Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Aholi tnrmush farovonligini muttasil oshirib


Download 1.85 Mb.
bet310/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Aholi tnrmush farovonligini muttasil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini toMaroq yuzaga chiqarishga ko'maklashish.

  • Milliy iqtisodiyotni xalqaro integratsion jarayonlar va glo-balizatsiyada faol ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishi, baynalmilal iqtisodiy munosabatlaming teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish.

  • Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’miniash, ya’ni uni uzoq kelajakda o‘sib borishiga sharoit hozirlash.

    Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga mo‘l-jallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning qisqa vaqtdagi taktik, ya’ni juz’iy maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tang-likdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta’miniash, inves-titsion faollikni rag’batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, no-vatsiyalarni ta’miniash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Juz’iy maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat qiladi.
    Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishiladi. Birinchisi, iqtisodiy vositalar bo‘lib, bular jumlasiga so-liqlar, subsidiyaJar, litsenziyalar, eksport kvotalari, uchyot stav-

    4 0 6


    kalari, davlat buyurtmalari, davlat investitsiyalari, transfertlar, turli iqtisodiy sanksiyalar 0azolash vositalari) kabilar kiradi.
    Ikkinchisi, yuridik vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iborat.
    Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgilab beradi, bular esa bozor iqtisodiyotining obyektiv iqtisodiy qonunlari tala-bidan kelib chiqishi zarur. Iqtisodiyotga oid yuridik qonunlarni par-lament qabul qiladi. Hukumat esa ulaming amalga oshirilishini ta’rainlaydigan qarorlar va farmoyishlami ishlab chiqadi. Tegishli davlat idoralari qonunlarning amalga oshirilishini nazoratga oladi.
    Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat hokimiyat sohibi bo'lganidan o‘z siyosatiga rioya etilishini o‘z organlari kuchi bilan ta’minlaydi. Davlat oliy siyosiy institut hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyruqlariga hamma itoat etishi kerak bo‘ladi. Ma’-muriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganidan cheklangan holda qoilaniladi.

    Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   326




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling