Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Fiskal siyosat. Bu davlatning soliq-budjet siyosatidir, iinga binoan soliqlar belgilanadi, budjet mablaglari aniq maqsadlar yo‘-
4 0 8
lida ishlatiladi. Soliq siyosati soliqlar vositasida budjetga pul to‘p-lashga qaratiladi. Unga binoan soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishida qo‘Uaniladigan asosiy vositadir. «Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim»’^. Iqtisodiyotni rag'batlantirish zarur bo‘lganda soliqlardan imti-yozlar beriladi. Bunda soliq kamaytiriladi, soliqni undirish muhlati cho‘ziladi yoki umuman soliq undirilmaydi. Natijada firmalarga tegadigan foyda ко ‘pay ad i, ular foydani reinvestitsiya qiladi, ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga yuboradi. Ishlab chiqarish qizib ketganda Lining o'sishini sekinlashtirish zarur bo‘lsa soliqlar oshiriladi. Bu usul kapitalning eski tarmoqlardan chiqib yangi istiqbolli tarmoqlarga ko‘chib o‘tishiga ham yordam beradi, chunk! eski joydagi yuqori soliq xarajatni oshirib, foydani kamaytirib yuboradi, yangi joydagi soliqning kamligi foydani oshiradi. Fiskal siyosatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o‘stirish uchun ikki xil yoMdan boriladi; l.Ilgari kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy stabiliza-torlarni - vositalarni qo‘llashni davom ettirish. Davlat qonun yoii bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga binoan moliya normativlari (me’yorlari) joriy etiladi. Bular sharoit o‘zgarishiga qarab avtomatik ravishda amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, daromadlarning inflatsiyaga qarab indeksatsiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish normativlarini kiritish mumkin. Masalan, daromad solig‘i daromad miqdoriga nisbatan 15 % qilib belgilansa, daromad ko‘payishi bilan uning miqdori ham avtomatik ravishda oshadi. Daromadlami 20 % indeksatsiyalash tartibi 0‘matilgan bo‘lsa, narx oshgan taqdirda shu 20 % darajada daromad ham ko'paytiriladi. Sharoitga qarab yangi normativlarni kiritish yo‘lidan borish, bu diskretsion fiskal siyosat, deb yuritiladi. Bu siyosat doirasida yangi soliq stavkalari joriy etiladi, yangi soUqlar kiritiladi, budjet mablag‘!arini sarflash normativlari o‘zgartiriladi. Diskretsion siyosat o‘zgargan sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir maromda o‘sib borayotganda birinchi yo‘l, u tanglikka yoiiqib, undan chiqish kerak bo‘lganda ikkinchi, ya’ni diskretsion yo‘l ustuvor boiadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling