jami talab qisqaradi. Eng awal, uy xo‘jaliklarining bozor talabi qisqaradi.
Kishilar eyforiya o‘rniga vahimaga tushadilar. Vahima kishilarni iste’mol kreditini olishda qo‘rqishiga olib keladi. Ayni paytda banklar iste’mol kreditini berishdan hadiksiraydilar. Krizis kishilarni qo'rqitib, kelajak uchun pul yighshga undaydi, uy xo‘jaliklari xa-rajatlari tejalib, bu eng zarur xarajatlar bilan cheklanib, uzoq muddatda ishlatiladigan qimmatbaho tovarlar xaridi qisqaradi. Krizis qisqargan talabni yanada qisqartiradi, chunki ommaviy ishsizlik boshlanib ketadi, ishsizlar daromad topolmay o‘z talabini qisqartirishga majbur bo‘ladilar. Ishlab chiqaruvchilarning ham daromadi qisqaradi. Buning natijasida, masalan, AQShda 2008-yil aholining bir oylik daromadi 20 %ga kamayib, bu talabni qisqartirdi, albatta. Biz bilamizki, vaqti kelganda talab pul jamg‘armasi hiso-bidan ortishi mumkin, ammo ishonchsizlik puli borlarni ham jamg‘armani sarflash o‘rniga uni ko‘paytirishga undaydi. Qo‘rquv aholini banklardagi jamg‘armalarini olishga, uni bozorda sarflash o‘rniga pul qoldigh sifatida saqlanishiga, binobarin iqtisodiy obo-rotdan chiqishiga olib keladi.
Oldingi boblardan ma’lumki resurslar bozoridagi talab iste’-molchilar bozoridagi talabga bevosita bog‘liqdir. Shunga ko‘ra aholi talabining qisqarishi resurslarga talabni qisqartiradi. Chunki bozor toraygan sharoitda qo‘shimcha resurslarga hojat qolmaydi. Shu bois, aholi talabidan so‘ng firmalarning talabi ham qisqaradi. Davlat moliyasining krizisi davlat xarajatlarini, binobarin xaridini qisqar-

352


tiradi. Jami talabning qisqarishi ishlab chiqarishda retsessiya holatini yuzaga keltiradi. Retsessiya sababi taklif tomoniga ham bo‘ladi. Qisqargan talabga taklif moslashganda ishlab chiqarish o‘smasada, u pasaymasdan turg‘un holatda bo‘lishi mumkin. Ammo talab qis­ qargan holda u yangi tovar va xizmatlarga ko‘chadi, ular esa yetish-maydi, ularni ko‘paytirish uchun qo'shimcha pul zaror bo‘ladi, ammo krizis moliya sektoridan real sektorga keladigan pul oqimini qisqartiradi, undagi uzilishlarni paydo qiladi. Real sektorga inves-titsiyalar yetishmay qoladi, chunki pul yo'qotishlar natijasida jam-g'arish qisqarib ketadi. Agar rivojlangan mamlakatlarda jamg‘arish 2007-yil YalMning 20,8 %ni tashkil etsa, 2009-yil 16,5 %gacha tushib ketdi.
Real sektorda jamg‘arish qisqarib, unga o‘z mablagh yetish-maganidan u kreditga muhtoj bo‘ladi, biroq banklar kredit berishga oshiqmaydi, chunki puli bor banklar ham kredit berishdan hadik-sirab qoladilar. Banklarga ishonchsizlik tufayli ularga pul qo‘yishga oshiqmaydilar, bu tashqaridan banklarga jalb etilgan mablagMarni ham qisqartirib yuboradi. Kreditga talab oshib, foiz kohariladi, ilgarigi arzon puliar qimmat pulga aylanadi, natijada kredit olish qulay bo'lmay, investitsiyalar qisqaradi, bu ishlab chiqarishni o‘nglanishiga to‘sqinlik qiladi.
Fond bozorida aktivlarning sotilishi qisqaradi, chunki inves-torlarda ishonchsizlik boshlanadi, ular riskdan g‘oyat cho‘chiydilar. Krizis sharoitida oz boisa-da, real sektorga investitsiyalar oqib keladi, biroq ularni o‘zlashtirib, ishlab chiqarishni o‘nglash uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinadi. Shu davrda retsessiya davom eta-veradi. Retsessiya davrida iqtisodiyotda jonlanish alomatlari paydo boMadi, biroq iqtisodiy sustkashlik bo‘lib, lanjlik yaqqol kuzatiladi. Masalan, 2012-yil Yevropa mamlakatlari retsessiyadan chiqol-magani uchun iqtisodiy o‘sish atigi 0,25 % bo‘ldi. Retsessiya fiskal tizimda ham qiyinchilik tug'diradi. Budjet daromadlarining qis­ qarishi undagi defitsitni kuchaytiradi,
Defitsit davlat qarzini oshirib yuboradi, chunki davlat yangidan qarz koharadi. Davlat qarzi 2010-yilda YalMga nisbatan quyida-gicha bo‘ldi: Fransiyada 75 %, Germaniyada 83 %, Italiyada 118 %, Gretsiyada 153 %. AQShning davlat qarzi uning tarixida boMmagan darajaga chiqib, bu 2013-yil oktabr oyida 17,0 trln doliarga yetdi.
Budjet defitsitining qisqarishi uchun daromad ko‘payishi yoki xarajat qisqarishi kerak. Daromadni oshirish yo‘li tutilganda re­ tsessiya holatida soliqlarni oshirishdan boshqa iloji qolmaydi. Bu esa daromadlardan chegirma hosil qilib, iqtisodiy faollikni sustlashtirib, retsessiyani cho‘zib yuboradi.

3 5 3


Retsessiyada ham domino samarasi boiadi, ya’ni bir yerdagi retsessiya boshqasi bilan birga boradi. Bir yerdagi retsessiya holati boshqa yerdagi talabni qisqartirib, uni tanglikJka yoMiqtiradi. Tovarni import qiluvchi mamlakatlardagi retsessiya tashqi bozor talabini qisqartirish orqali eksport qiluvchi mamlakatlarda retsessiya hosil qiladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi 2008—2010-yilgi re­ tsessiya ularga xomashyo va yoqilg‘i yetkazib beruvchi mamlakatlar eksportini qisqartirdi. Natijada eksport narxini pasayishi eksportchi mamlakatlar YalMni qisqartirdi, ular ham retsessiyaga duch keldi.
Tizimli krizislar —bu turli krizislami bir-biriga tutasbib ketisbi na-tijasida jamiyatda yuz beradigan umiimiy inqiroz holatidir.
Krizislar ommaviylashib, tangliklar tizimiga aylanadi, krizislar transformatsiyasi yuz berib, ularning tizim hosil qilishini quyidagi rasmda tasvirlash mumkin (20.2-rasm).
2 0 .2 -ra sm . Krizislar transform atsiyasi
Krizis natijasida hamma yerda bandlik jiddiy qisqarib ommaviy ishsizlik boshJanadi. Shu sababli, 2013-yil yanvar oyida yer yuzidagi ishsizlar soni 197 min nafarga yetdi. Ishsizlar tirikchiligi uchun daro-mad yetishmaydi. Ishlovchilaming ham pul daromadi qisqarib ketadi, aholining turmush darajasi tushib ketadi. Aholi tabaqalanishi kuchayib, uning tarkibida kambag‘alJar ko'payib ketadi. 2007—2009-yillarda dunyodagi kambag‘allar soni 64 min kishiga ortdi. Aholi orasida muhtojlikning ortishi uning noroziligini vujudga keltiradi, aholi turli toifalarining hamjihatligi izdan chiqadi, natijada sotsial (ijtimoiy) beqarorlik paydo bo‘ladi. Norozilaming ish tashlashi, turli namo-yishlari bo‘ladi, hatto ulaming hukumat kuchJari bilan to'qnashuvlari ham bo‘lib turadi.
Krizis ma’naviy tus oladi. Kishilarni vahima bosib, ular kela-Jakka ishonmay qo‘yadilar, ertangi kun nima bo‘lar ekan, deb tashvishga tushadilar. Krizis chuqur va uzoq kechgan yerlarda si-yosiy tanglik ham kelib chiqadi. Ishlab turgan hukumatni iste’foga ketishi va yangisi bilan almashtirilishi, saylovlarda yangi siyosiy kuchlarning g‘olib kelishi va hokimiyatning ular qo‘liga o‘tishi siyo-satda Jiddiy o'zgarishlar yuz berishiga sabab boiadi.
Krizis oqibatlaridagi ijobiylik shundaki, bu moliyaviy tizimni sogiomlashtiradi. Moliya institutlari va yakka investorlar orasida ta-biiy tanlov yuz berib, ulardan yashovchanlari omon qolib, moliya

354


resurslari ishonchli qoiga o‘tadi, moliya qalloblardan qutiladi. Kri-zisdagi ijobiylik yana shundaki, bu moliya tizimining qayerida qanday illat va nuqson borligini, bu tizimni takomidashtirish uchun qanday islohotlar zamrligini ko‘rsatib beradi. Krizisning bu saboqlarini ja-miyat hisobga oladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling