23.3. Davlat iqtisodiy siyosatining
maqsadi va vositalari
Davlat iqtisodiyotga o‘z siyosati bilan ta’sir etadi.
Davlatning siyosati — bu makroiqtisodiy siyosat boiib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga taalluqli yoi-yoViqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-harakatlaridan iboratdir.
Davlatning siyosati har doim milliy boiadi, mamlakat rivojining ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi. Siyosatda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy konyunkturaning milliy iqtisodiyotga nechog'liq ta’sir etishi, unda kutilayotgan
o‘zgarishlar mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatning qandayligi mamlakat iqtisodiyotiaing resurslar bilan ta’minlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlar bergan natija ham hisobga olinadi. Davlat siyosati davlat rahbar-larining erk-irodasi va qat’iyatligiga va yetilgan iqtisodiy mu-ammolarni naqadar idrok etishlariga ham bogiiq bo‘ladi.
Davlatning siyosati ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |