8.2. Firmaning xarajatlari
Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o‘z faoliyatini yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini olsak u iste’molga ketganidan qaytarilib olinmaydi. Xuddi shuningdek, davlat xarajatlari ham qaytib kelmaydi, chunki u davlat iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalarining xa-rajati mustasnodir. Firma xarajatining o‘ziga xosligi shundaki, bu o‘rni qoplanadigan, ya’ni tovar va xizmatlar sotilgach, unga qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qiladigan biryoia xarajat uning o‘z ishiga qo‘ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish Jarayonida Joriy xarajatlarga aylanadi. Demak, firma xarajati, bu uning kapitali-ning sarflanishi hisoblanadi. Xarajatsiz daromad topib bo‘lmasligi iqtisodiyotning aksiomasidir. Daromad olish uchun firma xarajat qilishi muqarrar, chunki bu ishlab chiqarish resurslarni talab qiladi. Resurslar esa ehsonga o‘xshash suvtekin emas, ularni bozor narxida sotib olish mumkin. Shu bois, xarajat qilish firma uchun foyda
olishning shartiga aylanadi. Firmaga qo‘yilgan kapital ishJab chiqa-rish jarayonida joriy, kundalik, oylik va pirovardida yillik xarajat-lariga aylanadi.
r
Do'stlaringiz bilan baham: |