Bоshlang‘ich sinflarda iqtidоrli bоlalar bilan ishlash


Download 66.14 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2023
Hajmi66.14 Kb.
#1654424
  1   2
Bog'liq
Bоshlang‘ich sinflarda iqtidоrli bоlalar bilan ishlash

B`OSHLANG`ICH SINFLARNING IQTIDORLI O’QUVCHILAR UCHUN TOPSHIRIQLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH


Reja:
1.Boshlang`ich ta`lim jarayonida o`quvchilar iqtidorini shakllantirish


2.Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda o`quvchilar iqtidorinini rivojlantirishda to`garaklarning o`rni .


3. TO`GARAK RAHBARLARINING BURCHLARI VA VAZIFALARI.

1.Boshlang`ich ta`lim jarayonida o`quvchilar iqtidorini shakllantirish


Ilg’or pedagogik texnologiya “O’qituvchi - ta’lim - o`quvchi” tamoyiliga asoslanib unda o`quvchi sub’ektga, ya’ni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanib, uning izlanishiga, mushohada yuritishiga sharoit yaratib beriladi.
Bunda o`quv dasturi va darslik shu jarayonning bevosita tashkilotchisi, o’qituvchi esa mazkur murakkab jarayonni mohirlik va idrok bilan boshqarishi kerak.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning barcha o`quvchilar tomonidan to’la-to’kis bajarilishiga, ta’lim samaradorligini oshirishga erishish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni (qo’llash) izlash, yangiliklarni yaratish va amaliyotga joriy etish lozim. Bashariyat moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, tabiat, jamiyat va inson tafakkurida amal qiladigan qonuniyatlarni bilish, moddiy hamda ma'naviy olam haqidagi bilimlarni yoshlarga o`rgatish yo`li bilan rivojlanadi. Bu jarayonlarga yetarli ahamiyat bermaslik, ularning birontasini e'tibordan chetda qoldirish jamiyatni inqirozga olib keladi. Moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish umuminsoniy tajriba bo`lib, u jamiyatning iqtisodiy negizini yaratishga yo`nalgan. Ishlab chiqarish qonuniyatlari, prinsiplari, usullarini iqtisod fanlari o`rganadi. Tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini falsafa, tabiiy va ijtimoiy fanlar tadqiq etadi. Bu fanlar sohasida to`plagan bilimlar insoniyatning o`zi uchun xizmat qiladi. Zero, bashariyat to`plangan bilimlardan amaliyotda foydalanish yo`li bilan o`zini tabiiy injiqliklardan - ochlikdan, sovuqdan, ofatlardan, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy tanazzuldan himoya qiladi. Ma’lumot mazmunida hozirgi zamon fani, texnikasi madaniyati, ishlab chiqarishi va fikrlashining umumiy asoslari aks etadi. Binobarin, ma’lumot mazmunida fan, texnika, madaniyat, ishlab chiqarish, tafakkurga oid yetakchi qarashlar, g`oyalar, nazariyalar, faktlar beriladi, qarashlar, g`oyalar, nazariyalar, faktlar o`rtasidagi bog`lanishlar ma’lumot logikasi sanaladi. Ma’lumot logikasini bolalarning tayyorgarligi, yosh xususiyatlariga moslab tanlash va ularga pedagogik ishlov berish masalalari bilan ma’lumot nazariyasi shug`ullanadi. Keyingi yillarda ma’lumot mazmuniga sistem yondashish moyilligi kuchayib bormoqda. M.N.Skatkin, V.V.Kraevskiy, I.Ya.Lerner kabi kator olimlarning, ilmiy tadqiqotlarida ma’lumot mazmunining quyidagi to`rtta elementdan iborat ekanligi isbotlandi:
- bilimlar tizimi. Bilim - tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qiladigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko`rinishidir. Bilimlar qarash, g`oya, ta'rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, fakt va sh.k. shaklida beriladi;
- ko`nikma va malakalar - bilimlarni o`zlashtirish, o`zlashtirilgan bilimlarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish yo`llari bilan shakllanadi. Malakaning kuyi bosqichiga ko`nikma deyiladi.
Mashq, trenirovka (bir xil faoliyatni o`zgartirmasdan aynan takrorlash) vositasida ko`nikma yuqori bosqichga-malakagi aylanadi. Malaka avtomatlashgan ko`nikmadir.
Iqtidor masalasiga psixologik yondashilsa, iqtidor ijodiy faoliyat tajribasi bilan bog`liq bo`lib, an’anaga aylangan fikrlash va faoliyat chegarasidan tashqariga chiqish demakdir. O`quv va hayotiy muammolarni original usullar bilan xal etish, o`z oldiga vazifalar qo`ya bilish faoliyat ko`rsatishning yangicha usullarini egallash yo`llari bilan o`quvchilar ijodiy faoliyat tajribasini egallashadi;
- munosabatlar tizimi. Tabiat, jamiyat, tafakkurga munosabat ma’lumot mazmunining navbatdagi tarkibiy qismidir. Talaba u yoki bu o`quv materialini o`zlashtirar ekan, o`z faoliyatida oldin yashab o`tgan avlodlar faoliyatini ham jonlantiradi. O`zlashtirish – o`z faoliyati natijasini o`zgalar faoliyati natijasiga qo`shib ko`rsatishdir. O`zlashtirish psixologik hodisa bo`lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
IDROK. O`rganilgan narsa-xodisa mohiyatining ongda aks etishi - in'ikosi idrok deb yuritiladi. U keng tushuncha bo`lib, sezgi a'zolari (ko`rish, eshitish kabi o`quvlar yordamida xis qilingan narsalar haqidagi bilimlar, tajribadan oldin o`tgan narsa-hodisalar to`g`risidagi tasavvurlar, narsa-hodisalarni tanish va ajratishga oid tajribalarni ham o`ziga qamrab oladi.O`qituvchining vazifasi bolalarning o`quv materialini faol idrok etishini ta'minlash, turli motivlarni (xavas, ishtiyoq, qiziqish) uyg`otish, imkoniyatiga qarab sezgi a'zolarining aksariyatini ta’limda qatnashtirishdan iborat.
TUSHUNISH. Idrokning rivojlangan yuqori shakli tushunish hisoblanadi. O`rganilayotgan narsa-hodisa tarkibini faxmlash, ular o`rtasidagi munosabat, aloqalarni tahlil etish, tushunchalarning asosiy va ikkilamchi belgilarini ajratish, o`quv materialining tarkibiy elementlari va ular urtasidagi boglanishlarni bilish, sababiyatli aloqalarni fahmlash yo`llari bilan idrok etilgan bilimlar tushuncha darajasiga ko`tarila boradi.
FIKRLASH. O`quv materiali xususiyatlari to`g`risida o`ylash, narsa-hodisalarni o`zaro taqqoslab, ularning xususiyatlarini ajratish, qo`yilgan topshiriq, muammolarni yechish yo`llari bilan bolalarning fikrlashi tashkil etiladi. Tushunilgan o`quv materiallari to`g`risida fikrlash o`zlashtirilgan bilimlarning yanada yuqori darajaga ko`tarilishini ta'minlaydi. Mustakil ish, o`quv topshiriqlarini ta’limga tatbiq etish, muammo va savollarni o`rtaga tashlash fikrlash jarayonining samaradorligini oshiradi.
UMUMLASHTIRISH. O`zlashtirishning eng yukori darajasi umumlashtirish bulib, u o`quv materialining asosiy xususiyatlarini ajratish va, aksincha, kushish, bilimlarni bir tizimga solish, o`rganilgan bilimlarni yangi o`quv sharoitlariga tatbik etish shakllarida amal kiladi.
Umumlashtirishiing ikki xil kurinishi mavjud empirik umumlashtirish bunda o`rganilayotgan hodisaning xis qilingan xususiyatlari o`zaro taqqoslanadi, ikkilamchi belgilar hisobga olinmaydi, o`xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi; tushuncha darajasida umumlashtirish - bunda o`rganilayotgan hodisaning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Mash paytida yuqori darajada umumlashtirishni taqozo etadigan ish turlari, topshiriqlardan foydalaniladi. Empirik umumlashtirish har bir mashg`ulotda tushuncha darajasidagi umumlashtirish o`tilgan temalar yuzasidan xulosalar chiqarishda, o`quv predmetlarining bulimlari, boblari buyicha kilingan ishlarni ma’lum tizimga solish maksadida kullaniladi.
MUSTAHKAMLASH. O`zlashtirish jarayonining eng muxim tarkibiy kismi mustaxkamlashdir. O`rganilgan ta'rif, qoidalarni kayta esga tushirish, o`quv matrialiga oid qo`shimcha faktlarni tuplash va taxlil etish, yangi topshiriqlarni bajarish, mashk kilish, din kuyilgan savollarga yana takroriy javob kaytarish, o`quv materiali elementlari to`grisida o`ylab bilim, faoliyat usullarini kayta eslash va faoliyat ko`rsatish yo`llari bilan bilimlar mustahkamlanadi. Mustahkamlashning fiziologik asosi ongda hosil qilinadigan mustahkam, takroriy bog`lanishlar bo`lib, ular bilimlarni amaliyotga tugri tatbik eta olish ko`nikmalarini shakllantiradi.
TADBIQ ETISH. Bilimlar turli o`quv sharoitlari, xayotiy muammolarni xal etishga tatbik etish, nazariya bilan amaliyot urtasida boglanish xosil kilish yullari bilan ishonch va e’tiqodga aylanadi. Bolalar o`quv predmeti, o`zlashtirilgan o`quv materiali xususiyatlaridan kelib chiqib, o`quv ustaxonasida ishlash, laboratoriya mashgulotlari va turli eksperimental izlanishlarda bevosita ishtirok etish, Oliy o`quv yurtlari yoki ta’lim muassasalari oldi uchastkasida turli amaliy ishlarni bajarish, ekskursiyalarda qatnashish, ishlab chiqarish korxonalari ishini kuzatish, moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etish orkali bilimlarni tatbik etish yullarini o`rganib olishadi.
Shaxs turli omillar ta’sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi omillardan biridir. Katta yoshlilar turli vositalar va usullar orqali ma’lum maqsadni ko`zlagan holda o`z tarbiyalanuvchilarida ma’lum xislatlarni hosil qilish va rivojlantirishni xohlaydilar.
Shunday qilib, tarbiya shaxsni muayyan yo`nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko`rsatadigan ijtimoiy munosabatdir.
Bu jarayonda shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar, omillar hamda tarbiyalanuvchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari e'tiborga olinadi. Tarbiya jarayonida mikromuhitning ijobiy ta’siridan to`la foydalaniladi va salbiy ta’sirini zaiflashtirishga harakat qilinadi. Tarbiya bir joyda tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko`rsatadigan barcha zvenolar birlashib, ahillik bilan ishlashga erishiladi va har bir shaxs o`z-o`zini tarbiyalash qobiliyatiga ertaroq ega bo`ladi. Tarbiya aksariyat holatlarda keng ma'noda ishlatilib ta’lim, ma’lumot rivojlanish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Ularning natijalarini o`zida aks ettiradi. Ta’lim - tarbiya jarayonini ilmiy asosda ijodiy tashkil etish shaxs barkamolligining asosidir. Kamol topib borayotgan yoshlarni ta’lim - ilm berish orqali tarbiyalash, ular ongiga insoniylikni, millatparvar va vatansevarlikni singdiradi. Ongli va vijdonan olib borilgan har qanday faoliyat bola shaxsiga ijobiy ta’sir etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonining ilmiy asoslangan bo`lishi bolada ijtimoiy xarakterni shakllantirib, yaratuvchanlikning dastlabki kurtaklarini shakllantiradi.
Ilmga, hunarga munosabatning ijodiy mazmun olishi esa bola shaxsida yuksak onglilik va vijdoniy burchlilik uyg`otib, u xalq millat baxt - saodati yo`lida mehnat qilish uchun bolada ichki, ruhiy tayyorgarlikni paydo qiladi.
Boshlang`ich maktab yoshida ham bolaning shaxs sifatida to`la shakllanib ulgurgan davri bo`lib, uning barcha harakatlari taqlidchanlik doirasida bo`ladi. Boshlang`ich ta’lim - tarbiya jarayonida bu xislatlarni ijobiylashtirish uchun zargarona nozik, o`z vaqtida o`ta ilmiy yondashuv kerak. Aks holda, hali shakllanib ulgurmagan nihol dastlabki o`zining shaxsiy motivlari doirasida o`zi uchun ishlashga, o`z mehnatini qadrlab, o`zgalar mehnatiga e'tiborsizlik bilan qarashga ancha moyil bo`ladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan ishlash nig`oyatda mohirlikni, ijodiylikni, tashabbuskorlikni va qolaversa sabr - toqatni talab qiladigan ilmiy faolyatdir. Bu faoliyatni tashkil etish jarayonida avvalo har bir bolaning o`ziga xos ruhiy dunyosini, iste'dod kurtaqlarini chuqur bilish va unga mos keladigan ta’lim - tarbiya jarayonini to`g`ri belgilay olish lozim. Bu omillar inson muhit va tarbiya (IMT - faktor) omillar kompleksining asosini tashkil etadi. Chunki, ta’limda sifat va samaraga erishish uchun ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar (TSTEO) ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi vositalar (TSTEV)lari foydalanish va ilmiy - ijodiy asosda tashkil etilishini talab etadi.
IMT - omillar kompleksida muhit omili alohida e'tiborni talab etadi. Oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari (OAV) va hokazolar bolaning hayotiga bog`liq muhit asta-sekinlik bilan boshlang`ich sinf o`quvchisining ongida o`z ta’sirini shakllantira boradi.
Bularning hammasi bola uchun yangi narsadir. Muhit taqdim etayotgan bu narsa, hodisalarni mantiqan tahlil qilish va tanlash uchun o`quvchi tafakkuri kuchsizlik qiladi. O`z-o`zidan ma’lumki, bu hol bola shaxsidagi hali shakllanib ulgurmagan mustaqillikni, mehnatsevarlikni, tashabbuskorlikni, vatanparvarlik va halollik kabi xislatlarning rivojlanishini bo`g`ib qo`yadi. O`quvchi faoliyatiga haddan tashqari nazoratni kuchaytirish, ortiqcha qiynash, majburlash kabilar ham ta’lim jarayonida yaxshi natija beravermaydi, balki ruhiyatga o`ta salbiy ta’sir o`tkazadi.

2.§.Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda o`quvchilar iqtidorinini rivojlantirishda to`garaklarning o`rni .


To`garak bu sinfdan tashqari ishlarning eng keng tarqalgan turlaridan biridir.
To`garak – bu xalq amaliy san’atiga, texnika yoki biror xil yo’nilishga qiziquvchilarning xohishi bilan yig’ilgan o`quvchilar birlashmasidir.
To`garak mashg`ulotlarini o`quvchilarning yoshi, qobiliyati va bilim darajasini hisobga olish uch qismga: kichiq guruh, o’rta guruh, katta guruh bo`lib o`rgatiladi.
Yangi qabul qilingan qatnashuvchilar kichiq guruhga bir yil qatnashgandan so`ng o`rta guruhga yana bir yildan so`ng katta guruh o`tadilar.
Bir yillik mashg`ulotlar uchun kichiq guruhlar 144 soat, o`rta guruhga va katta guruhga 216 soatdan ajratilgan. Bir haftada kichik guruhga 2 soatdan 4 soat, o`rta va katta guruhga 3 soatdan 6 soatgacha mashg`ulot o`tishga ruhsat berilgan. Har bir to`garak uchun alohida xona ajratilgan. Bu hona yorug` va toza bo`lish bilan birga unda sinf doskasi, har xil stendlar, to`garak yo`nalishiga oid namunalar, to`garak burchagi va aptechkasi bo`lishi kerak. Har bir guruhda 12-15 bo`lishi kerak. To`garakdan chetlashtirilgan ayrim o`quvchilarni o`rtoqlari oldida uyaltirmaslik kerak, o`quvchilarga boshqa to`garakga qatnashishini yotig`i bilan tushuntirish lozim. Ba`zi o`quvchilar sinash paytida yoki muddatida o`z qobilyatini ko`rsatmasligi ham mumkin. Shuning uchun ularning qobilyatlariga darhol xulosa chiqarishga shoshilish kerak emas. Qatnashchilarni to`garakka yahshi qatnashishi to`garak rahbari mashg`ulotlarni qiziqarli, aniq intizomli, to`g`ri talab qilishga va boshqalarga bog`liqdir. To`garakga a`zo bo`lib qolgan o`quvchilarga to`garak hayoti va ularning vazifalari haqida batafsil tushintiriladi. To`garak rahbari kichiq guruh oquvchilariga alohida ahamiyat berib, ular qo`yilgan barcha talablarni yahshi nazorat qilishi lozim. To`garakda mashg`ulot belgilangan dars jadvali bo`yicha olib boriladi. Rahbar har bir mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rgan xolda vaqtliroq kelishi, xona sharoitini va o`quvchilarni bo`lg`usi mashg`ulotlarda qanday ishlar qilishini oldindan kuzatib chiqadi.
Rahbar mashg`ulot davomida har bir qatnashuvchiga alohida Ba’zan umumiy ko`rsatma berib boradi. Har bir soatda o`quchilarga 5-10 minut tanaffus berilishi zarur. O`z ishiga berilib ketgan o`quvchilar dam olishni ham unitib qo`yadilar, charchoq ularni sust, idroksiz ishlar qilishlariga olib keladi, bu esa bolalarni pisiholagiyasiga ta`sir qiladi. Shuning uchun o`quvchilarga san`at haqida qisqa suhbat va voqealarni aytib berish maqsadga muvofiqdir. Dam olgan o`quvchilar yangi kuch, yangi g`ayrat bilan ishlashni davom ettiradilar.
Rahbarlarni o`quvchilar bilan ishlashda quydagi prinsiplarga amal qilishi kerak:
- o`quvchilarning qobilyat darajasi va shahsiy qiziqishlarini hisobga olish;
- to`garak ishlarini ommaga va jamiyatga foydali bo`lish;
- to`garak hayoti o`quvchilarni mustaqillikga, ijodiy faolyatiga va tashabuskorlikga qaratilgan bo`lishi kerak.
To`garak mashg`ulotida asbob-uskunalar, xonani jihozlash, ishi o`rni, asbob-uskunalardan foydalanish yo`llari, shahsiy gigiena tehnika hafsizligi haqida axborot beriladi.
To`garak mashg`ulotlarini maktab o`quv darslari bilan bog`liq yuqori saviyada o`tish qatnashchilarni har tomonlama tarbiyalashda muhim o`rin tutadi.
To`garak mashg`ulotlari samaradorligini oshirishda ko`rgazmalar tashkil etish ham katta rol o`ynaydi. To`garaklarda ko`rgazmalarni har chorakda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Mashg`ulotlarni samaradorligini yanada oshirishning bir omili, bu ham bo`lsa har bir mashg`ulot so`ngida o`quvchhhilarning ishlaridan ko`rgazmalar tashkil qilish etish kerak. O`quvchilar bu qisqa-qisqa ko`rgazmalar davomida o`z o’rtoqlarining bajargan ishlarini tahlil qiladilar., kamchiliklarini to`ldirib va yutuq tomonlarini ko’rsatib fikr almashadilar. O`quvchilar tahlildan so`ng rahbar kim naoto’g’ri tahlil qilganini va o`z fikrini aytib hulosalaydi.
To`garakning yaxshi olib borish uchun rahbar zamonaviy ditatikani yaxshi bilishi va uni amalda ijodiy qo’llay olishi kerak. To`garak rahbari o`zining pedagogik faoliyatida quyidagi ditaktiv prinsiplarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir:
1. Ta’lim va tarbiyaning birlik printsipi.
2. Ta’limning ilmiy bo`lishi printsipi.
3. Ta’limda ko`rgazmali printsipi
4. Ta’limda onglilik, aktivlik va mustaqillik printsipi.
5. Ta’limning sistemasi va izchil bo`lishi printsipi.
6. Ta’limda ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni.
7. Ta’limning o`quvchilarga mos bo`lish printsipi.
8. Ta’limda nazaryani amaliyt bilan bog’liq bo`lishi printsipi.
9. Qatnashuvchilar kollektivga ta’lim berish jarayonida har qaysi o`quvchilarga hos hususiyatlarni hisobga olib o`rgatish printsipi.
To`garak rahbari ko`rgazmali qurollardan foydalanishi kerak.
U faqatgina qatnashchilarni ishlarini ko’rsatibgina qolmasdan, balki o`zi yoki qatnashuvchilar bilan tayorlangan plakatlar foto plyustrativ materiallardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo`ladi. To`garak mashg`ulotlarning samaradorligini oshirishda tehnika vositalari yetakchi rol o`ynaydi. Ko`pgina To`garaklarda mahsus ustahona va kabinalar ajratilgan bo`lishi mahsus tehnika vositalarni jumladan kino appratlar, epideskop telivizor, diaskop, halq amaliyot san’ati bo`yicha, kinofilmlar dipozitivlar va boshqalar bo`lishi shart. Tehnika vositalardan foydalanisha o`quvchilarning bilimini boyitadi. Shu san’atga bo`lgan qizizqishni oshiradi. O`quvchilarga chuqur bilim berishda san’at haqida suxbatlar o’tkazilayotganda o`quvchilarni zeriktirib qo`ymaslik uchun ko`rgazmalardan to’g’ri foydalanish va shu bilan bir qatorda suhbatni cho`zib yubormaslik kerak.
O`quv tarbiya ishlarining eng qiziqarli va mazmunli turlaridan bir ekskursiyadir. Ekskursiya o`quvchilarning To`garak mashg`ulotlaridan olgan bilimlarini mustahkamlaydi, dunyo qarashini shkillantiradi van u tassurotlar ularni qobiliyatini oshiradi. Ekskursiya o`quv dasturdagi biror temani kengroq, atroflicha o’rganish uchun uyushtiriladi.
3.TO`GARAK RAHBARLARINING BURCHLARI VA VAZIFALARI.

  1. To`garak rahbari avvalo Vataniga uning Prezidenti, belgilari, Konistitutsiyasiga sobiq bo`lib, ularni hurmat qilishi, Respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojiga hisa qushish uchun o`z ustida tinmay ishlashi, malakasini muntazam ravishda oshirib borishi kerak.

  2. O`zi boshqarayotgan To`garakning maqsad va vazifalarni puhta bilish, nazariy va amaliy jihardan puhta bilimga ega bo`lish kerak.

  3. To`garak rahbari o`quvchilarning maktabdan tashqari bo’sg vaqtlarini unumli o’tkazish uchun maktabdan tashqari To`garaklarga jalb etishda maktablar va mahallalarda targ’ibot ishlarini olib boorish kerak.

  4. To`garak rahbari belgilangan vaqtdan 30 minut oldin ishga keladi, xonani mashg`ulotga tayyorlaydi. O`quvchilarni kutib olib. Tasdiqlangan reja asosida mashg`ulot olib boradi.

  5. Mashg`ulot davomida o`quvchilarga “Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar kontseptsiyasidagi” 9 ta yunalish bo`yicha tarbiyaviy suhbatlar olib boradi. Xozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda ularga mustaqil fikirlash, milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadiryatlarimiz haqida tushuncha berib boradi.

  6. To`garakda o`quvchilar davomatini to’la bo`lishiga erishadi.

  7. O`quv yili davomida texnik xavfsizligi muntazam ravishda amal qilib, To`garak a’zolariga tushuncha berib boradi.

  8. Xonani sanitariya-gigiena holatini kuzatib boradi.

  9. To`garak qatnashchilari bilan turli ekskursiyalar uyushtirib boradi.

Download 66.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling