Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet65/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Bir kg

Xaridor

Xaridor

Xaridor

Xaridor

Bozor talabi

piyoz

talabi,

talabi,

talabi,

talabi,

(A+B+C+P)

narxi, $o‘m

kR(A)

kg(B )

kg(C )

kg(B )




0

10

12

8

9

39

100

10

11

8

7

36

150

8

10

6

6

30

200

6

8

5

5

24

250

4

6

3

3

16

300

0

2

1

1

4

Jadvalda barcha xaridorlar talabining yig'indisi bozor talabini tashkil etgan va bu xaridorlar individual talabining narxga qarab har xil o‘zgarishi natijasi bo‘lgan.


Individual talab alohidalashgan bo'ladi, bu kishilarning xarid qurbi oilasining soni, oila tarkibi, kishilarning yoshi, Jinsi, dini, e’tiqodi, udumlari, an’analari, kasbi-kori, qayerda istiqomat qil-ishiga qarab farqlanadi.
Talabning miqdori - bu sotilgan tovarlar summasi bo‘lib, bu har bir tovarning sotilish narxiga va tovarlarning umumiy miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

Bozorga xos belgi u yerdagi talabning o‘zgaruvchan bo‘lishidir. Talabning o‘zgarish shiddati unga ta’sir etuvchi omillarning kuchiga bog‘liq bo‘ladi;



    1. Tovarlarning narxi. Narx pasaysa, tovarga talab ortadi, uni ko‘proq xarid qilishadi. Aksincha, narx oshsa, talab qisqarib, tovar kamroq xarid etiladi.

  1. Daromadlar miqdori. Daromad xarid qobiliyatini belgilaydi. Narx o‘zgarmagan taqdirda daromad o‘zgarsa, shunga ko‘ra tovar xaridi ortadi yoki qisqaradi. Daromadning talabga ta’siri Jihatidan tovarlar ikki guruhga ajratiladi. Birinchisi, odatdagi tovarlar bo‘lib,

91


bularga talab daromad kamaygan sharoitda ham ortib boradi, chunki boshqa qimmatroq tovarlar xaridi kamayganidan ularga talab ortadi. Masalan, o‘z mashinasida yurgan odam daromadi kamay-ganda uning xarajatlarini коЧага olmay qoladi, natijada u avtobusda yura boshlaydi, binobarin avtobus xizmatiga talab ortadi. Aytaylik oila daromadi yuqori paytda oyiga 2 quti kir yuvish kukunini olar edi. Uning daromadi 25 %ga qisqarib ketdi. Endi u 2000 so'mlik poroshok o‘rniga 500 so‘mlik kirsovun oladi, demak sovunga talab oshadi. Ikkinchisi, oliy toifali tovarlar. Bularga talab daromadga qarab oshib turadi. Narx o'zgarmagan, hatto u oshgan sharoitda ham bu tovarlarga talab oshadi, chunki ularni sotib olish imkoni boMadi. Bunday belgi, ayniqsa, urfga kirgan tovarlarga xos bo‘ladi. Masalan, o4gan asrning 80-yillarida jinsi kiyimlar urfga kirgan. Ular narxi oshishiga qaramay ommaviy ravishda xarid etilgan, chunki bunday kiyimda yurish obro‘li sanalgan.



  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling