Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet318/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Budjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kanda qilmay va kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat budjeti balanslashgan boMishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur boiadi. Budjet siyosati shundan kelib chiqqan holda, budjet defitsitiga yoi bermaslikni, defitsit yuz bergan taqdirda ham bu me’yorida boMishiga qaratiladi. Budjet siyosati davlatning ichki va tashqi qarzining ham me’yorida bolishini ta’-minlashi zarur.
Fiskal siyosat 2 xil bo'ladi:

  1. Faol fiskal siyosat. Bu qoMlanilganda diskretsion vositalar ishga solinadi, masalan, soliqlar kamaytiriladi, ulardan saylangan tarzda boisa-da, siylovlar beriladi, budjetdan transfertlar berish ko‘-paytiriladi, firmalar subsidiyalar oladi. Bularning hammasi iqtisodiy faollikka olib keladi. Firmalar xarajati qisqarib foydasi ortadi, aholining transfertlar hisobidan xarid qobiliyati oshadi. Xullas, bu siyosat firmalar va xonadonlar talabini oshiradi. Mana shunday yo‘l ko‘p hollarda iqtisodiyot qiyinchilikdan chiqib, o'zini o‘nglab olishi uchun qo'llaniladi.




  1. Nofaol fiskal siyosat. Bu siyosat moliyaviy stabilizatorlarni o‘zgartirmay, ularni erkin ishlashiga yoi berishga qaratiladi, chunki bozor mexanizmi yaxshi ishlab turgan boiadi. Iqtisodiyotning uzi-lishlarsiz yuksalib borishi tufayli moliya vositalarini o’zgartirishga hojat qolmaydi. Demak, bu siyosat iqtisodiy o‘sish to‘xtovsiz bo-rayotgan kezlarda ish beradi.

Investitsiya siyosati. Bu investitsiya resurslarini shakllantirish va ularni kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyo-satdir. Bu siyosat investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi. Bu davlatning struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) siyosati bilan bogiiq, bu esa ishlab chiqarishning eski sohalarini cheklab, yangi, masalan, eksportga moijallangan soha-larini o‘stirishni bildiradi.
Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga investitsiya qilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda olinadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan soliq olinmagan holda eski sohalardagi mol-mulkdan soliq ko'proq olinadi. Bu bilan

4 1 0


yangi sohalaming jadal o‘sishi rag‘batlantiriladi, eski sohalar esa rag‘batlantirilmayd i.

Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini ham jadallashtiradi. Yangi texnoJogiyalarga pulni investitsiyalayotgan firmalarga subsi-diyalar ajratiladi, soliqdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga tushadigan investitsiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda birqator serkapital, binobarin katta investitsiyalarni talab qiluvchi va investitsiyalar o'zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan firmalar investitsiyasini serfoyda ishlatga yuborilishiga ko‘mak beriladi.


Bozor qoidalariga binoan investitsiyalarni serfoyda sohalarga yuborilislii davom etadi. Biroq davlat xususiy investitsiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik sohalaiga yuborilishini o‘z qo‘-lidagi moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi.
Agmr siyosat. Bu davlatning qishloq xo'jaligini qo'llab-quv-vatlashga qaratilgan siyosatidir. Mazkur siyosat qishloq xo‘jaligining barqaror o‘sishini, oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’min-lashni ko‘zlaydi. lining doirasida davlat qishloqdagi ishlab chiqarish infratuzilmasining (suv xo‘jaligi, yoi qurilishi, gaz va elektroener-giya ta’minotining) xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, davlat yerni ijaraga olib ishlatilishini, yerni garovga qo‘yib kredit olishni huquqiy jihatdan ta’minlaydi. Agrar siyosatda (yer davlatniki bo‘lgan joyda) davlatning xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi vositalar qo‘!!aniIadi. Dehqonlami qoilab turish uchun yer solig'i yengil qilib belgilanadi.
Qishloq xo'jaligida rentabellik past bo‘Iganidan kapitalni u yerdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya berib turadi, uning hisobidan xarajatlar qisman qoplanib fermerlar me’yordagi daromadga ega bo‘lishadi va qishloq xo‘jaligini tark etmaydilar. Fermerlarni rag‘batlantirish uchun davlat qishloq xo'jaligi mahsulotini ularga ma’qul narxlarda sotib oladi. Davlat narxlari bozor narxlariga yaqin turadi, ulaiga binoan mahsulotni davlatga sotish fermerlar uchun qulay bofiadi, chunki davlat xaridi mahsulotlarning sotilishini va kanda qilmay daromad olinishini kafolatlaydi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling