Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet60/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

5.5. Bozor koMami
Iqtisodiyot uchun bozor koiami g‘oyat muhim, chunki bozor qanchalik keng boisa, ishlab chiqarishning o'sishiga sharoit shunchalik muhayyo bo'ladi, ya’ni tovarlar o‘z vaqtida sotiladi, kerakli resurslar sotib olinib, ishlab chiqarish davom etadi. Bozor koiami —bu bozorning katta-kichikligi boiib, oldi-sotdining hajmi bilan oichanadi. Koiam tovarlaming miqdori, ularning narxi va necha marta oldi-sotdi qilinishiga bogiiq boiadi. Masalan, mamlakatda, 1 min dona tovar yaratilgan boiib, uning o‘rtacha narxi 100 birlikka teng, deb olsak jami tovarlar narxining summasi 100 min birlikni bozorda sotadilar. Bozor miqyosi tovar oborotining (aylanmasi) hajmi bilan oichanadi, bu esa oldi-sotdi koiamini bildiradi. Bozorning katta-kichikligi umumiy tarzda va ayrim bozorlarga tatbiqan aniqlanadi. Agar iste’mol tovarlari bozorini olsak uning umumiy hajmini ayrim tovarlar bozori, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak va turli xizmatlar bozorining hajmi aniqlaydi. Buning qanday ekanligini chakana savdo oborotiga qarab bilish mumkin. Bozorning kengayib borishini uning koiamining ortib borishi ifodalaydi. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarishning hajmiga va yaratilgan mahsulot va xizmatlarning naqadar xilma-xil boiishi, binobarin ayirboshlashga moijallanganligiga bog‘liq boiadi. Mahsulotning qanday qismi ayirboshJanishi uning tovarlilik darajasini bildiradi. Bu da raj a qanchalik yuqori boisa, bozor hajmi shunchalik katta boiadi. Demak, iqtisodiyotda shunday qoida bor;
Bozorning koiami ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning miqdoriga va ulaming tovarlilik darajasiga to‘g‘ri mutanosiblikda boiadi.
Mahsulot va xizmatlar bozor uchun va o‘zi uchun yaratiladi. Bular o‘zi uchun qanchalik kam va bozor uchun qanchalik ko‘p yaratilsa, bozor shunchalik keng boiadi. Shu sababli jami yaratilgan mahsulot bozor mahsulotidan farq qiladi. Masalan, 0 ‘zbekistondagi sutning mutlaq katta qismi dehqon va fermer xo'jaliklarida ishlab chiqariladi. Sut bozorining hajmi sutning qanday qismi xo'jaliklarda xonadon iste’moli va buzoqlarni boqish uchun qolishiga va qanchasi sotishga chiqarilishiga bogiiq boiadi. Bozor munosabati rivojlangan sari o‘zi uchun ishlab chiqarish qisqaradi va bozor uchun ishlab chiqarish kengayadi.

85


Bozorning hajmi isMab chiqarish holatiga qarab o‘zgarib turadi. Undagi o‘zgarishlarni dinamikada (harakatda) bilish uchun real tovar oborotini aniqlash zarur. Real tovar oboroti o‘zgarmas yoki bazaviy yildagi narxJar vositasida, ya’ni inflatsiya ta’siridan xoli etilgan narxlarda hisoblangan oborotdir. Buni aniqlash uchun joriy narxlarda hisoblangan tovar oboroti narxning o‘zgarish indeksiga bo'linadi. Masalan, joriy narxdagi chakana savdo oboroti 696 mird pul birligiga teng, joriy yildagi narx 1,2 marta o‘sdi (shu narx indeksi). Bunda real savdo oboroti 696/1,2 = 574,5 mlrd. Mana shu bozorning real hajmi boladi. Real oborotga qarab bozorning kengaygani yoki torayganini bilish mumkin.
Bozor ko‘lami va ishtirokchilari jihatidan mahalliy, hududiy, milliy, davlatlararo va jahon bozoriga ajratiladi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling