Firmaning tijorat siyosati tovarlarning qanday miqdorda va qaysi bozorlarda sotilishini, ularning kreditga berilishini, eksport miqdori va tarkibini belgilaydi, savdo-sotiqda raqobatchilar va partnyorlar bilan qanday munosabatda bo'lish yoMini aniqdaydi.
Firmaning narx siyosati bozorga qanday narx bilan chiqishni, narxning bozor sharoitiga qarab qanday o‘zgartirilishini, narxiardan siylov berish tartibi kabilarni mo'ljallaydi.
Firmaning moliya siyosati soliqlarni to dash tartibini, soliqlardan imtiyoz va davlatdan subsidiya olish yodlarini, kredit olish, uni qaytarish, foiz todashga oid ishlarni, foydani taqsimlab, uni samarali ishlatish choralarini, aksiya chiqarib sotish, o‘zga firmalar aksiyasini, davlat obligatsiyalarini sotib olishga oid yoi~yo‘riqlardan iborat bodadi.
Firmaning raqobat siyosati raqobatda ishtirok etish yoki et-maslik raqobat yuz berganda, uning usullaridan qaysi birini qodlash, qanday vositalarni ishga solishga qaratiladi.
Vaziyatga qarab siyosatning u yoki bu yo‘nalishiga ustuvorlik beriladi. Firma siyosati qisqa va uzoq davrga modjallanadi, chunki shu davrlarda turli maqsadlar olg‘a surilib, ularga erishishning muqobil vositalari tanlab olinadi. Firma siyosati, birinchidan, bo-zordagi vaziyatga, ikkinchidan, davlatning siyosatiga moslashib borishni bildiradi. Firma siyosati ham individuailashgan, biroq siyo satning umumiy tamoyillari borki, ularga firmalar o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda va bdganicha rioya etishadi.
Firma o‘z siyosatini belgilashda obyektiv axborotga tayanadiki, bu ichki va tashqi axborotlardan iboratdir. Ichki axborot firmaning 0‘zidagi holatni, tashqi axborot esa tashqi muhitdagi holatni tav-siflaydi.
Firmalar siyosatini agar ular korporatsiyalar (aksioner ja-miyatlar) bodsa, oliy boshqaruv organlari (direktorlar kengashi, aksionerlar majlisi) ishlab chiqadi, uni amalga oshirish ishini me-nejerlar bajaradi, Firma oddiy korxona bodsa, uning siyosatini egasining o‘zi yoki uning nomidan menejerlar amalga oshiradi. Fir maning siyosatiga qarab uning ishi rejalashtiriladi. Shu maqsadda firma strategiyasi ishlab chiqilib, unda firma siyosati aniq chora-tadbirlar shakliga ega bodadi. Firma siyosatining naqadar o'rinli ekanligini uning monitoringi (baho berish) orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |