Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet319/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Tmhqi iqtisodiy siyosat. Bu davlatning o‘zaro foydali tashqi aloqalarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo'jaligi bilan integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosatning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligMagi mavqeyini muslahkamlashdir. Unga binoan eksport va import, chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migratsiyasiga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona

to'lovlari, eksport-import litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qoilaniladi. Eksportni ko‘paytirish zarar bo‘lsa unga litsenziyalar (raxsatnoma) beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. Bordi-yu iraportni qisqartirish ma’qul bolsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj to'lovi oshiriladi, irnportga iitsenziya berish chegaralanadi.


Davlat siyosati, kapital chiqarish va kapital kiritish tartibini ham belgilaydi. Kapital kiritish zarar bo‘lsa bu ish rag‘batlantiriladi. Kapital chiqishi ma’qul boisa davlat bunga sharoit yaratib beradi. Chet elga ish kuchini chiqarish uchun ham yordam beriladi, Bordi-yu mamlakatga arzon ish kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan oqib kelishi uchun migratsiya qoidalari (chegaradan o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va h,k.) yengillashtiriladi. Davlat siyosati xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ham mo'ljallaydi.
Davlat iqtisodiy siyosatining samaradorligi uning monitoring! orqali aniqJanadi. Bunda iqtisodiy o'sish sur’atlari, inflatsiya dara-jasi, eksport va import holati, tashqi qarz miqdori, budjet defitsiti kabi ko'rsatkichlarga qarab iqtisodiy siyosat natijasi baholanadi.
Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko'zlangan maqsad, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan kutiladigan natijalar, ularni moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. Dasturlar milliy iqti-sodiyot uchun ustuvor bo‘lgan muammolarni hal etishga qaratiladi. Bular jumlasiga tanglikdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, qoloq hududlarni rivojlantirish kabi dasturlar kiradi.
Dasturlarda belgilangan muammoJarning hal etilishi iqtiso-diy-ijtimoiy rivojlanishga turtki beradi.
23.5. Global iqtisodiy siyosat
Bu xalqaro siyosat boiib, iqtisodiy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo mamlakatlari 0 ‘rtasida taqsimlab, ulardan sa-marali foydalanishni maqsad qilib qo'yadi. Bu siyosatda chetga kapitalni investitsiya sifatida chiqarib, uni kerakli seifoyda sohalarga joylashtirish uchun o‘zaro kelishilgan soliqlar, bank foizlari, boj to‘lov!ari, kvotalar kabi vositalar ishlatiladi. Tovarlarning qim-matlashib ketishiga yo‘I bermaslik uchun ularga eksport qilingan chogridagi soliqlar qo‘yish bilan chekianib, ular importiga soliq belgilanmaydi yoki g‘oyat oz belgilanadi. Bu ikkiyoqlama soliqqa

412


tortishni bartaraf etish deb yuritiladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki aksiz soliqiari tovarlar chiqarilgan joyda undirilib, tovarlar import qilingan yerda olinmaydi. 0 ‘zaro kelishuviar asosida import qilingan texnologiya ham soliqdan ozod qilinadi. Xalqaro savdo-sotiqda yengillashtirilgan bojxona to‘lovlari qoilaniladi, bu tolovlar 0 ‘zaro kelishilgan bo‘ladi. Masalan, Xalqaro savdo tash-kiloti a’zolari o‘zaro savdo qilganda boj todovlari tovar qiymatining !0 foizidan oshmasligi kerak. Bu tashkilotga a’zo boimagan mamiakatlar bilan savdo-sotiq qilinganda oshirilgan boj to‘lovlari qoilaniladi. Xalqaro kredit berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko'ra kredit kvotalari, kredit muddati va kredit uchun foiz o‘rnatiladi. Xalqaro kreditda kelishilgan foiz stavkasi libor, deb yuritiladi. Liborni yirik London banklari o‘rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga qarab o‘z foizlarini belgilaydilar. Masalan, 2003-yil uchun libor 1,4 % qilib belgilandi. Boshqa banklar bundan bir oz yuqori bolgan foiziar bilan kredit ajratishdi. Xalqaro kredit siyo-satini yirik kreditor —qarz beruvchi mamiakatlar banklari hukumat ishtirokida amalga oshiradilar. Bular Parij va London qarz beruv-chilar klubini tashkil etadi. Bu kredit siyosati kimga va qanchadan qarz berishni, qaysi qarzlarni kechib yuborishni, qaysi qarzlarni tolash muddatini cho'zishni belgilab beradi.
Yirik xalqaro korporatsiyalar davlat ishtirokida eksport va im­ port kvotalari oYnatadilar. Bularga binoan qayerga qancha tovarni eksport qilish, qayerdan qancha tovarni import qilish, eks-poit-import tartibi aniqlab beriladi. Integratsion ittifoqiarga kirgan mamlakatlarda, masalan, Yevropa Ittifoqida davlatlararo eksport va import uchun quiay sharoit yaratib beriladi, bunda ayrim mamia­ katlar tovaiiarini diskriminatsiya qilish, ya’ni kamsitishga yo‘l be-rilmaydi.
Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya’ni millatlararo kor­ poratsiyalar, xalqaro tashUlotlar, yetakchi davlatlar hukumati, davlatlararo hukuinat va parlament belgilaydi. Bunga misol qilib Yevroparlament, Yevropa ministrlar kengashi qoHaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o'zaro va boshqalar bilan boladigan iqtisodiy aloqalarni qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bolishi koYsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga tatbiqan qoilaniladi. Transmilliy korporatsiyalar faqat o‘z faoliyati doira-sidagi xalqaro siyosatni belgilaydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini, uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi. Bu yerda qabul qilingan neft narxining koridori oYnatiladi. Xalqaro savdo birjalari jahon narxlarini oYnatishga doir siyosatni qo‘llaydilar.

4 1 3


Xalqaro valuta fondi, Jahon banld, Yevropa Tiklanish va ta-raqqiyot banki, Osiyo Rivojlaiiisli banki kabi xalqaro institutlar valuta rejimini mustahkamlash, kreditni rivojlamirishga qaratilgan siyosatni qo‘lIaydilar. Ular milliy valuta kursini barqarorlashtirish va valuta riskini kamai^irish uchun milliy iqtisodiyotni rivojlantirib ekspoit salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit siyosatini qo‘l-laydilar.
Global iqtisodiy siyosat davlatlararo mehnat migratsiyasiga ham taalluqli bo'ladi. Mehnat migratsiyasini tartiblash uchun unga oid xalqaro qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va parlamentlari belgilagan migratsiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migratsiya oqimini nazorat qilish usullari ham kelishiladi, migra-tsiyaga oid informatsiyalar o'zaro almashtirilib turiladi.
Global siyosat tabiiy ravishda globalizatsiyaning afzalliklaridan foydalanish, uning salbiy jihatlarini kamaytirishga qaratiladi.
23.6. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning
o‘zaro bogMiqligi
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiyligi iqtisodiy siyosatni ijtimoiy siyosat bilan uzviy aloqada bo'lishini talab qiladi. Iqtisodiyot ijti­ moiy taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o‘z navbatida ijtimoiy muammolarning hal etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Mana shunday bog‘lanishning real hayotda bo‘lishi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning uyg‘unlashuvini talab qiladi,
Davlatning ijtimoiy siyosati —bu insonning hayotiy manfaat-larini yuzaga chiqarish, insonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir.
Uning maqsadi ommaviy farovonlikni oshirishga ko‘mak berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish haqini o‘rnatish, kambag‘allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash, ijtimoiy yordam me’yorlarini aniqlash kabi usullar qo'llaniladi. Uning asosiy yo‘nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir.
Bandlik siyosati. Bu mehnatga layoqatli va ishlayman degan kishilami ish bilan ta’minlash, shu orqali ularga o‘zini-o‘zi boqishi uchun imkoniyat yaratishni ko‘zlagan siyosatdir. Shu siyosatga amal qilgan holda davlat mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mavjud ish o‘rinlaridan to‘laroq foydalanib, shu yerda band boiganlarni ko‘paytirish yo‘lini tutadi. Yangi ish o‘rinlarini yaratgan firmalarga soliqdan siyiovlar yoki subsidiyalar beriladi. Bir ish 0‘rnida ikki smena ishlashni uyushtirib, 2 kishini band qilganlar ham

414

davlatdan moliyaviy yordam oladi. Shuningdek, yangi ish o‘mini yaratib, uni zamonaviy texnologiyalarbiian jihozlab shu yerdagi ish unumini va shunga ko‘ra topiladigan daromadni oshirishga erishgan firmaiar ham rag'batlantiriladi. Bandlik muammosining keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki bu usuliga ustuvorlik beriiadi. Kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlar g‘oyat ko‘p bo'lganidan bandlik siyosati har qanday ish o‘rninl, hatto unumi past ish o'rinlarining yaratiiishini ko‘zlaydi, chunki bu o‘rinlar arzon turadi. Aksincha, iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda malakali mehnatni band qiluvchi unumi yuqori ish o'rinlarini, garchi ular qimmat tursa-da, yaratishga e’tibor katta bo'ladi. 0 ‘zbekistondagi bandlik siyosatida ham arzon ish o'rinlarini yaratishga ustuvorlik beriiadi, dehqon va fermer xo‘jaligida, kichik biznesda ish o‘rinlarini yaratishni davlat rag‘-batlantiradi. 0 ‘zbekiston davlat budjeti hisobidan ish o‘rinlari yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriiadi va ishsizlar yangi kasblarga o‘rgatiladi.
Ishsizlikni kamaytirish uchun hukumatlar ish kuchini chetga chiqarish choralarini ham ko'radi. Mehnat migratsiyasl xususida davlatlararo kelishuvlar tuziladi, davlat mana shu migratsiyaga xiz-mat qiluvchi firmalarni tashkil etib, ulami moliyalashtiradi.
Bandlik siyosati hamma ish qobiliyati borlarni ish bilan ta’min-jab, 100 % bandlikka erishishni ko'zlamaydi, chunki bu mumkin emas. Mazkur siyosat rivojlangan mamlakatlarda to ia bandlikni ko‘zlaydi, bu esa mehnat ahlining 94 foizi band bo'lishini bildiradi. Iqtisodi rivojlanmagan mamlakatlarda to'la bandlikka erishib boimaganidan ishsizlik muammosini iloji boricha yumshatish ko'zlanadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling