EHTIYOJ VA TALAB
Kavkazlikning qadah so‘zi;
‘ —Buvamning ot olishga xohishi bo'lgan ekan-u, imkoni bohmagan j ekan, so‘ngra imkoni bo‘lgan ekan-u, xohishi bo'Imagan ekan. Qadahni
Ay rim xaridor, qandaydir iste’molchilar guruhi yoki butun ja-miyal a’zolari xarid qilib olishi amalda mumkin bo‘lgan tovarlar hajmi talab qilingan tovar miqdori, deyiladi.
Iste’molchilar sotib olishni xohlayotgan tovarlar hajmi bilan ular tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash ke-rak, chunki ular mos tushmasligi ham mumkin.
Ko‘p holatlarda xaridorlar real xarid qilib olishi mumkin bo‘lganiga qaraganda, ba’zi bir tovarlarni ko‘proq olishni xohlay-dilar, bu xohish esa ularning shu tovarlarni sotib olish uchun zarur pulga ega bo‘lishlarini talab qiladi.
Pulsiz talab bo‘lmaydi. Shu sababli xalqimizda «Tuya bir pul, qani pul, tuya ming pul, mana pul» degan maqol bor. Buning ma’nosi shuki, tuya arzon boMganda unga real talab bo‘lmagan, chunki pul yo‘q. Tuya qimmat bo‘lishiga qaramay real talab bo‘lgan, chunki xaridorning puli bo‘lgan.
Ehtiyoj bo‘lgani holda tovarni xarid eta bilish xaridor pulining miqdoriga va tovar narxiga bog’Iiq boiadi. Bu xarid uchun pulning yetishi yoki yetishmasligini bildiradi. Demak, ehtiyojning bozorda-gi talabga aylanishi pul va narx orqali bo‘ladi (6. l-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |